Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.10.2003 08.07.1992 yildagi 314-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 08.07.1992 yildagi 314-son
Kuchga kirish sanasi
08.07.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.10.2003
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KORXONALAR, TAShKILOTLAR VA MUASSASALARGA BOZOR JAMGʻARMASI TOVARLARINI MAYDA ULGURJI SAVDO BOʻYIChA SOTIShNI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining isteʼmol tovarlari olib kelish va sotish masalalari boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish va ularning ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pul muomalasining holati ustidan nazoratni kuchaytirish va respublika aholisini xalq isteʼmoli mollari bilan taʼminlashni yaxshilash, bozordan tashqari boʻlgan isteʼmolchilarga bozor jamgʻarmasi tovarlarini sotishni tartibga solish va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki kassalariga naqd pul tushishini koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzbeksavdo” uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki bir oy muddat ichida korxonalarga, tashkilotlarga, muassasalarga, kolxozlarga va sovxozlarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri uchun yagona mayda ulgurji tartibda bozor jamgʻarmasi tovarlarini sotish qoidasini ishlab chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzbeksavdo” uyushmasi va Oʻzbekbirlashuv birgalikda 10 kun muddat ichida respublika uchun mayda ulgurji savdo boʻyicha sotilishi taqiqlangan oziq-ovqat tovarlarining roʻyxatini belgilasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbeksavdo” uyushmasi va Oʻzbekbirlashuv birgalikda umuman respublika boʻyicha mayda ulgurji savdo limitining har kvartal uchun hajmini belgilasinlar va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha ularni taqsimlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzbeksavdo” uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv, savdo tarmogʻiga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tarmoqlaridan bozor jamgʻarmasiga qarashli oziq-ovqat tovarlarini aholining tegishli toifalarini ovqatlantirishni tashkil etish uchun ijtimoiy-madaniy soha muassasalari va tashkilotlariga (bolalar, davolash, davolash-profilaktika muassasalari, dam olish uylari, keksalar internatlari, nogironlar uylari, oʻquv muassasalari va boshqalar) mayda ulgurji limitlarni cheklamagan holda sotsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chakana savdo tarmogʻidagi va umumiy ovqatlanish korxonalaridagi bozor jamgʻarmasiga qarashli oziq-ovqat tovarlarini boshqa muassasalar va tashkilotlarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ana shu tovarlarga boʻlgan ehtiyojini hisobga olgan holda, qabul qilingan qarorlar boʻyicha yuqorida koʻrsatilgan tartibda, ushbu tovarlarni sotib olishga moʻljallangan mablagʻlar va pullariga qarab sotsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chakana savdo tarmogʻidan bozor jamgʻarmasining nooziq-ovqat tovarlarini sotish “Oʻzbeksavdo” uyushmasi va Oʻzbekbirlashuv tomonidan belgilangan mayda ulgurji savdoning qatʼiy limiti boʻyicha amalga oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrnatilgan mayda ulgurji savdo limiti hisobiga nooziq-ovqat tovarlarini sotib olishda ijtimoiy-madaniy xizmat koʻrsatuvchi muassasalarga (bolalar uylari, davolash, sogʻlomlashtirish, oʻquv muassasalari va boshqalar) birinchi galda imkon yaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki, chakana savdo va umumiy ovqatlanish tarmoqlaridan bozor jamgʻarmasiga qarashli tovarlarning korxonalarga, tashkilotlarga va muassasalarga sotilish hajmi chakana tovar oborotiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki bir oy muddat ichida bank muassasalari tomonidan korxonalar, tashkilotlar va kolxozlarga mayda ulgurji tartibda bozor jamgʻarmasi tovarlarini sotish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat tartibini belgilasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Oʻzbeksavdo” uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv va savdo tarmogʻiga ega boʻlgan vazirliklar, idoralar va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki mayda ulgurji savdo boʻyicha korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, kolxoz va sovxozlarda bozor jamgʻarmasi tovarlaridan toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazorat oʻrnatsinlar, tartibni buzish hollariga barham bersinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1988-yil 25-martdagi 119-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu qarorning bajarilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari oʻrtoq A. N. Voznenko zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 8-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
314-son