07.01.2020 yildagi PQ-4558-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 08.01.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi ayrim muassasalari tashkiliy-shtat tuzilmasini takomillashtirish va faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama va koʻp tomonlama hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini yanada ilgari surish va amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2020-yilning 1-fevralidan Oʻzbekiston Respublikasining BMT huzuridagi Doimiy vakolatxonasi (keyingi oʻrinlarda — Doimiy vakolatxona) va Oʻzbekiston Respublikasining Nyu-York shahridagi (AQSH) Bosh konsulxonasi (keyingi oʻrinlarda — Bosh konsulxona) shtatlar jadvaliga mehnatga haq toʻlash fondini tegishli ravishda oʻzgartirgan holda tegishlicha haydovchi-mexanik va birinchi kotib qoʻshimcha lavozimlari kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasining BMT huzuridagi Doimiy vakolatxonasi va Oʻzbekiston Respublikasining Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi yangilangan shtatlar jadvallari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Doimiy vakolatxona va Bosh konsulxonaning 2020-yildagi taʼminoti uchun xarajatlar smetasini shtat jadvallaridagi oʻzgarishlarni hisobga olgan holda belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Doimiy vakolatxona va Bosh konsulxona xarajatlarini shtat jadvallaridagi oʻzgarishlarni inobatga olgan holda joriy moliya yilining budjetida xorijdagi muassasalarni moliyalashtirish boʻyicha tasdiqlangan mikdorlar doirasida moliyalashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4318-son qarorining 28-ilovasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 8-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 7-apreldagi 192-son qaroriga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi 353-son qarorining 5 va 6-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 7-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4558-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-yanvardagi PQ-4558-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasining BMT huzuridagi Doimiy vakolatxonasi shtatlar jadvali
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

(AQSH dollarida)

T/r

Lavozim

Shtat birliklari soni

Doimiy vakilning maoshiga nisbatan xodimning maoshi, foizlarda (3000)

Oylik maosh

Yillik ish haki fondi

Diplomatik tarkib

1.

Doimiy vakil

1

100%

3 000

36 000

2.

Maslahatchi — vakil

1

90%

2 700

32 400

3.

Maslahatchi

1

85%

2 550

30 600

4.

Birinchi kotib

1

75%

2 250

27 000

5.

Birinchi kotib — “Dunyo” AA muxbirlik punkti mudiri

1

75%

2 250

27 000

Jami:

5

12 750

153 000

Maʼmuriy-texnik tarkib

1.

Haydovchi-mexanik

1

45%

1 350

16 200

2.

Mahalliy aholi yoki ishchilarning oila aʼzolari orasidan yollanadigan xodimlar (ish yurituvchi kotib, farrosh va boshqalar)

2 000

24 000

Jami:

1

3 350

40 200

Umumiy:

6

16 100

193 200

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Oʻzbekiston Respublikasining Nyu-York shahridagi (AQSH) Bosh konsulxonasi katta buxgalteri zimmasiga oʻrindoshlik asosida Oʻzbekiston Respublikasining BMT huzuridagi Doimiy vakolatxonasi katta buxgalteri funksiyasi yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-yanvardagi PQ-4558-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Nyu-York shahridagi (AQSH) Bosh konsulxonasi shtatlar jadvali
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

(AQSH dollarida)

T/r

Lavozim

Shtat birliklari soni

Elchi maoshiga nisbatan xodimning maoshi, foizlarda (3000)

Oylik maosh

Yillik ish haki fondi

Diplomatik tarkib

1.

Bosh konsul

1

85%

2 550

30 600

2.

Birinchi kotib

1

75%

2 250

27 000

3.

Uchinchi kotib

1

65%

1 950

23 400

Jami:

3

6 750

81 000

Maʼmuriy-texnik tarkib

1.

Katta buxgalter va kanselyariya mudiri*

1

65%

1 950

23 400

2.

Mahalliy aholi yoki ishchilarning oila aʼzolari orasidan yollanadigan xodimlar

2 500

30 000

Jami:

1

4 450

53 400

Umumiy:

4

11 200

134 400

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Oʻzbekiston Respublikasining Nyu-York shahridagi (AQSH) Bosh konsulxonasi katta buxgalteri zimmasiga oʻrindoshlik asosida Oʻzbekiston Respublikasining BMT huzuridagi Doimiy vakolatxonasi katta buxgalteri funksiyasi yuklatiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 07/20/4558/0033-son)