22.04.2020 yildagi PF-5984-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.04.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi hamda 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining mamlakat hududida bir joydan ikkinchi joyga koʻchish borasidagi huquq va erkinliklarini taʼminlash kafolatlarini mustahkamlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Keng jamoatchilik fikrlarini inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Vazirlar Mahkamasi va Ichki ishlar vazirligining ruxsat berish xususiyatiga ega boʻlgan doimiy propiska qilish tizimidan bosqichma-bosqich xabar berish xususiyatidagi roʻyxatdan oʻtkazish tizimiga oʻtish hamda birinchi bosqichda quyidagilarni amalga oshirish haqidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“doimiy propiska qilish” va “turgan joyi boʻyicha hisobga olish” tushunchalarini “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish” va “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish” tushunchalariga oʻzgartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarga birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlarini oʻzi doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatda boʻlgan manzil bilan bir qatorda egaligida boʻlgan uy-joy maydoniga doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga qoʻyish imkoniyatini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga qoʻyish uchun er-xotinning nikohdan keyin bir yil davomida birgalikda yashash sharti hamda bir yil ichida nikoh bekor qilingan taqdirda doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi yoʻqotilishi toʻgʻrisidagi qoidani olib tashlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaga tarbiyaga olingan (patronat) shaxslar ularning tutingan ota-onasining doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolar doimiy yashash uchun tegishincha qaytib kelganida, ularni Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga hech qanday toʻsiqlarsiz doimiy yashash joyi boʻyicha qayta roʻyxatga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli lavozimlarga saylangan, tayinlangan, tasdiqlangan fuqarolarga hamda respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlariga ishga taklif etilayotgan yuqori malakali mutaxassislar uchun lavozimni egallab turish davriga beriladigan doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinish huquqiga cheklovni bekor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan davlat organlari va tashkilotlarida 5 yil muddat mobaynida uzluksiz mehnat faoliyatini yuritayotgan mutaxassislarni (texnik, xizmat koʻrsatuvchi va ishlab chiqarish xodimlaridan tashqari) mazkur hududlarda doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning boshqa hududlarida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yangi qurilgan uylarni sotib olib, uch yil ichida sotgan holatlarda davlat bojining alohida stavkalarini qoʻllash tartibini bekor qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan talablardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tegishli qonun loyihasini kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2020-yil 1-apreldan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koʻchmas mulkni olishda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun ushbu hududlarda doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi talab qilinmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish bilan bogʻliq ishlar idoralararo elektron hamkorlik orqali “yagona darcha” tamoyili asosida Ichki ishlar vazirligining “Manzil” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Manzil” tizimi) vositasida amalga oshiriladi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini “Manzil” tizimi orqali doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida — 2020-yil 1-sentabrdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — 2021-yil 1-yanvardan boshlab amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibini buzganlik Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tegishli hudud va manzildan chiqarib yuborish uchun asos boʻlib hisoblanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2020-yil 1-sentabrdan quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib joriy etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtmasdan istiqomat qilish muddati 15 kun hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olishni rasmiylashtirish bir kun ichida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olishda avvalgi doimiy yashash joyidan roʻyxatdan chiqish tartibi bekor qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini rasmiylashtirishda pasport, uy daftari yoki xonadon kartochkasiga roʻyxatga olish shtampini bosish amaliyoti bekor qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olishda harbiy xizmatga majburlarning mudofaa ishlari boʻlimlariga harbiy hisobdan chiqish va harbiy hisobga turish uchun borishi tartibi bekor qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi tomonidan soliq idoralarida hisobga olingan ijara shartnomasi haqida maʼlumot taqdim etilganda vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishda uy-joy egasining roziligi talab etilmaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tugʻilgan bolaga fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnomani rasmiylashtirish chogʻida otasi yoki onasining doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manziliga idoralararo elektron hamkorlik orqali maʼlumotlarni kiritish yoʻli bilan uni doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi joriy qilinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining muayyan hududida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tegishincha ushbu hududning boshqa manzilida istiqomat qilsa, turgan joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga olinishi shart emas va u pasport tizimi qoidalarini buzgan deb hisoblanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Manzil” tizimining “yagona darcha” tamoyili asosida toʻliq ishlashini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 1-avgustga qadar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini onlayn tarzda harbiy hisobga olish va hisobdan chiqarish tizimini joriy qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-yanvarga qadar harbiy hisob hujjatlarini avtomatlashtirish maqsadida kartoteka