Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
1. 2019-yil 15-aprel kuni Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishda hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining masʼul vakolatli organlari etib belgilansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qozogʻiston tomoniga mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida va uni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organlar haqida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalarini amalga oshirish ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlansin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 14-oktabr,
PP-4491-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2019-y., 07/19/4491/4204-son)