10.01.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3113-4
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 10.01.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3113-4
Kuchga kirish sanasi
10.01.2020
Hujjat 10.01.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 10-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3113-4]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentabrdagi PF-5816-son “Oʻzbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, 2019-yil 5-apreldagi PQ-4270-son “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2019-yil 20-noyabrdagi PQ-4525-son “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qoʻllab quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq, buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113, 2019-yil 4-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2019-y., 10/19/3113/2422-son) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir R. DAVLETOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 10-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-mh-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 10-yanvardagi 8-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 3-bandning toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning shaxsini hamda yuridik shaxsning huquq layoqatini aniqlashda notarius tegishli axborot resurslaridan foydalanadi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“31. Notarial harakatlarni amalga oshirishda “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga (bundan buyon matnda Tizim deb yuritiladi) quyidagi shaxslarning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (bundan buyon matnda JShShIR deb yuritiladi) kiritilishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining biometrik pasportga ega boʻlgan fuqarolari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JShShIR mavjud boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JShShIR mavjud boʻlgan 16 yoshga toʻlmagan fuqarolar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16 yoshga toʻlmagan fuqarolarda JShShIR mavjud boʻlmaganda Tizimga ularning tugʻilganlik haqida guvohnomasining seriyasi va raqami kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur band talablari qonun hujjatlariga muvofiq yashash guvohnomasisiz va doimiy propiskasiz Oʻzbekiston Respublikasi hududidan koʻchmas mulk sotib olish huquqiga ega boʻlgan chet el fuqarolariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxsning soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (bundan buyon matnda STIR deb yuritiladi) Tizimga kiritilishi shart.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 4-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Notariusga murojaat etgan shaxsning ruhiy holati buzilganligi yoki aqli zaifligi oqibatida oʻz xatti-harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydi yoki shu harakatlarni boshqara olmaydi deb yoxud spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik va psixotrop moddalarni isteʼmol qilishi oqibatida oʻz oilasini ogʻir moddiy ahvolga solib qoʻyadi deb hisoblash uchun asosi boʻlsada (shubha tugʻdirsada), ammo shu fuqaroning muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlmasa, u notarial harakatni amalga oshirishni kechiktiradi va sudning shu shaxsni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topganligi toʻgʻrisidagi qarori mavjud yoki mavjud emasligini Tizim orqali tekshiradi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagi mazmundagi 81 va 82-bandlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“81. Taraflar turli hududlarda joylashgan notarial idorada masofadan turib videokonferensaloqa rejimida bitimlarni notarial tasdiqlashi mumkin va bunday bitim ularning birgalikdagi ishtirokisiz amalga oshirilayotgan boʻlsa, bir vaqtning oʻzida taraflar notariuslar huzurida boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur tartib asosida barcha turdagi bitimlarni tasdiqlash mumkin. Bu kabi bitimlarni tasdiqlashda tegishliligiga qarab bitimlarni tasdiqlashning umumiy qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimni notarial tasdiqlash taraflarning tegishli notariusga beriladigan arizasiga asosan amalga oshiriladi va ariza notarial tartibda shahodatlantirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bitimning birinchi tarafi murojaat qilgan notarius quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimning birinchi tarafi tomonidan taqdim qilingan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat, shaxsini tasdiqlovchi (bitimning ikkinchi tarafining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi) va boshqa hujjatlarning qonuniyligini oʻrganib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
videokonferensaloqa orqali bitimni tasdiqlashda tegishli bitim kartochkasini yaratadi va maʼlumotlarni Tizimga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimning birinchi tarafi bilan oʻzaro muloqotda notarius tomonidan qanday turdagi bitim tuzilayotganligini, bitimning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntiradi, ushbu bitim mazmuni taraflarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshiradi, taraflar oʻrtasida hisob-kitob boʻlganligini aniqlaydi hamda hujjat matni bilan taraflar toʻliq tanishib, notarius tomonidan ovoz chiqarib oʻqib berilgan holda bitimning birinchi tarafi tomonidan imzolanadi hamda barmoq izlarini skaner qilish jarayonini videokonferensaloqa orqali Tizimda toʻliq qayd etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taraflar hamda ularning oʻzaro kelishilgan boshqa shartlari haqidagi maʼlumotlar asosida bitim loyihasini elektron shaklda tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tizimda joylashtirilgan bitim loyihasini chop etadi va bitimning tegishli qismiga bitimning birinchi tarafiga imzo qoʻydiradi hamda barmoq izlarini skaner qilish jarayonini videokonferensaloqa orqali Tizimda toʻliq qayd etadi va bitim bilan birga saqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimda tasdiqlovchi yozuv koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Misol:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Men Toshkent viloyati, Nurafshon shahar, Tinchlik koʻchasi, 1-uyda joylashgan, Nurafshon shahar 1-son davlat notarial idorasining notariusi R.G.V., fuqaro B.A.G.ning mening huzurimda qoʻygan imzosini xaqiqiyligini shahodatlayman.