Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga qisman oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Respublikamizda qishloq, xoʻjaligi sohasida olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish, agrosanoat kompleksi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarini moliyalashtirish tizimini muvofiqlashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga agrosanoat majmuasini moliyalashtirish masalalariga masʼul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chikquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan bir oy muddatda takliflar tayyorlasin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-sentabr,
PP-4455-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2019-y., 07/19/4455/4208-son)