Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
EKSPORT OPERATSIYALARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Eksport qilinadigan tovarlar va xizmatlarning miqdori, sifati va narxlari ustidan nazorat tashkil etilishini yanada takomillashtirish, respublikaga valyuta tushumi oʻz vaqtida tushmasligining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-martdagi 101-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
2. Idoralararo komissiya ikki oy muddatda xorijiy konsalting firmalarini jalb etgan holda eksport qilinadigan tovarlarning, eng avvalo:
qora va rangli metallar, kabel-sim mahsulotlari;
paxta tolasi va uni qayta ishlash mahsulotlari;
xom neft, gaz kondensati va ularni qayta ishlash mahsulotlari;
kimyoviy komponentlar va mineral oʻgʻitlarning xalqaro registrlarga muvofiqligi sertifikatlarini joriy etish dasturini ishlab chiqsin.
3. Moliya vazirligi bir oy muddatda:
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda yuqori likvidli tovarlarning eksport narxlarini hisoblab chiqishda yetakchi xalqaro birjalarning kotirovkalarini qoʻllash toʻgʻrisidagi uslubiy koʻrsatmalarni;
Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda yuqori likvidli tovarlar tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
4. Belgilab qoʻyilsinki, tovar-xomashyo birjalari va respublika yarmarkalari orqali sotiladigan jahon bozorlarida likvidli tovarlarni eksport qilish yetakchi xorijiy tovar birjalarida amal qiluvchi narxlarga muvofiq erkin almashtiriladigan valyutada amalga oshiriladi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi, Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi ikki hafta muddatda:
tovar-xomashyo birjalari va respublika yarmarkalari orqali erkin almashtiriladigan valyutaga sotiladigan tovarlar roʻyxatini va ularni sotish tartibini;
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegaralari orqali birja tovarlarini oʻtkazib yuborish va ularga deklaratsiya taqdim etish tartibini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
5. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi manfaatdor vazirliklar, idoralar va vakil qilingan banklar bilan birgalikda:
bozor konyunkturasining mavsumiy tusdaligidan eng samarali foydalanish imkonini beruvchi moliyaviy kafolatlar tizimidan foydalangan holda fyuchers kontraktlari va opsionlar tuzilishini;
xorijiy valyutadagi toʻlovlar muddati oʻtkazib yuborilishidan koʻriladigan zararni eng kam darajaga keltirish maqsadida eksportga faktoring xizmati koʻrsatish joriy etilishini;
respublikaning Jahon savdo tashkilotiga kirishga tayyorgarlik koʻrishi munosabati bilan eksport qilinadigan tovarlarni yuklashdan oldin mustaqil inspeksiya qilish tashkil etilishini taʼminlasin.
6. Markaziy bankka Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda eksport operatsiyalari boʻyicha xorijiy valyutadagi tushum prognoz qilinayotgan muddatlarda tushishi monitoringi mexanizmini va Oʻzbekiston Respublikasi hududida faktoring operatsiyalarini amalga oshirish tartibini ishlab chiqish va koʻrib chiqish uchun kiritish tavsiya qilinsin.
7. “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi “Oʻzdavstandart” markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi va Paxta loyihasini amalga oshirish boʻyicha agentlik bilan birgalikda bir oy muddatda “Sifat” paxta mahsulotini standartlashtirish va sertifikatsiyalash boshqarmasi bazasida idoradan tashqari mintaqaviy laboratoriya tarmoqlari mavjud boʻlgan paxta tolasini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish respublika markazini va sertifikatsiyalangan paxta tolasi omborlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror loyihasini respublika Hukumatining koʻrib chiqishi uchun kiritsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlari va normativ hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida tegishli takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 10 centyabr,
309-son