O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI HUZURIDAGI TOVAR-MODDIY BOYLIKLARNI OLIB KETIShNI NAZORAT QILUVChI DAVLAT INSPEKSIYASI BOSh BOShQARMASINING MAXSUS JAMFARMASINI TUZISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Tovar-moddiy boyliklarni olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi bosh boshqarmasining moddiy-texnika negizini rivojlantirish va xizmat xodimlariga moddiy yordam ko‘rsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tovar moddiy boyliklarni olib ketishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi bosh boshqarmasining maxsus jamg‘armasini tuzish va uning maxsus hisobiga asosli va to‘g‘ri musodara qilingan tovar-moddiy boyliklar summasining 15 foizini (ular to‘liq sotilgan va budjetga tegishli to‘lovlar o‘tkazilgan taqdirda) ko‘chirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi bilan birgalikda ko‘rsatilgan jamg‘armani tuzish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni 10 kun muddat ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 27-iyul,
351-son