Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.04.2021 24.12.2019 yildagi 26-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.04.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi PLENUMIning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QarorI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Appelatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlari tomonidan iqtisodiy protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 16-sonli Sudlar tomonidan iqtisodiy ishlarni apellatsiya tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) amalga kiritilganligi va sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan, shuningdek, ishlarni apellatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarida koʻrishda IPK normalarini toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorlari va ajrimlarini apellatsiya hamda kassatsiya instansiyasi sudlarida qayta koʻrish ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim kafolati boʻlib, birinchi instansiya sudining xatolarini bartaraf etish imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. IPK 259-moddasiga muvofiq, ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati, prokuror esa, apellatsiya protesti berishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aynan shu shaxslar qonuniy kuchga kirgan, apellatsiya tartibida koʻrilmagan hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati, prokuror esa, kassatsiya protesti berishga haqlidir (IPK 282-moddasining birinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy sudlarga (bundan buyon matnda sudlar deb yuritiladi) tushuntirilsinki, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilingan shaxsning (shu jumladan, jismoniy shaxsning) apellatsiya, kassatsiya shikoyatini koʻrishda, bunday shaxs IPK 42-moddasida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori ustidan nafaqat toʻliq, balki uning bir qismiga nisbatan ham berilishi mumkin. Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismi ham, xulosa qismi ham shikoyat (protest) berishning mustaqil predmeti boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPK 259-moddasining birinchi qismi va 282-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar IPK 189-moddasiga muvofiq, qabul qilingan qoʻshimcha hal qiluv qaroriga ham apellatsiya yoki kassatsiya shikoyati (protesti) berishga haqlidir. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, qoʻshimcha hal qiluv qarori ustidan apellatsiya (kassatsiya) shikoyati (protesti) berish muddati asosiy hal qiluv qarori qabul qilingan (qonuniy kuchga kirgan) kundan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sudlar shuni inobatga olishi lozimki, garchi shikoyatni (protestni) qabul qilishni rad etish yoki qaytarish uchun asoslar mavjud boʻlsa-da, hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda uni apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi instansiya sudi tomonidan shikoyatni (protestni) qabul qilishni rad etish yoki qaytarish toʻgʻrisidagi masalani hal etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi instansiya sudiga shikoyatga aloqador qoʻshimcha hujjatlar yoki boshqa shaxslar tomonidan yangi shikoyat berilgan taqdirda, ular ham apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar apellatsiya yoki kassatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarorini tushuntirish, hal qiluv qarorida yoʻl qoʻyilgan xatolarni, harfiy xatolarni va hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish, sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uni boʻlib-boʻlib ijro etish, uni ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi arizalar boʻyicha sud majlisi tayinlangandan keyin kelib tushsa, birinchi instansiya sudi bunday ariza boʻyicha ish yuritishni IPK 101-moddasining 1-bandiga mos holda toʻxtatib qoʻyadi, ishni esa shikoyat (protest) bilan birga apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Umumiy qoidaga koʻra, hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) u birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy ichida berilishi mumkin. Shu bilan birga shuni inobatga olish lozimki, sudning soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi, huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) u qabul qilinganidan keyin oʻn kun ichida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyati (protesti) har qanday ish boʻyicha sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin bir oy ichida berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarga tushuntirilsinki, apellatsiya tartibida shikoyat qilish (protest berish) muddatini hisoblash hal qiluv qarori qabul qilingan sanadan keyingi kundan, kassatsiya tartibida shikoyat qilish (protest berish) muddati esa, hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan sanadan keyingi kundan boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. IPK 262-moddasining uchinchi qismi va 285-moddasining ikkinchi qismiga koʻra, apellatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati oʻtkazib yuborilgan taqdirda, u shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasiga koʻra, tegishli ravishda apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan tiklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iltimosnomada shikoyatni (protestni) bergan shaxs havola etayotgan muddatning oʻtkazib yuborilishi sabablari koʻrsatilishi va asoslantirilishi lozim. Iltimosnoma shikoyat (protest) matnida yoki alohida arizada bayon etilishi mumkin va shikoyat (protest) bilan bir vaqtda berilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar shuni inobatga olishi lozimki, agar oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi iltimosnoma shikoyat (protest) qaytarilgunga qadar berilgan boʻlsa, u shikoyat (protest) bilan birga berilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarga tushuntirilsinki, IPK 262-moddasining uchinchi qismi va 285-moddasining ikkinchi qismida apellatsiya, kassatsiya shikoyati berish muddatini tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma berish uchun belgilangan ikki oylik hamda olti oylik muddat qatʼiy hisoblanadi va ushbu muddat oʻtkazib yuborilganidan keyin berilgan bunday muddatni tiklash haqidagi iltimosnoma rad etilishi, muddati oʻtkazib berilgan apellatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilish esa, IPK 268-moddasi birinchi qismining 4-bandi va 291-moddasi birinchi qismining 4-bandiga asosan rad etilishi lozim. Apellatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmagan taqdirda ham bunday shikoyatni (protestni) qabul qilish shu asoslar bilan rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) qonunda belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilgan va u xatoga yoʻl qoʻyilib ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, apellatsiya, kassatsiya shikoyati boʻyicha ish yuritish IPK 273-moddasi birinchi qismining 1-bandi hamda 296-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Apellatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddatini tiklash haqidagi iltimosnoma ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmasdan, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. Muddat oʻtkazib yuborilganligining uzrli sabablari sifatida sudga bunday shikoyat (protest) bilan oʻz vaqtida murojaat qilishga obyektiv ravishda toʻsqinlik qilgan holatlar hisoblanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berishning oʻtkazib yuborilgan muddati tiklanishi sabablari haqida shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Apellatsiya, kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni, tegishlicha, IPK 263 va 286-moddalari talablariga mos boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya, kassatsiya shikoyati uni berayotgan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan shikoyatga uning sud hujjati ustidan shikoyat qilish vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma yoxud boshqa hujjat ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar shikoyatni qabul qilishda sudyada uni imzolagan shaxsda taʼsis hujjatlariga muvofiq shikoyatni imzolash huquqi borligi borasida shubha tugʻilsa, sudya apellatsiya, kassatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qiladi va arizachiga uning shikoyatni imzolashga vakolatini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etishni taklif qiladi. Shikoyatni imzolash vakolatini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmaganda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi shikoyatni IPK 272-moddasining birinchi qismi, 295-moddasining birinchi qismiga asosan koʻrmasdan qoldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sudlar shuni inobatga olishi lozimki, apellatsiya, kassatsiya shikoyatiga davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari ilova qilinishi kerak, toʻlov elektron tarzda amalga oshirilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyatga (protestga) ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) va unga ilova qilingan, ularda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligi yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat ham ilova qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etilgan talablarga rioya etmaslik, shikoyatni (protestni) IPK 269-moddasi birinchi qismining 2 va 3-bandlariga, 292-moddasi birinchi qismining 3 va 4-bandlariga asosan qaytarish uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sudlar shuni eʼtiborga olishi kerakki, IPK 269-moddasining birinchi qismi va 292-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan apellatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslarining roʻyxati tugal boʻlib, uni kengaytirilgan tarzda talqin qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sudlar daʼvo arizasini qabul qilishni rad etish yoki uni qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan berilgan shikoyatga (protestga) qaytarilgan daʼvo arizasi va unga ilova qilingan hujjatlar, apellatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish yoki uni qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan berilgan kassatsiya shikoyatiga (protestiga) esa, qaytarilgan apellatsiya shikoyati (protesti) va unga ilova qilingan hujjatlar ilova qilinishi kerakligiga eʼtibor qaratishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu talablarga rioya qilmaslik shikoyatni (protestni) qaytarish uchun asos boʻlmaydi. Bunday holda sudya shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qiladi va arizachiga koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etishni taklif qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Apellatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish, qaytarish toʻgʻrisidagi masala shikoyat (protest) ish bilan birga sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay sudya tomonidan yakka tartibda hal qilinadi (IPK 