01.05.2020 yildagi PQ-4701-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.05.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida aholining uy-joy sharoitini yaxshilash, ipoteka krediti bozorini yanada rivojlantirish, xususiy pudrat tashkilotlarini uy-joylar qurilishiga keng jalb qilish hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5886-son Farmoniga (keyingi oʻrinlarda — Farmon) muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashning yangi tartibi (keyingi oʻrinlarda — yangi tartib) joriy qilinganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan oʻz mablagʻlari va tijorat banklarining kreditlari hisobiga qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga ruxsat etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2020-yil 1-maydan boshlab 2022-yil 1-yanvarga qadar jismoniy shaxslarga xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan qurib bitkazilgan kvartiralarni, shuningdek, tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditlarining eng koʻp miqdorlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq joylarida 2 xonali kvartiralar uchun 174 mln soʻmdan 240 mln soʻmgacha, 3 va undan koʻp xonali kvartiralar uchun 224 mln soʻmdan 320 mln soʻmgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharlarda 2 xonali kvartiralar uchun 180 mln soʻmdan 240 mln soʻmgacha, 3 va undan koʻp xonali kvartiralar uchun 232 mln soʻmdan 320 mln soʻmgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida 2 xonali kvartiralar uchun 198 mln soʻmdan 264 mln soʻmgacha, 3 va undan koʻp xonali kvartiralar uchun 255 mln soʻmdan 352 mln soʻmgacha oshirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yangi tartib doirasida aholiga ajratiladigan ipoteka kreditlari (shu jumladan bugungi kunga qadar ajratilgan ipoteka kreditlari) muddati 15 yildan 20 yilgacha uzaytirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddatda yangi tartib doirasida tijorat banklarida joylashtirgan kredit resurslari muddatini 15 yildan 20 yilgacha uzaytirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari bir oy muddatda yangi tartib doirasida jismoniy shaxslarga berilgan ipoteka kreditlari muddatini 15 yildan 20 yilgacha uzaytirsin hamda tuzilgan shartnomalarga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qarorning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2 — 4-bandlarida nazarda tutilgan tartib va shartlar 2022-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi va yangi tartibga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining mablagʻlari hisobidan ajratiladigan ipoteka kreditlariga nisbatan tatbiq etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshlarida nazarda tutilgan kvartiralarni sotib olishga ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha dastlabki badalning bir qismini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun subsidiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Qurilish vazirligi tomonidan belgilangan uy-joy hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida tajriba tariqasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tijorat banklariga ajratgan kredit resurslari hisobidan mazkur qaror qabul qilingunga qadar jismoniy shaxslarga qonunda belgilangan tartibda uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va qayta qurish uchun kreditlar ajratishga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi hamda Markaziy bank bilan birgalikda 2020-yil 1-dekabrga qadar Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida amalga oshiriladigan tajriba natijalaridan kelib chiqib, yakka tartibdagi uy-joylar qurilishini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga 2020-2021-yillar davomida uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj fuqarolarni manzilli qoʻllab-quvvatlash maqsadida mahalliy budjet daromadlarining oshirib bajarilgan qismi hisobidan Farmon bilan tegishli hudud uchun belgilangan subsidiyalar sonini 1,3 baravarga va summasini 40 foizgacha oshirishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2020-yil 1-maydan 31-dekabrga qadar Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan xususiy pudrat tashkilotlariga yangi tartib doirasida shahar va qishloq joylarida 4 va undan yuqori qavatli hamda Toshkent shahrida 7 va undan yuqori qavatli koʻp kvartirali uy-joylar qurish uchun ajratilgan tijorat banklarining milliy valyutadagi kreditlari boʻyicha:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit summasining 50 foizigacha, biroq 8 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda kafillik beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmaydigan va summasi 20 milliard soʻmdan ortiq boʻlmagan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, biroq 10 foiz punktidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, kafillik va kompensatsiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Qurilish vazirligi tomonidan kvartira bir kvadrat metrining tegishli hududdagi oʻrtacha bozor qiymati hamda 2-xonali, 3 va undan koʻp xonali kvartiralar maydonining belgilangan meʼyorlarini inobatga olgan holda koʻp kvartirali uy-joylar qurilganda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov) ikki xafta muddatda yangi tartib doirasida shaharlarda koʻp kvartirali uy-joylarni qurish uchun yer uchastkalarini “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasidagi elektron auksioniga chiqarish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 1-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4701-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 07/20/4701/0527-son; 07.12.2020-y., 06/20/6126/1608-son; 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2021-y., 06/21/6274/0766-son, 10.12.2021-y., 06/21/33/1147-son; 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son)