Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
qarori
“GlobUzCard” banklararo universal chakana toʻlov tizimi faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 5-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2884-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi hamda “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2017-yil 8-apreldagi 7-A/4-sonli “GlobUzCard” banklararo universal chakana toʻlov tizimi faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2884, 2017-yil 15-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-yil, 20-son, 377-modda)
oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2020-yil 25-yanvar,
2/7-son
Kelishilgan:
Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi bosh direktori B. HAMIDOV
2020-yil 24-yanvar
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2020-y., 10/20/2884-1/0133-son)