16.03.2020 yildagi PQ-4640-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Noshirlik va matbaa sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada matbaa va noshirlik sohasini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, bosma mahsulotlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, matbaa va noshirlik sohasida hozirgi kundagi ishlar ahvoli matbaa va noshirlik tashkilotlari o‘rtasida raqobat muhitini kuchaytirishni, mualliflik huquqi buzilishining oldini olish, sifatsiz mahsulotlar ishlab chiqarilishini cheklash, darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni chop etish tartibini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Noshirlik va matbaa sohasida davlat aralashuvini keskin kamaytirish, nashriyot va matbaa sohasida qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, shuningdek, ta’lim muassasalari uchun sifatli darsliklar va o‘quv-metodik majmualar yetkazilishini ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik):
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 1-oktabrdan boshlab respublika budjeti mablag‘lari hisobidan ta’lim muassasalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni nashr etishda (qayta nashr etishda) narxlarni davlat tomonidan tartibga solishni (rentabellikning cheklangan darajasini belgilash) bekor qilish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 1-iyuldan boshlab noshirlik faoliyatini litsenziyalash hamda matbaa faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish tartiblarini bekor qilib, noshirlik va matbaa faoliyatini boshlaganligi haqida vakolatli davlat organini xabardor etish tizimini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-yanvardan boshlab noshirlik va matbaa korxonalarining bosma mahsulotlarini realizatsiya qilishdan, shuningdek, bosma mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq tahrir, matbaa va noshirlik xizmatlari ko‘rsatishdan tushgan tushumdan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondiga ajratmalarni bekor qilish haqidagi takliflari ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noshirlik va matbaa korxonalari, shu jumladan davlat buyurtmasini bajaruvchi korxonalar narxni shakllantirish siyosatini bozor mexanizmlari asosida erkin shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 1-sentabrdan boshlab davlat buyurtmasi asosida bosma mahsulotlar, shu jumladan, darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni nashrga tayyorlash va chop etish, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari ham qatnashishi mumkin bo‘lgan, davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda mazkur tartib korporativ buyurtmachilar uchun ham majburiy hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlari tomonidan noshirlik va matbaa faoliyatini yuritishni boshlaganligi haqida vakolatli davlat organini xabardor etish avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Agentlik va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyi”, “G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi” va “O‘qituvchi matbaa uyi” davlat korxonalarini o‘rnatilgan tartibda xususiylashtirish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ko‘zi ojizlar bosmaxonasi” davlat korxonasini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga samarali foydalanish uchun o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘qituvchi ilmiy-metodik nashriyot markazi” davlat korxonasi va Agentlik hududiy bo‘linmalari tizimidagi (Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tashqari) nashriyotlar faoliyatini tugatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tizimida “O‘zbekiston nashriyoti” davlat korxonasini tashkil etish, unga “Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi” va “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti” davlat korxonalarini qo‘shib olish hamda “O‘zbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyi” davlat korxonasining noshirlik bazasini, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan mutlaq huquqlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasi (A.N. Aripov) ikki hafta muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan davlat korxonalarini baholash, qayta tashkil etish, savdoga qo‘yish va tugatish grafiklarini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bir oy muddatda “O‘zbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyi”, “G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi”, “O‘qituvchi matbaa uyi” va “Ko‘zi ojizlar bosmaxonasi” davlat korxonalarini belgilangan tartibda qabul qilib olsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xalqaro audit va konsalting tashkilotlarini jalb qilgan holda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi nashriyot-matbaa korxonalarini xususiylashtirishga tayyorlash va ularning jozibadorligini oshirish bo‘yicha har bir tadbirni aniq amalga oshirish muddati va mas’ul shaxslar ko‘rsatilgan chora-tadbirlar rejalarini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda sotilmagan hamda tugatilgan nashriyot-matbaa korxonalarining mol-mulkidan samarali foydalanish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning tugatilayotgan nashriyot tashkilotlariga tegishli mutlaq mualliflik huquqlari (darsliklar va o‘quv-metodik majmualarga nisbatan huquqlar bundan mustasno) yangi tashkil etilayotgan “O‘zbekiston nashriyoti” davlat korxonasiga o‘tkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning nashriyot