maʼlumotlarini jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamiga bogʻlagan holda raqamlashtirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Farmonning 2-bandi “b” kichik bandida belgilangan muddatlardan kelib chiqqan holda, “Avtomatlashtirilgan axborot tizimi va maʼlumotlar bazasi” avtomatlashtirilgan axborot tizimini Ichki ishlar vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda “Manzil” va “Xorijga chiqish pasporti” axborot tizimlari bilan integratsiya qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy hisob hujjatlarini, harbiy xizmatga majbur fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hududiy mudofaa ishlari boʻlimlariga real vaqt rejimida elektron tizim orqali yuborish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi maʼlumotlar bazasi bilan idoralararo elektron hamkorlikni yoʻlga qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-avgustga qadar “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining yagona elektron arxivi” axborot tizimini “Manzil” tizimiga integratsiya qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi 2020-yil 1-sentabrga qadar voyaga yetmaganlarni tugʻilganlik haqida guvohnomasi maʼlumotlariga hamda voyaga yetganlarni jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamiga bogʻlagan holda vasiylik va homiylikni tasdiqlovchi hujjatlarning elektron bazasini yaratsin va uni Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda “Manzil” tizimiga integratsiya qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda “Manzil” tizimiga integratsiya qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda hisobga olingan ijara shartnomalari boʻyicha ijarachi va uy egasining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami hamda koʻchmas mulkning kadastr raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish maqsadida “Soliq” axborot tizimlari kompleksini “Manzil” tizimiga integratsiya qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi mazkur Farmonning 2-bandi “b” kichik bandida belgilangan muddatlardan kelib chiqqan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoralararo elektron hamkorlik tizimi asosida “Manzil” tizimiga koʻchmas mulk egasi yoki uning yuridik manzili oʻzgarganda, koʻchmas mulk obyektlarining manzillari yagona reyestridan oʻzgargan maʼlumotlarning taqdim etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulk egasi boʻlgan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud boʻlmaganda, “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalanib va axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda, uni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi hamda Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlar bazasidan olishni yoʻlga qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda aholiga taqdim etilayotgan elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish doirasida elektron raqamli imzo oʻrniga shaxsni tasdiqlashning muqobil shakllarini, shu jumladan mobil aloqa telefon raqamlari orqali shaxsni tasdiqlashning qoʻshimcha imkoniyatlarini yaratishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Farmonning 2-bandi “b” kichik bandida belgilangan muddatlardan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish ishlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirish imkoniyatini yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK bilan birgalikda 2020-yil 1-avgustgacha Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish bilan bogʻliq jarayonlarni amalga oshirish maqsadida tegishli axborot tizimlarini Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga integratsiya qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Mudofaa vazirligining murojaatiga muvofiq 2021-yil 1-yanvarga qadar Mudofaa vazirligining “Avtomatlashtirilgan axborot tizimi va maʼlumotlar bazasi” tizimini joriy etish uchun tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlarining belgilangan tartibda Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻiga ulanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uch oy muddatda Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olishda davlat xizmatlarining avtomatik tarzda koʻrsatilishi uchun tegishli idoralarga xabarnoma yuborilishini tashkillashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olishni talab etadigan barcha davlat xizmatlari hamda boshqa maʼmuriy tartib-taomillarni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinish orqali amalga oshirish imkoniyatini yaratish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi mazkur Farmonning 2-bandi “b” kichik bandida belgilangan muddatlardan kelib chiqqan holda Oliy sud axborot tizimini Ichki ishlar vazirligining “Manzil” tizimi bilan integratsiya qilish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2021-yil 1-yanvarga qadar shaxsning jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilinganligi toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar bazasini yuritish tizimini yoʻlga qoʻysin va ichki ishlar organlari tizimida mavjud hujjatlar va maʼlumotlarni fuqarolardan talab qilmaslik boʻyicha choralar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bir oy muddatda ushbu Farmonning ijrosi yuzasidan fuqarolardan kelib tushadigan murojaatlar asosida tizimli monitoring olib borish maqsadida oʻz veb-saytida tushgan murojaatlarning mazmuni barchaga ochiq boʻlgan va ularni muhokama etish imkonini beradigan maxsus sahifaning ishga tushirilishini taʼminlasin hamda zarurat boʻlganda idoralararo maʼlumot almashinuvi tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibining isloh etilishi hamda yaratilayotgan elektron tizim imkoniyatlaridan kelib chiqib, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet el fuqarolari uchun belgilangan tartibotlarni takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pasport rejimini buzish holatlarini aniqlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomni tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirishlarni qonun hujjatlariga kiritish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 22-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5984-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2020-y., 06/20/5984/0483-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 06/21/6277/0788-son; 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)