13.09.2019 yildagi PQ-4451-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy qirgʻin qurollari tarqalishining oldini olish va yadroviy hamda boshqa radioaktiv moddalarning noqonuniy aylanishiga yoʻl qoʻymaslik sohasida hamkorlik boʻyicha loyihani amalga oshirish choralari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Amerika Qoʻshma Shtatlari Hukumati oʻrtasida 2001-yil 5-iyundagi Mudofaa sohasidagi munosabatlarni rivojlantirish va ommaviy qirgʻin qurollari tarqalishining oldini olish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim (keyingi oʻrinlarda — Bitim) va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Amerika Qoʻshma Shtatlarining Energetika vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Ishtirokchilar) oʻrtasida 2017-yil 1-avgustdagi Yadroviy va boshqa radioaktiv moddalar noqonuniy aylanishining oldini olish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi oʻzaro anglashuv memorandumi (keyingi oʻrinlarda — Memorandum) boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarini bajarish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Bitim va Memorandum doirasida Amerika Qoʻshma Shtatlari Energetika vazirligi (keyingi oʻrinlarda — AQSH Energetika vazirligi) Yadroviy xavfsizlik boʻyicha milliy maʼmuriyat orqali Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga Davlat chegarasidan oʻtkazish punktlarida Ishtirokchilar bilan birgalikda aniqlanadigan maxsus yadroviy va boshqa radioaktiv materiallarning noqonuniy aylanishini aniqlash va oldini olish uchun moʻljallangan asbob-uskunalar va materiallar, shuningdek, oʻqitish va xizmatlar koʻrsatish koʻrinishida texnik koʻmaklashishi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) AQSH Energetika vazirligi tomonidan “Apogee/URSFSII” (AQSH) konsorsiumi Loyiha ijrochisi sifatida belgilangani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Loyihani amalga oshirish doirasida Bitim shartlariga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AQSH Hukumati hisobidan import qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bojxona va boshqa majburiy toʻlovlar hamda yigʻimlardan ozod etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Apogee/URSFSII” (AQSH) konsorsiumi, uning pudratchi tashkilotlari, shuningdek, ushbu konsorsium va uning pudratchi tashkilotlarining xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida undiriladigan soliqlar, yigʻimlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan ozod etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Apogee/URSFSII” (AQSH) konsorsiumi va uning pudratchi tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olinadigan tovarlar va xizmatlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida undiriladigan soliqlarni toʻlashdan ozod etilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Loyihani amalga oshirish uchun ijro etuvchi masʼul organ etib belgilansin va unga oʻrnatiladigan asbob-uskunalardan samarali foydalanish, ularni hisobga olish va nazorat qilish uchun javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining buyurtmanomalariga asosan Loyihada ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari Loyihani amalga oshirish muddatida konsullik yigʻimlar va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining buyurtmanomalariga asosan Loyihani amalga oshirishga jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar davlat boji undirilmasdan belgilangan tartibda berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining buyurtmanomalariga asosan Loyihani amalga oshirish muddatida unda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga va jalb etiladigan pudratchi tashkilotlarning xodimlariga chegara oʻtkazish punktlariga kirish-chiqish imkoniyatini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Loyihani amalga oshirish doirasida import qilinadigan asbob-uskunalar, sarflash va boshqa materiallar, butlovchi buyumlar, priborlar, ehtiyot qismlar va asboblar, istisno tariqasida, majburiy sertifikatlashtirish tartibotidan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 13-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4451-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.09.2019-y., 07/19/4451/4210-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)