Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda xizmat yengil avtomobillaridan foydalanishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 26-maydagi 153-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli “Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taʼminlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son hamda “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar hamda toʻgʻrisida” 2019-yil 4-sentabrdagi PQ-4436-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda xizmat yengil avtomobillaridan foydalanishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 26-maydagi 153-son qarorining rus tilidagi matni 1-ilovasining 14-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
14. |
Komitet po delam religiy |
3 |
6 |
5 |
1 |
— |
— |
— |
|
|
Sentralniy apparat |
3 |
6 |
5 |
1 |
— |
— |
— |
”. |
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi A.T. Axmedov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Mahalla, oila va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, madaniyat, maʼnaviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 23-mart,
177-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2020-y., 09/20/177/0349-son)