14.04.2020 yildagi 218-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.04.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda huquq ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirishga, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga taʼsirini kuchaytirishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarni qabul qilish jarayonlarining murakkabligi, shaffofligi taʼminlanmaganligi hamda ushbu sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilmaganligi joylarda yuzaga kelayotgan muammolarni oʻz vaqtida va samarali hal qilishga toʻsqinlik qilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 13-dekabrdagi PQ-4551-son qarorida belgilangan vazifalarni bajarish hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan fuqarolar va tadbirkorlik faoliyatiga taalluqli qarorlar qabul qilish jarayonining shaffofligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (keyingi oʻrinlarda — hokimliklar), Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi) hokimliklar tomonidan “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni rasman kuchga kirgan vaqtdan eʼtiboran (1993-yil 18-sentabrdan) 2020-yil 1-martga qadar qabul qilingan jismoniy va yuridik shaxslarga yer ajratish toʻgʻrisidagi oʻz kuchida boʻlgan qarorlarni 2020-yil 1-sentabrgacha toʻliq xatlovdan oʻtkazib, tegishli hokimliklarning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda quyidagilarni nazarda tutuvchi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron — “E-qaror” tizimini (keyingi oʻrinlarda — “E-qaror” elektron tizimi) 2021-yil 1-yanvarga qadar sinov tariqasida ishga tushirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish, ularga takrorlanmaydigan maxsus raqam berish va avtomatik tarzda eʼlon qilish jarayonini boshqarish va nazorat qilish, shu jumladan, zarurat tugʻilganda manfaatdor idoralar tomonidan loyihalarga elektron koʻrinishdagi viza qoʻyilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlari loyihalarini koʻrib chiqish va kelishish boʻyicha idoralararo elektron hamkorlikni, shuningdek, ularni ishlab chiqish jarayoni monitoring qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yagona elektron tizimdan foydalanishda quyidagilar davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“E-qaror” elektron tizimiga egalik qilish hamda uning sifatli va uzluksiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“E-qaror” elektron tizimining funksional imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha belgilangan tartibda choralar koʻrish, tizimdan foydalanish jarayonida texnik yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “E-qaror” elektron tizimining axborot xavfsizligini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizimdan foydalanuvchilardan tushgan takliflarni hisobga olgan holda “E-qaror” elektron tizimini muntazam takomillashtirish va modernizatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarorlarni faqat “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish, ularga takrorlanmaydigan maxsus raqam berish va avtomatik tarzda eʼlon qilish jarayonining doimiy monitoringini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“E-qaror” elektron tizimining ishlash tartibi va mexanizmini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarining “E-qaror” elektron tizimidan samarali foydalanishlarini taʼminlash, shuningdek, undan foydalanish masalasiga metodik rahbarlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarorlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonlari “E-qaror” elektron tizimi orqali toʻliq amalga oshirilishi boʻyicha tezkor tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarorlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish, maxsus raqamlash va avtomatik tarzda eʼlon qilish jarayonida “E-qaror” elektron tizimidan majburiy foydalanish hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarga qatʼiy rioya qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“E-qaror” elektron tizimini ishlash tartibi va mexanizmini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“E-qaror” elektron tizimini yaratish va joriy etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“E-qaror” elektron tizimi orqali mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining fuqarolar va tadbirkorlik faoliyatiga taalluqli hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, kelishish (imzolash) va kiritishning tashkiliy sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“E-qaror” elektron tizimining uzluksiz faoliyat koʻrsatishi, texnik xizmat koʻrsatish va qoʻllab-quvvatlash, shuningdek uning funksional imkoniyatlarini yanada takomillashtirish bilan bogʻliq xarajatlar Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobiga moliyalashtiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil yanvar — may oylarida Qashqadaryo viloyatida “E-qaror” elektron tizimini aprobatsiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-iyuldan boshlab huquqiy eksperiment natijalari asosida “E-qaror” elektron tizimi respublikaning barcha darajadagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda eksperiment natijalaridan kelib chiqib, zaruratga koʻra, 2021-yil 15-iyunga qadar Vazirlar Mahkamasiga “E-qaror” elektron tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 355-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2013-yil, 2-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rasmiy veb-saytiga qoʻyiladigan asosiy talablarning 1-bandiga quyidagi mazmundagi “b2” — kichik band qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“b2) jismoniy va yuridik shaxslarga yer ajratish toʻgʻrisidagi hujjatlar”.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 14-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
218-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 218-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“E-qaror” elektron tizimini yaratish va joriy etish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AMALIY ChORA-TADBIRLAR REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Ijro uchun masʼullar

1.

