Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.12.2020 19.12.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3204
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining buyrugʻi, 19.12.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3204
Kuchga kirish sanasi
19.12.2019
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.12.2020
Hujjat 19.12.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari va axborot resurslarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 19-dekabrda roʻyxatidan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3204]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-dekabrdagi PF-5598-son “Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari va axborot resurslarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qaror 2020-yil 31-dekabrga qadar amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor D. LI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 18-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
167-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 2019-yil 18-noyabrdagi 167-son buyrugʻiga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari va axborot resurslarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VAQTINChALIK NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq davlat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning (bundan buyon matnda davlat organlari va tashkilotlari deb yuritiladi) davlat xizmatlarini koʻrsatish va elektron hamkorlik qilishda foydalaniladigan axborot tizimlari va axborot resurslarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot resursi — axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, maʼlumotlar banki, maʼlumotlar bazasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimi — axborotni toʻplash, saqlash, izlash, uni qayta ishlash hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron hukumat” tizimi axborot tizimlari va resurslarining Yagona reyestri (bundan buyon matnda Yagona reyestr deb yuritiladi) — axborot tizimlari va axborot resurslari roʻyxati hamda ular haqidagi axborotni oʻz ichiga olgan, butun jahon Internet tarmogʻidagi ochiq va umumiy foydalanilishi mumkin boʻlgan axborot resursi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona reyestr operatori (bundan buyon matnda Operator deb yuritiladi) — Yagona reyestrdan foydalanish va uning faoliyatini nazorat qiluvchi, shu jumladan maʼlumotlar bazalarida joylashgan axborotni qayta ishlovchi yuridik shaxs.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yagona reyestrning operatori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” davlat unitar korxonasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. “Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari va axborot resurslarini roʻyxatdan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat organlari va tashkilotlarining davlat xizmatlarini koʻrsatish va elektron hamkorlik qilishda foydalaniladigan “Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari va axborot resurslari (bundan buyon matnda axborot tizimlari va resurslari deb yuritiladi) Yagona reyestrda majburiy tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Axborot tizimlari va resurslarini Yagona reyestrda roʻyxatdan oʻtkazish davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimi va resursini roʻyxatdan oʻtkazish uchun mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq shakldagi talabnomasi asosida Operator tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Axborot tizimlari va resurslarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma davlat organlari va tashkilotlarining Yagona reyestrdagi kabineti orqali axborot tizimlari va resurslari ishga tushirilgan vaqtdan boshlab oʻn ish kunidan kechiktirmasdan yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona reyestrda kabinet ochish uchun davlat organlari va tashkilotlari Operatorga yozma ravishda Yagona reyestrda kabinet ochish haqida soʻrov yuboradi. Bunda Operator ikki ish kuni ichida Yagona reyestrda kabinet ochadi va unga kirish uchun login va parolni koʻrsatgan holda yozma ravishda tegishli davlat organlari va tashkilotlariga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Axborot tizimlari va resurslarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun berilgan talabnoma Operator tomonidan talabnoma yuborilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi va roʻyxatdan oʻtkazilganligi yoki roʻyxatdan oʻtkazish rad etilganligi haqida davlat organlari va tashkilotlarining Yagona reyestrdagi kabinetiga xabar yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagi hollarda axborot tizimlari va resurslarini roʻyxatdan oʻtkazish rad etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabnomada hatoliklar yoki notoʻgʻri maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabnoma toʻliq toʻldirilmaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa asoslarga koʻra axborot tizimlari va resurslarini roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar bartaraf etilgan taqdirda axborot tizimlari va resurslarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun berilgan talabnoma besh ish kunidan kechiktirmasdan qayta yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mazkur talabnoma Operator tomonidan uch ish kuni ichida qayta koʻrib chiqiladi. Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar bartaraf etilgan taqdirda axborot tizimlari va resurslari Operator tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Axborot tizimlari yoki axborot resurslari Yagona reyestrda roʻyxatdan oʻtkazilganda ularga noyob identifikatsiya raqami beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Axborot tizimlari yoki axborot resurslarini Yagona reyestrdan chiqarish davlat organlari va tashkilotlarining mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda yuborgan talabnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot tizimlari yoki axborot resurslarining Yagona reyestrdan chiqarilganligi haqida Operator tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining kabinetiga xabar yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Axborot tizimlari va resurslarini Yagona reyestrda roʻyxatdan oʻtkazish va roʻyxatdan chiqarish bepul amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari va axborot resurslarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish


‎“Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari va axborot resurslarining Yagona reyestrida axborot tizimini roʻyxatdan oʻtkazish uchun
‎TALABNOMA

‎‎Masʼul shaxsning F.I.O. ‎‎ Elektron pochta manzili
‎‎ ‎‎
‎‎
‎Axborot tizimining qisqacha nomi
‎‎
‎‎
‎Axborot tizimining toʻliq nomi
‎‎
‎‎
‎Asosiy maqsadi
‎‎

‎Foydalaniladigan tillar‎‎
‎‎Axborot tizimi yordamida hal qilinadigan muammolar
‎‎ oʻzbek
‎ rus
‎ ingliz
‎ boshqalar

‎‎™ axborot muammolari

‎‎™ texnologik muammolar

Asosiy funksiyalari‎‎ ‎‎Yaratish va foydalanish bosqichi Boshqarish uslubi boʻyicha‎‎
axborotni tashqi va ichki manbalardan kiritish
‎ kiruvchi axborotni qayta ishlash
‎ axborotni undan keyinchalik foydalanish uchun saqlash
‎ ikki tomonlama aloqa, yaʼni mazkur tashkilotda qayta ishlangan axborotni taqdim etish‎‎
™ sinov ekspluatatsiyasi
™ tajribaviy ekspluatatsiya
™ sanoat ekspluatatsiyasi
™ markazlashtirilgan
™ markazlashtirilmagan
™ aralash‎‎
Mansubligi boʻyicha‎‎ Ish rejimi boʻyicha‎‎ Ishni tashkillashtirish prinsipi boʻyicha Samaradorligi boʻyicha
™ idoraviy
™ hududiy
™ savol-javob
™ real vaqt rejimida
™ paket
™ mahalliy
™ taqsimlanuvchi
™ teleqayta ishlanuvchi‎‎
™ kichik
™ oʻrta
™ katta‎‎
™ oʻta katta‎‎
Turi boʻyicha‎‎ Soni boʻyicha‎‎ Ishlab chiqish (modernizatsiya qilish) va foydalanish uchun asos
™ bir turdagi ™ bir mashinaviy ‎‎
™ bir necha turdagi ™ koʻp mashinaviy‎‎


‎Texnik topshiriq uchun xulosa raqami va sanasi‎‎

‎‎‎‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari va axborot resurslarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish


‎“Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari va axborot resurslarining Yagona reyestrida axborot resursini roʻyxatdan oʻtkazish uchun
‎TALABNOMA

‎‎Masʼul shaxsning F.I.O. ‎‎ Elektron pochta manzili
‎‎ ‎‎
‎‎
‎Axborot tizimining qisqacha nomi
‎‎
‎‎
‎Axborot tizimining toʻliq nomi
‎‎
‎‎
Qisqa tavsifi
‎‎

‎Kirish usuli‎‎
‎‎Foydalaniladigan tillar
™ ochiq axborot
™ cheklangan axborot
™ davlat siri
™ konfidensial axborot
™ shaxsiy maʼlumotlar
oʻzbek
‎ rus
‎ ingliz
‎ boshqalar
Shakllantirish manbasi
boshqa fuqarolar, jumladan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar
‎ tashkilotlar
‎ kutubxonalar, arxivlar, muzeylar
‎ axborot markazlari va boshqa axborot tuzilmalari
‎ axborot jamgʻarmalari, axborotni tahlil qilish markazlari
‎ axborot agentli�lari, boshqa ommaviy axborot organlari
‎ boshqa tashkilotlar — axborot resurslarining mulkdorlari va egalari
‎ davlat boshqaruvi organlari
‎ vazirliklar, qoʻmitalar, idoralar
vakillik organlari, ijro etuvchi hokimiyat organlari, sud organlari
Axborot turi
huquqiy
‎ qoʻshimcha
‎ bepul
‎ moliyaviy-iqtisodiy
‎ statistik
‎ standartlar va reglamentlar haqida axborot
‎ metrologik
‎ ijtimoiy
‎ sogʻliqni saqlash haqida axborot
‎ favqulodda holatlar haqida axborot
‎ shaxsiy maʼlumotlar
‎ kadastrlar (er, shaharsozlik, mulk, boshqalar)
‎ boshqalar
Maʼlumotlar bazalari turi Axborot resursi mahsulotlari
bibliografik
‎ gipermatnli
‎ toʻliqmatnli
‎ referativ
‎ faktografik
‎ hujjatli-faktografik
‎ obyektografik
‎ hujjatli
‎ birlashgan
‎ relatsion
hujjatlar
‎ maʼlumotlar
‎ hujjatlar toʻplami
‎ maʼlumotnomalar
‎ tahliliy maʼlumotnomalar
‎ maʼlumotlar bazalari
‎ maʼlumotlar banklari
‎ boshqalar