266-moddasining birinchi qismi, 289-moddasining birinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish yoki qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqarilganda, ajrimning koʻchirma nusxasi shikoyat (protest) va ilova qilingan hujjatlar bilan birga shikoyatni (protestni) bergan shaxsga yuboriladi. Shikoyatning (protestning) koʻchirma nusxasi ishga qoʻshib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. IPKda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya qilingan holda berilgan shikoyat (protest) apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining ish yurituviga qabul qilinadi. Shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda shikoyatni (protestni) koʻrish boʻyicha sud majlisini oʻtkazish vaqti va joyi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, protestni bergan prokurorga, shuningdek, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan, shikoyat bergan shaxsga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinganidan keyingi barcha sud hujjatlari hayʼatda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Sudlarga tushuntirilsinki, IPK 50-moddasining birinchi qismiga muvofiq, davlat organlari va boshqa shaxslar (masalan, Savdo-sanoat palatasi, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari va sh.k.) faqat daʼvo ular tomonidan berilgan holdagina sud hujjati ustidan apellatsiya, kassatsiya tartibida shikoyat berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ular tomonidan bunday shikoyat berilgan boshqa hollarda, uni qabul qilish IPK 268-moddasi birinchi qismining 1-bandi, 291-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Shikoyat (protest) qonun hujjatlariga muvofiq apellatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest berilishi) mumkin boʻlmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa, shikoyatni (protestni) qabul qilish IPK 268-moddasi birinchi qismining 2-bandi, 291-moddasi birinchi qismining 2-bandiga asosan rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPKga koʻra, sudya, prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibi, tarjimonni rad qilish va oʻzini oʻzi rad qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrish natijalari (IPK 23-moddasi); ishni boshqa iqtisodiy sudga tegishliligi boʻyicha oʻtkazish (IPK 39-moddasi); ishga daxldor boʻlmagan javobgarni almashtirish (IPK 45-moddasi); ishda ishtirok etishga uchinchi shaxslarni jalb qilish (IPK 47, 48-moddalari); mutaxassisni sud majlisida ishtirok etish uchun jalb qilish (IPK 57-moddasi); dalillarni talab qilib olish va ularni turgan joyida koʻzdan kechirish (IPK 69, 70-moddalari); ashyoviy dalillarni qaytarish (IPK 79-moddasi); ekspertiza tayinlash yoki ekspertiza tayinlash haqidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish (IPK 80-moddasi); sud topshirigʻi (IPK 91-moddasi); sud topshirigʻining ijrosi (IPK 92-moddasi); ish yuritishni tiklash (IPK 106-moddasi); protsessual muddatlarni tiklash (IPK 123-moddasi); protsessual muddatni uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish (IPK 124-modda); kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish (IPK 134-moddasi); sud buyrugʻini bekor qilish (IPK 147-moddasi); daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish (IPK 153-moddasi); daʼvoning asosini yoki predmetini oʻzgartirishni, daʼvo talablari miqdorini koʻpaytirishni yoki kamaytirishni, daʼvogarning daʼvodan toʻliq yoki qisman voz kechishini qabul qilish haqida yoxud qabul qilishni rad etish (IPK 157-moddasi); ishlarni birlashtirish (IPK 158-moddasi); talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratish (IPK 159-moddasi); qarshi daʼvoni qabul qilish (IPK 161-moddasi); ishni sud muhokamasiga tayyorlash (IPK 162-moddasi); ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomalarini hal etish (IPK 169-moddasi); sud muhokamasini keyinga qoldirish (IPK 171-moddasi); qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilishni rad etish (IPK 189-moddasi); qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani ish yuritishga qabul qilish (IPK 330-moddasi) haqidagi ajrimlar, shuningdek, sud buyrugʻi (IPK 143-moddasi) va ijro varaqasi (IPK 336-moddasi) ustidan apellatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat (protest) qilinmasligi inobatga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Shikoyat (protest) berishning oʻtkazib yuborilgan muddati tiklanishi rad etilganligi sababli (IPK 268-moddasi birinchi qismining 4-bandi, 291-moddasi birinchi qismining 4-bandi) uni qabul qilishni rad etish haqidagi ajrimda oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash nima sababdan rad etilganligi asoslantirib berilishi, ajrimning xulosa qismida esa, oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash rad etilganligi koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyatni ish yuritishga qabul qilishni rad etish haqidagi ajrimda, shuningdek, shikoyatni berishda toʻlangan davlat bojining qaytarilishi va bu toʻgʻrisida maʼlumotnoma berilishi koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Sudlarga tushuntirilsinki, shikoyatda uni imzolagan shaxsning familiyasi toʻliq, ismi yoki ismi va otasining ismining bosh harflari koʻrsatilgan boʻlsa, shikoyatni IPK 269-moddasi birinchi qismining 1-bandiga hamda 292-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan qaytarish, agar shikoyat ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, uni