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotuvchining shaxsi aniqlandi, muomalaga layoqatliligi tekshirildi, yaʼni shaxsiy muloqot davomida uning muomalaga layoqatliligiga shubha tugʻilmadi, notarial harakatni amalga oshirish davomida uning muomalaga layoqatsiz ekanligi xaqida hech qanday maʼlumotlar mavjud emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma sotuvchining hoxish-irodasi va amaldagi qonun hujjatlari asosida videokonferensaloqa orqali masofadan turib rasmiylashtirilayotganligini tasdiqlayman. Uy-joy sotuvchiga tegishliligi tekshirildi, bu jarayon “Notarius” AATda videokonferensaloqa orqali toʻliq qayd etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotuvchi fuqaro B.A.G. tomonidan taqdim qilingan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari Nurafshon shahar 1-son davlat notarial idorasida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu hujjat, uy-joy oldi-sotdi shartnomasining ajralmas qismi hisoblanib, mazkur shartnoma Toshkent shahar, M. Ulugʻbek tumani, Baraka koʻchasida joylashgan, M. Ulugʻbek tuman 1-son davlat notarial idorasi notariusi Z.G.G. tomonidan videokonferensaloqa orqali tasdiqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius bitimni imzolab, muhr bilan tasdiqlaydi va mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa hujjatlarni skaner qilib Tizimga joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimning ikkinchi tarafi murojaat qilgan notarius quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tizimga joylashtirilgan bitim bilan bogʻliq hujjatlarni yuklab oladi va chop etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tizim orqali bitimning birinchi tarafi murojaat qilgan notarius bilan videokonferensaloqa orqali videomuloqot oʻrnatadi, bunda notarius va notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi taraflar tasvirga toʻliq tushirilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, notarius bitimning ikkinchi tarafiga qanday turdagi bitim tuzilayotganligini, bitimning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntiradi, ushbu bitim mazmuni taraflarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshiradi, taraflar oʻrtasida hisob-kitob boʻlganligini aniqlaydi hamda hujjat matnini sotib oluvchiga toʻliq tanishtirib, ovoz chiqarib oʻqib beradi. Bitimning ikkinchi tarafi tomonidan bitim imzolangandan soʻng, uning barmoq izlarini skaner qilish jarayoni videokonferensaloqa orqali Tizimda toʻliq qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimda tasdiqlovchi yozuv koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Misol:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu shartnomani, men Toshkent shahar, M. Ulugʻbek tumani, Baraka koʻchasida joylashgan, M. Ulugʻbek tuman 1-son davlat notarial idorasi notariusi Z.G.G. taraflarning xohish-irodasi va amaldagi qonunlarga asosan sotuvchi — B.A.G. Nurafshon shahar 1-son DNIda boʻlgan holda videokonferensaloqa orqali masofadan turib tasdiqladim. Bu jarayon “Notarius” AATda videokonferensaloqa orqali toʻliq qayd etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotuvchi B.A.G.ning shaxsi Nurafshon shahar 1-son davlat notarial idorasining notariusi R.G.V. tomonidan aniqlandi va sotib oluvchi A.A.V.ning shaxsi men, M. Ulugʻbek tuman 1-son davlat notarial idorasi notariusi Z.G.G. aniqladim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotib oluvchining shaxsi aniqlandi, muomalaga layoqatliligi tekshirildi, yaʼni shaxsiy muloqot davomida uning muomalaga layoqatliligiga shubha tugʻilmadi, notarial harakatni amalga oshirish davomida uning muomalaga layoqatsiz ekanligi xaqida hech qanday maʼlumotlar mavjud emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron shaklda berilgan hujjat qogʻozda berilgan hujjat bilan teng yuridik kuchga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taraflar tomonidan imzolangan hujjatlar bitta yigʻmajild shakliga keltiriladi, bunda maxsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ip oʻtkazib tikiladi, raqamlanadi, hujjatning oxirgi varagʻi yorliq bilan yelimlangan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, muhr bosiladi va tegishli yozuv kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yaxlit holga keltirilgan bitim bitimning ikkinchi tarafi murojaat qilgan notarius tomonidan skaner qilinib Tizimda shu reyestr raqam qayd qilingan kartochkaga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim ikki nusxada tuziladi, bir nusxasi bitimning ikkinchi tarafi murojaat qilgan notarial idorada saqlanadi va ikkinchi nusxasi bitimning ikkinchi tarafiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimning ikkinchi tarafiga uning soʻroviga koʻra bitimning nusxasi oʻzi murojaat qilgan notarius tomonidan chop etib berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Oʻzbekiston Respublikasi hududida notarial tasdiqlangan arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalar asosida notarial harakatni amalga oshirishda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ushbu hujjatning asl nusxasi taqdim etilmasdan, uning oʻrniga notarial harakatning noyob raqami bilan murojaat qilinganda notarius tomonidan ushbu hujjatlar Tizim orqali noyob raqam yoki murojaat qiluvchining JShShIR orqali tekshiriladi va shu asosda notarial harakat amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjat va uning noyob raqami shubha tugʻdirgan taqdirda notarius ushbu hujjatni tasdiqlagan notariusga yoki idoraviy notarial arxivga murojaat qilish orqali maʼlumotlarga aniqlik kiritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning qoidalari 2020-yil 1-yanvardan