Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.10.2002 15.06.1995 yildagi 222-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.10.2002
Hujjat 15.06.1995 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOMMUNAL XIZMAT KOʻRSATISh VA YOʻLOVChILAR TAShISh TRANSPORTI KORXONALARI MAʼMURIY-BOShQARUV XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLAShNI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 7-oktabrdagi 346-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kommunal xizmat koʻrsatish va yoʻlovchilar tashish transporti korxonalari maʼmuriy-boshqaruv xodimlari ish haqining koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar tushumi toʻliqligiga bogʻliqligini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar va xoʻjalik birlashmalari apparati xodimlari, kommunal xizmat koʻrsatish va yoʻlovchilar tashish transporti (temir yoʻl va havo transportidan tashqari) korxonalari va tashkilotlari maʼmuriy-boshqaruv xodimlari ish haqi fondi koʻrsatilgan xizmatlar uchun kelib tushgan mablagʻlar birligiga nisbatan normativlar boʻyicha belgilanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi xoʻjalik hisobi daromadi koʻrsatib oʻtilgan xodimlar ish haqi fondini shakllantirish manbai hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnatga haq toʻlashning Yangi shartlari 1995-yil 1-iyuldan boshlab joriy qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, mazkur tartib ishchilar, operatorlar, haydovchilar, dispetchyerlar va maʼmuriy-boshqaruv xodimlari hisoblanmaydigan boshqa toifadagi xodimlarga tatbiq qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kommunal xizmat koʻrsatish va yoʻlovchilar tashish transporti (temir yoʻl va havo transportidan tashqari) korxonalari va tashkilotlari rahbarlariga koʻrsatilgan xizmatlar uchun tushum prognozi ortigʻi bilan bajarilishi summasining 50 foizini unga yoʻllagan holda maʼmuriy-boshqaruv xodimlarini mukofotlash maxsus jamgʻarmasi tashkil etish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi va “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi 1995-yil 20-iyungacha:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar va xoʻjalik birlashmalari apparati xodimlari, korxonalar va tashkilotlar maʼmuriy-boshqaruv xodimlari ish haqi fondining koʻrsatilgan xizmatlar uchun tushgan mablagʻlar birligiga nisbatan normativlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatib oʻtilgan xodimlarning mehnatiga haq toʻlash shartlari boʻyicha ish haqining koʻrsatilgan xizmatlar uchun tushadigan toʻlovlarning darajasiga bogʻliqligini belgilashni nazarda tutuvchi qoidalarni ishlab chiqsinlar hamda Mehnat vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi, “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi bilan birgalikda 1995-yil 25-iyungacha 1995-yilning ikkinchi yarim yilligi uchun pul tushumlari prognozini hamda vazirliklar va xoʻjaliklar birlashmalari apparati xodimlari, kommunal xizmat koʻrsatish va yoʻlovchilar tashish transporti (temir yoʻl va havo transportidan tashqari) korxonalari va tashkilotlari maʼmuriy-boshqaruv xodimlari ish haqi fondi hisob-kitobini aniqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bunda ish haqi fondini hisoblab chiqishning tasdiqlangan normativlaridan, shuningdek, bazaviy koʻrsatkichlarning izchil oʻsishini hisobga olgan holda ular asosida belgilangan tushum tushishining amaldagi prognozlaridan kelib chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tijorat banklari vazirliklar va xoʻjalik birlashmalari apparati xodimlari, kommunal xizmat koʻrsatish va yoʻlovchilar tashish transporti (temir yoʻl va havo transportidan tashqari) korxonalarining maʼmuriy-boshqaruv xodimlari ish haqiga mablagʻlar berishni mehnatga haq toʻlash fondining koʻrsatilgan xizmatlar uchun tushgan mablagʻlar birligiga nisbatan belgilangan normativlaridan kelib chiqib amalga oshirsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Respublikaning xoʻjalik hisobidagi korxonalari va tashkilotlariga mehnatga haq toʻlashning vaqtbay shaklidan xodimlar ish haqining xoʻjalik faoliyati natijalariga bevosita bogʻliqligini belgilovchi ishbay va mehnatga haq toʻlashning boshqa ilgʻor shakllariga oʻtishni taʼminlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoa shartnomalari (bitimlar) va kontraktlar tuzish chogʻida xodimlar mehnatiga haq toʻlash miqdorining xoʻjalik faoliyati natijalariga bogʻliqligi hisobga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari B.S. Hamidov va R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 15-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
222-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 6-son, 22-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)