IPK 272-moddasining birinchi qismi hamda 295-moddasining birinchi qismiga asosan koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanishi mumkin. Shikoyatdagi (protestdagi) elektron raqamli imzo ayni bir vaqtning oʻzida qoʻlda qoʻyilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda sudlarning eʼtibori elektron raqamli imzoning haqiqiyligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining axborot tizimida tasdiqlanishiga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining axborot tizimida elektron raqamli imzoning haqiqiyligi tasdiqlanmaganligi shikoyatni (protestni) imzolanmagan deb baholash uchun asos boʻlishiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. IPK talablariga koʻra, agar shikoyat (protest) hal qiluv qarorini qabul qilgan sudni chetlab oʻtgan holda yuborilgan boʻlsa, shikoyat (protest) apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qaytariladi. Sudlar shuni inobatga olishi lozimki, agar shikoyat (protest) qayd etilgan asos bilan qaytarilsa, sud ajrimida shikoyat (protest) hal qiluv qarorini qabul qilgan sud orqali berilishi lozimligi koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Sudlar shuni inobatga olishi lozimki, agar shikoyatni (protestni) qaytarish uchun bir nechta asoslar mavjud boʻlsa, sud ajrimida ushbu asoslarning har biri koʻrsatib oʻtilishi va ular bartaraf etilgach, shikoyatni (protestni) bergan shaxs apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli ekanligi koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Sudlarga tushuntirilsinki, apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr IPK 270-moddasining birinchi qismi va 293-moddasining birinchi qismida belgilangan muddat oʻtganidan keyin, ammo shikoyat (protest) boʻyicha yakuniy qaror qabul qilingunga qadar berilgan boʻlsa, ushbu yozma fikr qabul qilinishi va unga tegishli baho berilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Apellatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlari hal qiluv qarorining ijrosini toʻxtatib turish haqida IPK 271-moddasining birinchi qismi va 294-moddasining birinchi qismiga muvofiq, berilgan iltimosnomani muhokama qilishda ish holatlarini va iltimosnomada keltirilgan vajlarni oʻrganishi lozim. Agar sud arizachining vajlarini asosliligi haqida xulosaga kelsa, u bunday iltimosnomani qanoatlantirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hujjatining ijrosi apellatsiya, kassatsiya instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turilishi mumkin. Bunday holda sudlar shuni inobatga olishi lozimki, shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish natijasida hal qiluv qarori kuchida qoldirilgan boʻlsa, uning ijrosini davom ettirish (tiklash) yuzasidan alohida hujjat qabul qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Apellatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarida IPK 101 va 102-moddalarida nazarda tutilgan ish yuritishni toʻxtatib turish haqidagi qoidalar qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda sudlar shuni eʼtiborga olishi lozimki, IPK 101-moddasida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlganida sud ish yuritishni toʻxtatib turishga majbur. IPK 102-moddasida qayd etilgan asoslar mavjud boʻlganida esa, ish yuritishni toʻxtatib turish masalasi sud tomonidan ishning muayyan holatlaridan kelib chiqib hal etiladi. IPK 101-moddasi birinchi qismining 1-bandida belgilangan normani qoʻllashda shuni nazarda tutish kerakki, sud ish yuritishni ushbu ishni konstitutsiyaviy, fuqarolik, iqtisodiy, jinoyat yoki maʼmuriy sud ishlarini yuritish tartibida koʻrilayotgan boshqa ish yoki masala boʻyicha qarop qabul qilingunga qadar koʻrish mumkin boʻlmagan holda toʻxtatib turishga majbur. Koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlsa-da, ular ishni koʻrishga toʻsqinlik qilmasa, ish boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turish mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Shikoyatdan (protestdan) voz kechilganda apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritish tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Protest chaqirib olinganligi munosabati bilan u boʻyicha ish yuritish tugatilganligi ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarni qonunda belgilangan muddatlarda apellatsiya, kassatsiya shikoyati berish huquqidan mahrum qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Sudlar shuni eʼtiborga olishi lozimki, agar ishda taraf boʻlgan yuridik shaxs apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan sud hujjati qabul qilinguniga qadar tugatilgan boʻlsa, shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritish IPK 273-moddasi birinchi qismining 6-bandi va 296-moddasi birinchi qismining 6-bandiga asosan tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ishni apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish jarayonida ishda taraf boʻlgan yuridik shaxs birinchi instansiya sudi tomonidan sud hujjati qabul qilinguniga qadar tugatilganligi aniqlansa, ushbu asos bilan shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday holda sud hujjati bekor qilinadi va ish yuritish IPK 110-moddasining 4-bandiga asosan tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. IPK 273-moddasining ikkinchi qismi va 296-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, agar apellatsiya, kassatsiya shikoyatida (protestida) birinchi instansiya sudi tomonidan koʻrib chiqish