11.03.2020 yildagi 139-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, xalqimizning ko‘p asrlik madaniy, ilmiy-ma’rifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli bo‘lgan o‘zbek tilini targ‘ib qilish hamda o‘zbek tilshunosligi sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan qo‘shimcha 5 ta shtat birligidan iborat Sotsiolingvistika bo‘limini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Institutning sotsiolingvistika sohasidagi qo‘shimcha vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zbek tilining rivojlanishi bilan bog‘liq fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish va kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish borasidagi ilmiy izlanishlarni kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zbek tilining yozma matni me’yor va qoidalarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zbek tilining izohli lug‘atlari, davlat tilida ish yuritish bo‘yicha qo‘llanma va adabiyotlar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tilini rivojlantirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining 2020 — 2022-yillarda o‘zbek tili va adabiyotiga doir fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining yangidan tashkil etilgan ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 18-maydagi 292-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-yil, 20-son, 371-modda) 9-ilovaning matni 2-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda respublika bo‘ylab dialektologik va folklor ekspeditsiyalarini tashkil etish rejasini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning yangi tahrirdagi ustavi va Sotsiolingvistika bo‘limi xodimlarining funksional majburiyatlarini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning shtat birligiga yangidan kiritilgan lavozimlarni yuqori malakali ilmiy kadrlar va istiqbolli yosh mutaxassislar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Manfaatdor vazirlik va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidenti B.S. Yo‘ldoshev zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentiga yuklansin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 11-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
139-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi 139-son qaroriga

1-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining 2020 — 2022-yillarda o‘zbek tili va adabiyotiga doir fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ChORA-TADBIRLARI REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish
manbai

Ijro uchun
mas’ullar

1.

O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining tadqiqot mavzularini qayta ko‘rib chiqish.

1. O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining tadqiqot mavzularini, ularning zamonaviy talablarga, jahon ilmiy yutuqlariga muvofiqligini tanqidiy tahlil qilish.

2020-yil
mart

Fanlar akademiyasi

2. O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining tadqiqot mavzularini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash.

2020-yil mart

2.

“Xalqaro terminelementlarning izohli-ko‘rgazmali lug‘ati”ni nashrga tayyorlash va chop etish.

1. Xalqaro terminelementlarning izohli-ko‘rgazmali lug‘atini nashrga tayyorlash bo‘yicha ishchi guruh tuzish.

2020-yil mart

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Fanlar akademiyasi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

2. Xalqaro terminelementlar lug‘atini yaratish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.

2020-yil aprel

3. Xalqaro terminelementlarning izohli-ko‘rgazmali lug‘atini nashrga tayyorlash.

2020-yil iyul

4. Nashrga tayyorlangan lug‘atni 5 000 nusxada chop etish.

2020-yil sentyabr

3.

Kirill va lotin yozuvlaridagi takomillashtirilgan “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qo‘llanmasini nashrga tayyorlash va chop etish.

1. Institutning ilmiy xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2020-yil
fevral

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Fanlar akademiyasi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

2. “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qo‘llanmasini takomillashtirgan holda nashrga tayyorlash.

2020-yil
avgust

3. “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qo‘llanmasini 15 000 nusxada chop etish.

2020-yil
dekabr

4.

“Ijtimoiy-siyosiy terminlarning izohli lug‘ati”ni nashrga tayyorlash va chop etish.

1. Institut tilshunos olimlaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2020-yil mart

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Fanlar akademiyasi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

2. Keng qo‘llanadigan so‘zlarning o‘zbek tilidagi izohli lug‘atini yaratish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish.

2020-yil
aprel

3. “Ijtimoiy-siyosiy terminlarning izohli lug‘ati”ni nashrga tayyorlash.

2020-yil oktyabr

4. “Ijtimoiy-siyosiy terminlarning izohli lug‘ati”ni 5 000 nusxada chop etish.

2020-yil dekabr

5.

Turli fan sohalariga oid terminlarning tarjima lug‘atlarini yaratish.

1. Institut tilshunos olimlari va turdosh oliy ta’lim muassasalarining tilshunos olimlaridan iborat ishchi guruh tashkil etish.

2020-yil aprel

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Fanlar akademiyasi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

2. Fan sohalari bo‘yicha terminlarning tarjima lug‘atlarini yaratish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish.

2020-yil iyun

3. Turli fan sohalariga oid terminlarning tarjima lug‘atlarini nashrga tayyorlash.

2021-yil

oktyabr

4. Nashrga tayyorlangan lug‘atlarning har birini 5 000 nusxada chop etish.

2022-yil

mart

6.

Uch jildli “Alisher Navoiy hayoti va ijodining mukammal ensiklopediyasi”ni yaratish va nashr etish.

