Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ichki ishlar organlarining tergov boʻlinmalari xodimlariga qoʻshimcha ustamalar toʻlanadigan maxsus malaka darajasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini taʼminlashning samarali tizimini joriy etishga oid qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 6-martdagi PQ-4229-son qaroriga muvofiq Vazirlar Maxkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 727-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 9-son, 208-modda) qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining tergov boʻlinmalari xodimlariga qoʻshimcha ustamalar toʻlanadigan maxsus malaka darajasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandidagi “Transportda jamoat xavfsizligini taʼminlash boshqarmasi huzuridagi tergov boʻlimi” soʻzlari “Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi tergov faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi” soʻzlari bilan hamda “transportda jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻlimlari xuzuridagi tergov boʻlimlari (boʻlinmalari, guruxlari)” soʻzlari “transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmalari (boʻlimlari) tergov boʻlimlari (boʻlinmalari, guruhlari)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 12-dekabr,
990-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 09/19/990/4148-son)