Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Mahalla tizimi xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 25-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 28-fevralda maʼqullangan
1-modda. 22-mart Mahalla tizimi xodimlari kuni etib belgilansin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 2-mart,
OʻRQ-606-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2020-y., 03/20/606/0239-son)