1. Ensiklopediyani yaratish va nashr etish uchun mas’ul ishchi guruhni tuzish.

2020-yil may

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Fanlar akademiyasi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Innovatsion rivojlanish
vazirligi

2. Ensiklopediyani yaratish qoida va prinsiplarini ishlab chiqish.

2020-yil iyun

3. Jildlar bo‘yicha maqolalar ro‘yxatini tuzish.

2020-yil
sentyabr

4. Ensiklopediyaga kiradigan maqolalarni yozish uchun mualliflar jamoasini shakllantirish.

2020-yil oktyabr

5. Chet ellardagi navoiyshunoslar maqolalari chop etilishini tashkil qilish.

2020-yil dekabr

6. Tayyor maqolalarni tahrir qiladigan mualliflar jamoasini shakllantirish.

2021-yil yanvar

7. Turli sohalar mutaxassislari bilan ensiklopediyaga tegishli maqolalarni yozish bo‘yicha aloqa o‘rnatish.

2021-yil iyun

8. Ensiklopediyani bosqichma-bosqich nashrga tayyorlash va chop etish rejasini ishlab chiqish.

2021-yil sentyabr

9. Tayyor jildlarni chop etish uchun belgilangan nashriyot bilan shartnoma imzolash.

2022-yil

iyul

10. “Alisher Navoiy hayoti va ijodining mukammal ensiklopediyasi” ning har bir jildini 5 000 nusxada (jami 15 000) chop etish.

2022-yil

dekabr

7.

“O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati”ni yaratish
va nashr etish.

1. Institutning tilshunos olimlaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2020-yil aprel

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Fanlar akademiyasi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

2. Lug‘atni yaratish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish.

2021-yil may

3. “O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati”ni nashrga tayyorlash.

2021-yil sentyabr

4. “O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati”ni 5 000 nusxada chop etish.

2021-yil dekabr

8.

“O‘zbek tili frazeologizmlarining katta izohli lug‘ati”ni yaratish va nashr etish.

1. Institut tilshunos olimlaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2021-yil yanvar

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Fanlar akademiyasi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

2. Lug‘atni yaratish qoida va prinsiplarini ishlab chiqish.

2021-yil

dekabr

3. “O‘zbek tili frazeologizmlarining katta izohli lug‘ati”ni nashrga tayyorlash.

2022-yil
aprel

4. “O‘zbek tili frazeologizmlarining katta izohli lug‘ati”ni 5 000 nusxada chop etish.

2022-yil

dekabr

9.

Besh jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning to‘ldirilgan, kengaytirilgan yangi nashrini tuzish, lug‘atning lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek yozuvidagi nashrini tayyorlash va chop etish.

1. Institut tilshunos olimlaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2020-yil aprel

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Fanlar akademiyasi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar

agentligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

2. Besh jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning to‘ldirilgan, kengaytirilgan yangi nashrini tuzish va lug‘atning lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek yozuvidagi nashrini tayyorlash.

2021-yil

yanvar

3. Besh jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning to‘ldirilgan, kengaytirilgan yangi nashrini lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek yozuvida har bir jildini 5 000 nusxa (jami 25 000 nusxa)da chop etish.

2022-yil

dekabr

10.

O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining eng sara namunalaridan iborat bo‘lgan “O‘zbek adabiyoti xazinasidan” deb nomlangan kitoblar turkumini nashrga tayyorlash va chop etish.

1. Turkum uchun mas’ul ishchi guruh tuzish.

2020-yil iyun

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Fanlar akademiyasi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

2. Turkumni tayyorlash va nashr etish prinsiplarini ishlab chiqish.

2021-yil

yanvar

3. Turkumga kiruvchi asarlar ro‘yxatini tuzish.

2021-yil

mart

4. Turkumni nashrga tayyorlaydigan mualliflar jamoasini shakllantirish.

2021-yil

may

5. Turkumni bosqichma-bosqich nashrga tayyorlash va chop etish rejasini ishlab chiqish.

2021-yil

iyun

6. Tayor jildlarni chop etish uchun belgilangan nashryot bilan shartnoma imzolash

2022-yil yanvar

7. O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining eng sara namunalaridan iborat bo‘lgan “O‘zbek adabiyoti xazinasidan” deb nomlangan kitoblar turkumini chop etish.

2022-yil dekabr

11.

O‘zbek tili boyligi hisoblangan xalq shevalari va folklori materiallarini to‘plash maqsadida respublika hududi bo‘ylab ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etish.

Ekspeditsiya davomida to‘plangan xalq shevalari asosida “O‘zbek xalq shevalari” nomli to‘plamini nashrga tayyorlash.

1. Folklor va dialektologiya ekspeditsiyalarining ilmiy konsepsiyasi, rejasi va mashrutini ishlab chiqish.

2021-yil
yanvar

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Fanlar akademiyasi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar

agentligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

2. Ekspeditsiya ishida ishtirok etuvchi tajribali mutaxassislardan iborat ishchi guruhlar tarkibini shakllantirish.

2021-yil may

3. Ekspeditsiya davomida xalq og‘zaki ijodi va shevalarga oid materiallarni yozib olish.

2021-yil dekabr

4. Dialektologik ekspeditsiya natijasida to‘plangan lingvistik manbalar asosida “O‘zbek xalq shevalari” nomli to‘plamni nashrga tayyorlab, chop etish.

2022-yil may

5. Folklor ekspeditsiyasi davomida yozib olingan xalq og‘zaki badiiy ijodiga oid materiallarni “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildligiga kiritish.

2021-yil dekabr

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi 139-son qaroriga

2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Xodimlarning cheklangan umumiy soni bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlari hajmiga qarab 60 nafargachani, shu jumladan ilmiy xodimlar 51 nafargachani tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar bo‘yicha belgilanadi.
(izohning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish uchun mutaxassislar va olimlar shartnoma asosida qo‘shimcha jalb etilishi mumkin”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2020-y., 09/20/139/0283-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)