Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomaga qoʻshilish toʻgʻrisida
1. 2008-yil 10-oktabr kuni Bishkek shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlatlari rahbarlari kengashi yigʻilishida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining hududlararo va chegara oldi hamkorligi boʻyicha kengashi toʻgʻrisidagi bitimga qoʻshilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi yuqorida koʻrsatilgan xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan masʼul vakolatli organ etib belgilansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining mazkur xalqaro shartnomaga qoʻshilishi hamda uni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ haqidagi tegishli bildirishnomani depozitariyga yuborsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi uchun kuchga kirganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan oʻrnatilgan tartibda nazoratni taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-dekabr,
PQ-4548-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2019-y., 07/19/4548/4224-son)