tashkilotlarining darsliklar va o‘quv-metodik majmualarga nisbatan mavjud mutlaq mualliflik (noshirlik) huquqlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga beg‘araz o‘tkaziladi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim muassasalari uchun matbaa mahsulotlari texnik reglament talablariga muvofiqligi tasdiqlanishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining barcha sinflari uchun darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning foydalanish (yangi va qayta nashr etish davriyligi) muddatlarini belgilash, shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari barcha sinflari uchun darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni qo‘shimcha chop etish yuzasidan qaror qabul qilish huquqi berilsin. Bunda, darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning mazmuni asossiz o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning barcha sinflari uchun darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning foydalanish (yangi va qayta nashr etish davriyligi) muddatlarini belgilash huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat budjeti parametrlari shakllantirilishida 2026-yildan boshlab alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning darslik (bundan umumta’lim o‘quv dasturi darsliklari mustasno) va o‘quv qo‘llanmalarini yaratish va chop etish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga ajratilishini ko‘zda tutsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-206-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.11.2025-y., 06/25/206/1017-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) faoliyatini qayta ko‘rib chiqib, tubdan takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni yaratish bo‘yicha muallif va tuzuvchilarni tanlash, yaratilgan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni ekspertiza qilish, sinovdan o‘tkazish, ularni ta’lim tizimida qo‘llash bo‘yicha ilmiy xulosa berish vazifalarini yuklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim sohasidagi darsliklar va o‘quv-metodik majmualar tayyorlash, nashr etish va tarqatish tizimini takomillashtirish, shu jumladan ularda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishining oldini olish, davlat buyurtmasiga asosan tayyorlanadigan darsliklar va o‘quv-metodik majmualardan foydalanishga bo‘lgan mutlaq huquqlarni Xalq ta’limi vazirligiga o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni yaratish bilan bog‘liq ilmiy-texnikaviy loyihalarni amalga oshirishga jalb etiladigan ilmiy xodimlarni bajaradigan ilmiy-texnikaviy ishlar hajmidan kelib chiqqan holda muayyan muddatga shartnoma asosida ishga qabul qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrga qadar O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondini yanada rivojlantirish va uni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Agentlik, Moliya vazirligi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ijodiy ko‘rik-tanlovlarni tashkil etish, iqtidorli yosh mualliflarning birinchi kitoblarini nashr etish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (B. Xodjayev) bir oy muddatda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “O‘zstandart” agentligi va “O‘zkimyosanoat” AJ bilan birgalikda ishlab chiqarilayotgan matbaa mahsulotlarining tannarxini kamaytirish maqsadida import qilinayotgan xom ashyolarni (qog‘oz, karton, bo‘yoq va yelim) ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni nashr etish va qayta nashr etishga tender (tanlov) savdolarini o‘tkazishda raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Agentlik va uning hududiy boshqarmalariga axborot, noshirlik va matbaa sohasida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish vakolati yuklatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda oliy ta’lim muassasalarida noshirlik faoliyati sohasidagi ta’lim yo‘nalishlarini takomillashtirish choralarini ko‘rsin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi ikki oy muddatda xorijiy davlatlar ta’lim tizimida foydalanilayotgan STEAM fanlari (Science — tabiiy fanlar, Technology — texnologiyalar, Engineering — texnik ijodkorlik, Art — san’at, Mathematics — matematika) bo‘yicha zamonaviy darsliklarni respublika umumiy ta’lim muassasalarida tatbiq etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Agentlik ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi bilan birgalikda noshirlik va matbaa faoliyatini boshlaganligi haqida vakolatli davlat organini xabardor etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nashriyot va matbaa sohasidagi qonun hujjatlari va normativ-texnik hujjatlar talablarini qayta ko‘rib chiqsin hamda zamon talablariga javob bermaydigan norma va normativlar, jumladan ijodiy ishlarni nashrga tayyorlash va chop etish uchun Yozuvchilar uyushmasining xulosasini olish amaliyotini bekor qilish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi bilan birgalikda noshirlik va matbaa sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zstandart” agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda ta’lim muassasalari uchun poligrafiya mahsulotlarining xavfsizligi haqida umumiy texnik reglamentni xalqaro talablarga muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 16-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4640-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2020-y., 07/20/4640/0325-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son; 05.11.2025-y., 06/25/206/1017-son)