Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-yanvardagi “Toshkent shahrida Amiti Universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4097-son qaroriga qoʻshimcha kiritish haqida
Toshkent shahridagi Amiti Universitetini sifatli asbob- uskunalar, kompyuter texnikasi va boshqa texnik vositalar bilan taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-yanvardagi “Toshkent shahrida Amiti Universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4097-son qarori 9-bandining “b” kichik bandi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” soʻzlaridan keyin “pudrat va yordamchi pudrat tashkilotlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 14-may,
PQ-4714-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 07/20/4714/0589-son)