predmeti boʻlmagan yangi talablar bildirilgan boʻlsa, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi shikoyatning (protestning) bu talablarga taalluqli qismi boʻyicha ish yuritishni tugatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda yangi talablar deganda, birinchi instansiya sudida koʻrib chiqilmagan moddiy-huquqiy talablar, shuningdek, birinchi instansiya sudida ishni koʻrishda ishtirok etmagan shaxsga nisbatan bildirilgan talablar tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni sud majlisida IPK 34 va 35-boblarida belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda birinchi instansiya sudida ishni koʻrish qoidalari boʻyicha koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida, jumladan, boshqa javobgarni ishda ishtirok etish uchun jalb qilish (IPK 44-moddasi), ishga daxldor boʻlmagan javobgarni almashtirish (IPK 45-moddasi), uchinchi shaxslarni ishda ishtirok etishga jalb qilish (IPK 47, 48-moddalari), daʼvoning asosi yoki predmetini oʻzgartirish, daʼvo talablari miqdorini oʻzgartirish (IPK 157-moddasi), ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish (IPK 158-moddasi), talablarni bir qismini alohida ish yuritishga ajratish (IPK 159-moddasi), qarshi daʼvoni taqdim etish (IPK 161-moddasi), shuningdek, qonunda faqat birinchi instansiya sudida ishni koʻrish uchun belgilangan boshqa qoidalar qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining majlisiga sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan, shikoyatni (protestni) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat yoki davlat manfaatlarini koʻzlab qoʻzgʻatilgan ishlar boʻyicha sud majlisida prokurorning ishtiroki shartligidan kelib chiqib, bunday ishlar boʻyicha sud majlisini oʻtkazish joyi va vaqti toʻgʻrisidagi sud ajrimi qonunda belgilangan tartibda prokurorga yuborilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Sudlar shuni inobatga olishi lozimki, apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) IPK 277-moddasining birinchi qismi va 300-moddasining birinchi qismida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida hollarda apellatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish muddati sud raisi tomonidan koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPK 171-moddasi talabidan kelib chiqib, ushbu normada belgilangan asoslar mavjud boʻlgan hollardagina, apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha sud muhokamasi oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatga qoldirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuni eʼtiborga olish lozimki, sud muhokamasini keyinga qoldirishlar soni uch martadan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Sudlar IPK 278-moddasining 5-bandi va 301-moddasining 3-bandi normalarini qoʻllashda shuni inobatga olishi lozimki, hal qiluv qarori ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida qabul qilingan boʻlsagina, ushbu normada koʻrsatilgan asos bilan ishni yangidan koʻrish uchun yuborish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Sudning hal qiluv qarorini oʻzgartirish deganda, hal qiluv qarorining asoslantiruvchi va (yoki) xulosa qismiga oʻzgartirishlar kiritish tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi qaror deganda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan taraflarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida sudning xulosasini jiddiy oʻzgartiradigan qaror qabul qilinishi tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish asoslari IPK 279 va 302-moddalarida belgilanganligiga eʼtibor qaratishi lozim. Bunda sudlar shuni inobatga olishi lozimki, birinchi instansiya sudi tomonidan oʻz kuchini yoʻqotgan qonun hujjatlarining qoʻllanilganligi ham moddiy huquq normalarining notoʻgʻri qoʻllanilishi deb baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga nazarda tutish kerakki, ayrim qonun hujjatlarida munosabatlar vujudga kelgan paytda amalda boʻlgan qonun hujjatlari qoʻllanilishi nazarda tutilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday holda sud tomonidan oʻz kuchini yoʻqotgan yoki oʻzgartirilgan qonun hujjatlari qoʻllanilganligi moddiy huquq normalarini notoʻgʻri qoʻllash hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining qarori IPK 280 va 303-moddalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining qarorida shikoyatda (protestda) bayon qilingan har bir vajga baho berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ijro etilmagan sud hujjati bekor qilinib yoki oʻzgartirilib, daʼvoni toʻliq yoki qisman rad etish toʻgʻrisida yangi sud hujjati qabul qilinsa yoki ish yuritish tugatilsa yoxud daʼvo koʻrmasdan qoldirilsa, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi qarorining xulosa qismida bekor qilingan yoki tegishli qismi oʻzgartirilgan sud hujjati boʻyicha undiruv toʻliq yoki qisman bekor qilinishi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Apellatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlari shuni inobatga olishi lozimki, birinchi instansiya sudi ajrimi ustidan apellatsiya, kassatsiya tartibida shikoyat (protest) berish va koʻrish sudning hal qiluv qarori ustidan apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish va koʻrish uchun IPK 34 va 35-boblarida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Raisi K. KAMILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 24-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-son