keyin tasdiqlangan hujjatlarga nisbatan amal qiladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 10-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Notarius hujjatni ekspertizaga yuborish toʻgʻrisida qaror chiqaradi va unda qaror chiqarilgan sana, qaror chiqargan notariusning familiyasi, ismi va otasining ismi, notarial idoraning nomi, hujjatning nomi, u kimning nomiga berilganligi, notarial harakatni amalga oshirish uchun hujjat kim tomonidan taqdim etilganligi (familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi va shaxsini tasdiqlovchi hujjat, yuridik shaxs boʻlsa uning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili), STIR, hujjatni ekspertizaga yuborish zaruratini keltirib chiqargan holatlar, hujjat ekspertiza qilinishi uchun qayerga (qaysi ekspertiza muassasasiga) yuborilayotganligi va ekspertiza hal etishi uchun qoʻyilayotgan savollar koʻrsatiladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 12-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda notarial tasdiqlanadigan bitim, ariza va boshqa hujjatlarning mazmuni Tizimga aniq va toʻliq kiritilishi lozim.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 18-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vasiyatnomaning dublikati vasiyat qiluvchiga, u vafot etganidan keyin esa vasiyatnomada koʻrsatilgan yoki uning qonun boʻyicha merosxoʻrlariga (meros transmissiyasi boʻyicha) yoxud ularning vakillariga vasiyat qiluvchining oʻlim haqidagi guvohnomasi yoki dalolatnoma yozuvidan koʻchirma taqdim etilganidan keyin beriladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 24-bandning oʻn birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“bitim predmetining kadastr qiymati (agar mavjud boʻlsa) va taraflar tomonidan kelishilgan baho;”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi va uchinchi xatboshilardagi “bitimlarni” degan soʻz “shartnomalarni (kelishuvlarni)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar oʻrtasidagi koʻchmas mulkni oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlashda, ushbu Yoʻriqnomaning 40-bandi qoidalari qoʻllaniladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Er yoki xotindan biri vafot etganda ularning nikohi davomida orttirilgan umumiy birgalikdagi mol-mulkiga nisbatan vorislik qoidalari qoʻllaniladi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. 32-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidagi ulushni boshqa shaxsga oʻtkazishda oldi-sotdi shartnomasi umumiy ulushli mulkning imtiyozli sotib olish huquqiga ega boshqa ishtirokchilarining yashash manzili nomaʼlum boʻlgan hollarda ham tasdiqlanadi. Mazkur holda sotuvchi ichki ishlar organlarining Manzil-maʼlumotlar byurosi tomonidan berilgan tegishli maʼlumotnomani notariusga taqdim etishi kerak.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. 40-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“40. Koʻchmas mulk yoki uning bir qismi boshqa shaxsga oʻtkazilayotganda, mazkur Yoʻriqnomaning 39-bandida koʻrsatib oʻtilgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar talab qilib olinib oʻrganilgandan soʻng, quyidagi hujjatlar notarius tomonidan idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan Tizim orqali avtomatik tarzda yoki kuryerlik xizmatidan foydalangan holda olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kommunal xizmatlar (gaz taʼminoti, sovuq suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarish, issiqlik taʼminoti (markaziy isitish va issiq suv taʼminoti) boʻyicha xizmatlar) va elektr energiyasi uchun toʻlanadigan majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar, bundan tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar oʻrtasidagi koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomalari mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadastr maʼlumotnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlar boʻyicha budjet oldida qarzi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turar joyda doimiy propiskada boʻlgan shaxslar haqidagi ichki ishlar organining maʼlumotnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulk yoki uning bir qismi garovga qoʻyilgan boʻlsa, garovga oluvchining roziligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining vakolatlariga kiradigan kommunal xizmatlar boʻyicha qarzdorliklar haqida maʼlumotlar faqat Majburiy ijro byurosi axborot tizimi orqali onlayn rejimda tekshiriladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan (bundan buyon matnda Reyestr deb ataladi) koʻchirma yoki guvohnoma;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“qurilishi tugallanmagan obyektga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida Reyestrdan koʻchirma.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. 46-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Umrbod taʼminlash sharti bilan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga berish shartnomasi boʻyicha uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini mulk qilib berish majburiyatini olgan shaxsning vafotiga yoki ushbu shartnoma bekor qilingunga qadar notarius tomonidan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga taqiq qoʻyiladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Quyidagi mazmundagi 561-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“561. Koʻchmas mulkka nisbatan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar haqidagi maʼlumotlar Reyestrga faqat notariusning talabnomasiga asosan notarius tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda huquq egasini oʻzgartirish shaklida kiritiladi va bir vaqtning oʻzida Reyestrdan koʻchirma beriladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. 136-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“meros tarkibining meros qoldiruvchiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjat (bunda meros mulki koʻchmas mulk boʻlsa, kadastr maʼlumotnomasi);”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2020-y., 10/20/3113-4/0043-son)