Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomalarga qoʻshilish toʻgʻrisida
1. Quyidagilarga:
Xavfli yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish toʻgʻrisidagi Yevropa bitimiga (1957-yil 30-sentabr, Jeneva);
1957-yil 30-sentabrdagi Xavfli yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish toʻgʻrisidagi Yevropa bitimining 1-moddasi a) bandiga hamda 14-moddasi 1 va 3 b) bandlariga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi bayonnomaga (1993-yil 28-oktabr, Jeneva) qoʻshilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va ichki ishlar vazirligi yuqorida koʻrsatilgan xalqaro shartnomalarni amalga oshirish yuzasidan masʼul vakolatli organlar etib belgilansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining mazkur xalqaro shartnomalarga qoʻshilishi hamda ularni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organlar haqidagi tegishli bildirishnomani depozitariyga yuborsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar Oʻzbekiston Respublikasi uchun kuchga kirganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 10-yanvar,
PQ-4564-son