Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
FARMOYIShI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-sentabrdagi PQ-3293-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi va AQSh davlatlararo hamkorligini yanada rivojlantirish va Nyu-York shahrida (2017-yil 20-21-sentabr) boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston-Amerika biznes-forumi yakunlari boʻyicha erishilgan axdlashuvlar boʻyicha amaliy tadbirlar rejasi (“yul xaritasi”) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PQ-3739-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15 — 17-may kunlari AQShga rasmiy tashrifi davomida investitsiyaviy-texnologik, bank-moliya va savdo-iqtisodiy sohalarda imzolangan hujjatlar ijrosi boʻyicha amaliy tadbirlar rejasi (“yoʻl xaritasi”) ijrosini taʼminlash, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirish, noanʼanaviy bozorlarni oʻzlashtirish, eksport qilinadigan mahsulotlarning turlarini kengaytirish, eksport faoliyatiga kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini faol jalb qilish maqsadida:
1. “Uztreyd” AJga “Uz-American Trade Corp.” Oʻzbekiston-Amerika savdo uyi bilan 2020-yil 6-yanvarda tuzilgan NY-20/01-son kontrakt boʻyicha 2020-yil 31-dekabrgacha umumiy qiymati 1 251 200,00 AQSh dollariga teng boʻlgan 736,0 tonna uzun donli guruchni (TIF TN kodi 1006 30 9800) eksport qilishga ruxsat berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi eksport qilinadigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini belgilangan tartibda taʼminlasin.
3. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 24-aprel,
219-F-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2020-y., 09/20/219-F/0502-son)