11.05.2020 yildagi 239-F-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
farmoyishi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 16-iyuldagi PQ-3857-son qaroriga muvofiq, shuningdek, mahalliy ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalar hamda ishlanmalarni amaliyotga joriy etish, respublikada ilm-fan va innovatsion rivojlanish samaradorligini oshirish hamda ilm-fan va ishlab chiqarishda samarali integratsiya yaratish, kompleks rivojlantirishning zamonaviy talablarini hisobga olgan holda innovatsion infratuzilmani shakllantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligining taklifiga koʻra, “Ilm-fanni tijoratlashtirish” loyihasi (keyingi oʻrinlarda — loyiha) konsepsiyasi ishlab chiqilganligi va uni amalga oshirishni moliyalashtirishda ishtirok etish uchun Jahon banki bilan kelishuvga erishilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani tayyorlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi va Jahon banki oʻrtasida alohida imzolanadigan Boʻnak kelishuvi (keyingi oʻrinlarda — Boʻnak kelishuvi) doirasida 1 924 ming AQSh dollari kredit sifatida ajratilishi maʼqullanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Boʻnak kelishuvi doirasida ajratiladigan kredit mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsiyalarni xalqaro bozorda tijoratlashtirishga xizmat qiluvchi elektron portal ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish guruhini (keyingi oʻrinlarda — LAOG) tuzish va uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash, ularning malakasini oshirish hamda olib boriladigan ish jarayonlari uchun tartibli texnik-iqtisodiy asoslar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi ilmiy dasturlar, moliyalashtirish mexanizmlari, ilmiy audit va texnik ekspertiza jarayonlarini amalga oshirish va boshqa masalalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi loyihani amalga oshirish, monitoring qilish, Jahon bankining ajratilgan kreditlaridan samarali va maqsadli foydalanishni nazorat qiluvchi ijro etuvchi organ (keyingi oʻrinlarda — ijro etuvchi organ) hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlar va xizmatlarni muvofiqlashtirishni taʼminlash uchun ijro etuvchi organ huzurida umumiy shtat birligi 12 nafardan oshmagan LAOG tuziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LAOG xodimlariga haq toʻlash va loyihani tayyorlash boʻyicha boshqa xarajatlar belgilangan tartibda Jahon banki kreditlari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagi masalalar belgilangan tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LAOG tuzilmasi va shtat jadvalini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LAOG rahbari va xodimlarini lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning maqsad va vazifalarini bajarish, shuningdek, loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish uchun mahalliy va xorijiy mutaxassislar, ekspertlar hamda olimlarni shartnoma asosida jalb qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda loyihani samarali amalga oshirish uchun tayyorgarlikni tashkil etish, Jahon bankining roziligi asosida 50,0 mln AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kreditlarini jalb qilish, loyihaning texnik-iqtisodiy asosini LAOG tomonidan ishlab chiqish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha mablagʻlari tijoratlashtirish uchun muhim boʻlgan ilmiy-tadqiqot ishlari hamda innovatsiyalarni moliyalashtirish uchun yangi tizim yaratish maqsadida quyidagi vazifalarga yoʻnaltiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston olimlari tomonidan xalqaro standartlarga muvofiq tadqiqotlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki bozor va eksport bozorlari uchun yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotlar, texnologiyalar, shuningdek, jarayonlarni ishlab chiqish uchun yoʻnaltirilgan innovatsion va tijoratlashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlarini mahalliy korxonalar bilan hamkorlikda qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy, innovatsion va tijoratlashtirish loyihalarini saralab tanlash va monitoringini amalga oshirish boʻyicha xalqaro ekspert kengashi hamda texnologiyalar transferi ofisini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koronavirus infeksiyasi va shu kabi kasalliklarning oldini olish hamda ularni davolash kabi ilmiy tadqiqotlarni samarali olib borish uchun respublikadagi virusologiya, mikrobiologiya, farmatsevtika va epidemiologiya yoʻnalishidagi ilmiy tashkilotlarni modernizatsiya qilish, asbob-uskunalar va butlovchi materiallarni sotib olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklarida LAOG tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar uchun alohida depozit hisobvaraqlari ochiladi. Loyihalarni moliyalashtirish uchun ochilgan hisobvaraqlari LAOGning boshqa loyihalari boʻyicha majburiyatlarni qoplash uchun mablagʻlarni hisobdan chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro etuvchi organ va LAOG loyihani oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun ishtirok etuvchi moliyaviy tashkilotlar (tijorat banklari, lizing va mikrokredit tashkilotlari) bilan birgalikda masʼuldir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan loyiha doirasida Jahon banki bilan oʻzaro kredit shartnomasini imzolashga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 11-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
239-F-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2020-y., 09/20/239-F/0568-son)