‎‎ ‎‎
‎‎Maʼlumotlar bazalari mavqeyi ‎‎Boshqa axborot tizimlari bilan aloqadorligi
‎‎ mahalliy
‎ idoraviy
‎ tarmoq
‎ hududiy
‎ davlat
‎ davlatlararo
‎‎™ ha
™ yoʻq

‎‎Ishga tushgan sanasi
‎‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari va axborot resurslarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish


‎“Elektron hukumat” tizimi axborot tizimlari va axborot resurslarining Yagona reyestridan axborot tizimlari/resurslarini chiqarish uchun
‎TALABNOMA

‎‎‎

‎‎ “Elektron hukumat” tizimi axborot tizimlari va axborot resurslarining Yagona reyestridan axborot tizimlari/resurslarini chiqarishingizni soʻrayman:
‎‎____________________________________________________________________________________________

‎‎(axborot tizimlari/resurslarining nomi)

‎‎Talabnoma yuboruvchi tashkilotning toʻliq nomi:‎
‎‎
‎‎
‎Roʻyxatdan chiqarish sababi:
‎‎
‎‎Masʼul shaxsning F.I.O. Elektron pochta manzili‎‎
‎‎‎‎ ‎�
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 2019-yil 18-noyabrdagi 167-son buyrugʻiga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2006-yil 10-fevraldagi 42-son “Axborotni hujjatlashtirish, davlat axborot resurslarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1558, 2006-yil 4-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 14-son, 120-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2007-yil 2-maydagi 130-son “Axborotni hujjatlashtirish, davlat axborot resurslarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1558-1, 2007-yil 2-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 23-son, 242-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 16-maydagi 24-mh-son “Axborotni hujjatlashtirish, davlat axborot resurslarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1558-2, 2013-yil 22-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 21-son, 274-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2014-yil 25-fevraldagi 78-mh-son “Axborotni hujjatlashtirish, davlat axborot resurslarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1558-3, 2014-yil 3-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 10-son, 113-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 5-maydagi 110-mh-son “Axborotni hujjatlashtirish, davlat axborot resurslarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1558-4, 2015-yil 7-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 18-son, 225-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2016-yil 27-sentabrdagi 146-mh-son “Axborotni hujjatlashtirish, davlat axborot resurslarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1558-5, 2016-yil 6-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 40-son, 473-modda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2006-yil 17-noyabrdagi 355-son “Davlat organlari axborot tizimlarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1646, 2006-yil 21-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 519-modda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2007-yil 2-maydagi 131-son “Davlat organlarining axborot tizimlarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1646-1, 2007-yil 26-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 22-son, 228-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 22-apreldagi 18-mh-son “Davlat organlarining axborot tizimlarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1646-2, 2013-yil 17-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 20-son, 264-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2014-yil 25-fevraldagi 77-mh-son “Davlat organlarining axborot tizimlarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1646-3, 2014-yil 3-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 10-son, 112-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 5-maydagi 109-mh-son “Davlat organlari axborot tizimlarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1646-4, 2015-yil 7-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 18-son, 224-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2016-yil 7-yanvardagi 142-mh-son “Davlat organlari axborot tizimlarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1646-5, 2016-yil 16-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 3-son, 30-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2016-yil 5-sentabrdagi 145-mh-son “Davlat organlarining axborot tizimlarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1646-6, 2016-yil 27-sentabr).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2019-y., 10/19/3204/4178-son)