Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
1. 2019-yil 14-iyun kuni Bishkek shahrida Shanxay xamkorlik tashkilotiga azo davlatlar rahbarlarining kengashi yigʻilishida imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar hukumatlari oʻrtasida ommaviy axborot vositalari sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yuqorida koʻrsatilgan xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan masʼul vakolatli organ etib belgilansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi xamda uni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ haqidagi tegishli bildirishnomani depozitariyga yuborsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 26-fevral,
PQ-4619-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2020-y., 07/20/4619/0212-son)