O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
“Mikrokredit tashkilotlarining kredit siyosatiga nisbatan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 27-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2230-1]
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, hamda “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/5-sonli “Mikrokredit tashkilotlarining kredit siyosatiga nisbatan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2230, 2011-yil 25-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 20-21-son, 217-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2020-yil 25-yanvar,
2/9-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2020-y., 10/20/2230-1/0219-son)