“E-qaror” elektron tizimini yaratish.

1. “E-qaror” elektron tizimining texnik topshirigʻini ishlab chiqish.

2. “E-qaror” elektron tizimining dasturiy taʼminotini ishlab chiqish boʻyicha belgilangan tartibda tanlov eʼlon qilish.

3. “E-qaror” elektron tizimining dasturiy taʼminotini ishlab chiqish boʻyicha gʻolib tashkilot bilan shartnoma tuzilishini taʼminlash.

4. “E-qaror” elektron tizimini ishlab chiqish.

2020-yil 1-iyun


2020-yil 15-iyun



2020-yil iyul-avgust



2020-yil dekabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

2.

“E-qaror” elektron tizimini Qashqadaryo viloyatidagi davlat organlari va tashkilotlarida joriy etish

1. Quyidagilarni oʻrganish uchun Qashqadaryo viloyatidagi davlat organlari va tashkilotlarini xatlovdan oʻtkazish:

ularni “E-qaror” elektron tizimga ulash;

mazkur davlat organlari va tashkilotlarning rahbarlari va masʼul ijrochilarida elektron raqamli imzolarning mavjudligi;

“E-qaror” elektron tizimda ishlash boʻyicha masʼul xodimlarni biriktirish.

2. Xatlov yakunlariga koʻra Qashqadaryo viloyatidagi davlat organlari va tashkilotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan elektron raqamli imzo bilan bepul taʼminlash.

3. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari, shuningdek, masʼul ijrochilar (tashkilot rahbari tomonidan aniqlanadi) “E-qaror” elektron tizimiga ulanishini taʼminlash.

2021-yil yanvar









2021-yil yanvar






2021-yil yanvar

Qashqadaryo viloyati hokimligi
(Z. Mirzayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Davlat soliq qoʻmitasi
(B. Musayev)

3.

Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) hokimliklarida “E-qaror” elektron tizimida ishlashning mohiyati va tartibini tushuntirish.

1. Masʼul shaxslar kontingenti bilan belgilagan holda seminarlar oʻtkazish rejasini tasdiqlash hamda seminar oʻtkazuvchi mutaxassislar roʻyxatini shakllantirish.

2. Seminar ishtirokchilari uchun tarqatma materiallar tayyorlash.

3. Seminarlarni reja-jadval asosida samarali tashkil qilish.

2021-yil yanvar

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),

Davlat soliq qoʻmitasi
(B. Musayev)

4.

Qashqadaryo viloyati mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida qarorlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish boʻyicha eksperiment oʻtkazish.

1. Qarorlar “E-qaror” elektron tizimi orqali faqat “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish, ularga takrorlanmaydigan maxsus raqam berish va avtomatik tarzda eʼlon qilinishini taʼminlash.

2. Eksperiment natijalari yuzasidan xulosa va takliflar tayyorlash.

2021-yil yanvar — may





Zaruratga koʻra

Qashqadaryo viloyati hokimligi
(Z. Mirzayev),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

5.

“E-qaror” elektron tizimini respublikaning barcha darajadagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida joriy etish.

1. Quyidagilarni oʻrganish uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlarini xatlovdan oʻtkazish:

ularni “E-qaror” elektron tizimga ulash;

mazkur tashkilotlarning rahbarlari va masʼul ijrochilarida elektron raqamli imzolarning mavjudligi;

“E-qaror” elektron tizimda ishlash boʻyicha masʼul xodimlarni biriktirish.

2. Xatlov yakunlariga koʻra mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat organlari va tashkilotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan elektron raqamli imzo bilan bepul taʼminlash.

3. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari, shuningdek, masʼul ijrochilar (tashkilot rahbari tomonidan aniqlanadi) “E-qaror” elektron tizimiga ulanishini taʼminlash.

2021-yil iyul

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Davlat soliq qoʻmitasi
(B. Musayev)

6.

