O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDAN OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI, DORIVOR VOSITALARNI VA AYRIM NOOZIQ-OVQAT XALQ ISTEMOLI TOVARLARINI NOQONUNIY OLIB KETISh HOLLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Keyingi vaqtlarda o‘ta taqchil oziq-ovqat mahsulotlarini va dorivor vositalarni respublika tashqarisiga noqonuniy olib ketish hollari tez-tez sodir bo‘lmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlaridan, nooziq-ovqat tovarlaridan, tibbiyot maqsadlaridagi buyumlar va dori-darmonlardan maqsadli foydalanishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Normalangan tovarlarni berish tartibini qo‘pol ravishda buzishga va ularni respublika tashqarisiga noqonuniy olib ketishga yo‘l qo‘yganligi uchun “O‘zbekbirlashuv” boshqaruvining qarori bilan Toshkent viloyat matlubot jamiyatlari uyushmasining raisi M.A. Zokirov egallab turgan lavozimidan bo‘shatilganligi, Andijon viloyat matlubot jamiyatlari uyushmasining raisi S.K. Iminovga qattiq xayfsan e’lon qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “O‘zbekbirlashuv” (o‘rtoq G.G. Volkov), “O‘zbeksavdo” uyushmasi (o‘rtoq M.3. Usmonov) O‘rta Chirchiq nohiya matlubot jamiyatlari uyushmasining korxonalari tomonidan qand-shakar va unni, Qarshi Markaziy universal magazini tomonidan gazlamalarni katta miqdorda sotish, shuningdek, ko‘rsatilgan tovarlarni respublika tashqarisiga noqonuniy olib ketishga urinish hollarini o‘rganib chiqsinlar, bunda aybdor bo‘lgan xodimlarga nisbatan egallab turgan lavozimidan bo‘shatishgacha eng qattiq jazo choralarini ko‘rsinlar.
3. Ichki ishlar vazirligi (o‘rtoq 3.A. Almatov) aniqlangan faktlarni to‘liq o‘rganish va aybdor shaxslarni aniqlash uchun zarur choralarni ko‘rsin, materiallarni prokuratura organlariga topshirsin.
Oziq-ovqatlar, xalq iste’moli tovarlari va dori-darmonlarni noqonuniy olib ketish yo‘llarini keskin yo‘qotsin.
Qoida buzuvchilarga tezda ta’sir ko‘rsatish uchun noqonuniy olib ketish hollari to‘g‘risida tegishli vazirliklar va idoralarni o‘z vaqtida xabardor qilsin.
4. Mudofaa vazirligi (o‘rtoq R.U. Ahmedov) vazirlikka qarashli muassasalarda dorivor vositalarning saqlanishini, zaharli-narkotik dorilardan foydalanish ustidan qattiq nazoratni ta’minlash choralarini ko‘rsin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘z shaxsiy javobgarliklari ostida oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarining, dorivor vositalarning saqlanishini hamda ularning respublika tashqarisiga noquniy olib ketilishini nazorat qilishni ta’minlasinlar.
6. Sog‘liqni saqlash vazirligi (o‘rtoq Sh.I. Karimov), Moliya vazirligi (o‘rtoq E.J. Boqiboyev) bilan birgalikda Toshkent shahri, Toshkent, Farg‘ona, Andijon viloyatlaridagi dorixona muassasalarining xo‘jalik-moliya faoliyatini taftish qilsin. Taftish yakunlari sog‘liqni saqlash vazirligi hay’atida ko‘rib chiqilsin. Dorivor vositalarning saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni bo‘shashtirib yuborgan shaxslarga nisbatan jazo choralari kuchaytirilsin.
7. “O‘zbeksavdo” uyushmasi (o‘rtoq M.3. Usmonov), O‘zbekbirlashuv (o‘rtoq G.G. Volkov), “O‘zkooptayyorlovsavdo” (o‘rtoq E. Qurbonov), savdo shoxobchalariga va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sexlariga ega bo‘lgan vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, birlashmalar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tovarlarni sotish tartibiga rioya qilish ustidan nazoratni kuchaytirsinlar, ularni bazalar va omborlardan sotishga, shuningdek, ularni normadan ortiqcha berishga yo‘l qo‘ymasinlar. Xalq iste’moli tovarlarini respublika tashqarisiga noqonuniy olib ketish va jo‘natish hollariga qat’iy barham bersinlar. Ushbu masalalarda qoida buzishlarga yo‘l qo‘ygan xodimlarni qonunda belgilangan tartibda jazolasinlar.
Savdo tashkilotlari va korxonalari rahbarlarining tovarlarni belgilangan normalarga qat’iy muvofiq holda berilishining to‘g‘riligi uchun shaxsan javobgarligini belgilasinlar.
8. “O‘zdonmahsulot” (o‘rtoq R.A. Ahmedov), “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” (o‘rtoq A.X. Toshkenboyev), “O‘zoziqovqatsanoat” (o‘rtoq N.I. Hamidov) konsernlari, Mahalliy sanoat vazirligi (o‘rtoq V.A. Chjen) rahbarlari oziq-ovqat xalq iste’moli tovarlarini saqlash va savdo tashkilotlariga o‘z vaqtida yetkazish yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rsinlar, xomashyo va oziq-ovqatlardan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirsinlar. Qoida buzishlar aniqlanganda materiallar tergov organlariga oshirilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi o‘rinbosari o‘rtoq I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 24-iyul,
344-son