19.05.2020 yildagi 256-F-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
farmoyishi

Xorazm viloyatining sanoat salohiyatini yanada rivojlantirish hamda kimyo sanoatiga toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan “Serba Dinamik International Limited” (Malayziya) kompaniyasi va “Hazarasp Chlor Alkali” MChJ QK oʻrtasida “Xorazm viloyatining “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi hududida kaustik soda va suyuq xlor ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasini amalga oshirish (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihasi) boʻyicha 2020-yil 26-martda imzolangan investitsiya shartnomasi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xorazm viloyati erkin iqtisodiy zonasi va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashi yigʻilishining 2019-yil 18-maydagi 10-2451-son bayoniga asosan “Hazarasp Chlor Alkali” MChJ QKga “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi hududidan investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yer uchastkasi ajratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Investitsiya shartnomasiga muvofiq “Serba Dinamik International Limited” kompaniyasi kuyidagi investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni oʻz zimmasiga olganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihasini moliyalashtirish uchun 250 million AQSh dollari miqdorida toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar jalb qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihasining amalga oshirilishi natijasida yiliga 36 500 tonna kaustik soda va 32 850 tonna suyuq xlor ishlab chiqariladi va 150 yangi ish oʻrinlari tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihasi 2021-yil IV chorakda foydalanishga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Uy-joy va kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida “Hazarasp Chlor Alkali” MChJ QKning ishlab chiqarish maydonlari boʻlinish chegarasigacha muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasi tarmoqlariga belgilangan tartibda kafolatli ulanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Xorazm viloyati hokimligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya shartnomasiga muvofiq investor tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Serba Dinamik International Limited” kompaniyasi tomonidan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarning bajarilishini qabul qilib olishni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va investitsiya shartnomasi talablariga muvofiq amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xorazm viloyati hokimligi “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi Direksiyasi” DUK bilan birgalikda “Xorazm viloyatining “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi hududida kaustik soda va suyuq xlor ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasining biznes-rejasi va texnik-iqtisodiy asosi “Hazarasp Chlor Alkali” MChJ QK tomonidan tayyorlangandan soʻng ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKga ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” AJ va Xorazm viloyati hokimligi investitsiya loyihasining sifatli va belgilangan muddatda amalga oshirilishi uchun masʼul etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi loyihani amalga oshirish doirasida texnik meʼyorlar va xavfsizlik qoidalariga amal qilinishi ustidan belgilangan tartibda nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzaqov, “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi J. Mirzamaxmudov va Xorazm viloyati hokimi F. Ermanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 19-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
256-F-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2020-y., 09/20/256-F/0611-son)