30.03.2020 yildagi 188-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Andijon-farm” erkin iqtisodiy zonasi hududida farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi oʻrtasidagi strategik sheriklikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 4-oktabrdagi PQ-3958-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Andijon-farm” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5629-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, farmatsevtika tarmogʻini yanada rivojlantirish, toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan dorivor preparatlar va tibbiy ashyolar roʻyxatini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiya va tashqi savdo vazirligi hamda “Cadila Pharmaceuticals Ltd” (Hindiston Respublikasi) kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — xorijiy kompaniya) oʻrtasida 2019-yil 19-oktabrda imzolangan “Andijon-farm” erkin iqtisodiy zonasi hududida farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha investitsiya shartnomasi (keyingi oʻrinlarda — investitsiya shartnomasi) tuzilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) investitsiya shartnomasiga muvofiq xorijiy kompaniya quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga olganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020 — 2025-yillarda 50,0 mln. AQSh dollari miqdorida toʻgʻridan toʻgʻri, 2020-2021-yillarda loyihaning birinchi bosqichini amalga oshirish uchun kamida 10,0 mln. AQSh dollari mikdorida xorijiy investitsiyani jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
400 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro standartlarga javob beradigan va tarmoqdagi ilgʻor amaliyotga asoslangan farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish va sifatni boshqarish tizimini yoʻlga qoʻyish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi buyurtmasiga muvofiq investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xorijiy kompaniya buyurtmasiga muvofiq investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga belgilangan tartibda koʻp marotabali vizalarning berilishi va muddatining uzaytirilishini hamda Oʻzbekiston Respublikasida yashash manzili boʻyicha vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish va muddatining uzaytirilishini taʼminlasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi belgilangan tartibda xorijiy kompaniya buyurtmasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy ishchi kuchini jalb etishga (muddatini uzaytirishga) ruxsatnoma berilishini hamda xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini olib borish xuquqini tasdiqlovchi hujjat berilishi (muddati uzaytirilishi) ni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi xorijiy kompaniya tomonidan ishlab chiqariladigan 30 nomdagi dorivor vositalar va tibbiy ahamiyatga ega mahsulotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlar taqdim etilgandan soʻng roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma uchun belgilangan yigʻim undirilmagan holda qisqa muddatlarda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov va Andijon viloyati hokimi Sh.Q. Abduraxmonov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 30-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
188-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2020-y., 09/20/188/0382-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)