“E-qaror” elektron tizimida ishlash tartibini tushuntirish.

1. Masʼul shaxslar kontingenti bilan belgilagan holda seminarlar oʻtkazish rejasini tasdiqlash hamda seminar oʻtkazuvchi mutaxassislar roʻyxatini shakllantirish.

2. Seminar ishtirokchilari uchun tarqatma materiallar tayyorlash.

3. Seminarlarni reja-jadval asosida samarali tashkil qilish.

2021-yil iyun

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaz�rligi (Sh. Sadikov),

Davlat soliq qoʻmitasi
(B. Musayev)

7.

“E-qaror” elektron tizimining sifatli va uzluksiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlash.

1. “E-qaror” elektron tizimini texnik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlarni doimiy ravishda oʻtkazib borish.

2. “E-qaror” elektron tizimini muntazam takomillashtirib borish va modernizatsiya qilish.

Tizim ishga tushirilganidan soʻng doimiy ravishda

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 218-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“E-qaror” elektron tizimi orqali mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining fuqarolar va tadbirkorlik faoliyatiga taalluqli hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, kelishish (imzolash) va kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Masʼullar

Chora-tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Manfaatdor jismoniy yoki yuridik shaxs

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ariza bilan murojaat qiladi

Zaruratga koʻra


2-bosqich

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining masʼul boʻlinmasi

1. “E-qaror” elektron tizimiga belgilangan tartibda arizani kirim qiladi, ish yurituviga qabul qiladi.

2. Arizani masʼul tarkibiy boʻlinma yoki hududiy davlat organiga (keyingi oʻrinlardaloyihani ishlab chiquvchi) yuboradi.

Belgilangan muddatlarda


3-bosqich

Loyihani ishlab chiqu?chi

1. Qaror loyihasini ishlab chiqadi.

2. Loyihani “E-qaror” elektron tizimi orqali manfaatdor hududiy davlat organlari bilan kelishadi.

Belgilangan muddatlarda


4-bosqich

Manfaatdor hududiy davlat organlari

1. Qaror loyihasini “E-qaror” elektron tizimi orqali ish yurituviga belgilangan tartibda qabul qiladi.

2. Belgilangan tartibda loyihani koʻrib chiqadi.

3. Qaror loyihasini kelishadi (viza qoʻyadi) yoki zarurat boʻlganda qaror loyihasini ishlab chiquvchiga belgilangan tartibda uni “E-qaror” elektron tizimi orqali yanada takomillashtirish uchun qaytaradi.

4. Imz�langan qaror loyihasini loyihani ishlab chiquvchiga yuboradi.

Belgilangan muddatlarda


5-bosqich

Loyihani ishlab chiquvchi

1. Imzolangan qaror loyihasini “E-qaror” elektron tizimidan oladi.

Qaror loyihasini manfaatdor hududiy davlat organining tegishli xulosasini hisobga olgan holda (zarur hollarda) yakuniy koʻrib chiqadi.

Elektron shaklda “E-qaror” elektron tizimi orqali tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining yuridik xizmatiga kiritadi.

Belgilangan muddatlarda


6-bosqich

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi yuridik xizmati

1. Qaror loyihasini “E-qaror” elektron tizimi orqali ish yurituviga belgilangan tartibda qabul qiladi.

2. Qaror loyihasini belgilangan tartibda qayta koʻrib chiqadi (agar zarur boʻlsa).

3. Qaror loyihasini imzolash uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi rahbariga kiritadi.

Belgilangan muddatlarda


7-bosqich

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi rahbari

1. Qaror loyihasini “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qiladi.

2. Qaror loyihasini imzolash yoki belgilangan tartibda qayta koʻrib chiqish uchun yuridik xizmatga qaytaradi.

3. Imzolangan qarorni “E-qaror” elektron tizimi orqali mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining umumiy boʻlimiga eʼlon qilish uchun yuboradi.

Belgilangan muddatlarda


8-bosqich

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining masʼul tarkibiy boʻlinmasi

1. Imzolangan qarorni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilib oladi.

2. Qarorni majburiy tartibda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organning oʻz rasmiy-veb saytida eʼlon qiladi.

Belgilangan muddatlarda

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/218/0429-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2021-y., 09/21/373/0559-son; 23.06.2021-y., 09/21/390/0588-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)