Iqtisodiyot tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirish hamda elektr energiyasidan oqilona foydalanishni keng targ‘ib etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga kuyidagi mazmundagi 631-band qo‘shilsin:
“631.Ulangan quvvatidan qat’iy nazar, kripto-aktiv va mayning sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi iste’molchilar (turli kriptovalyutalarda yangi birliklar va komissiya yig‘imlari formatida mukofot olish imkonini beradigan taqsimlash platformasini ta’minlash va yangi bloklar yaratish bo‘yicha faoliyat) foydalangan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni tegishli tarif guruhiga asosan belgilangan tarifga nisbatan 3 barobar o‘suvchi koeffitsiyentga muvofiq to‘laydi”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda kripto-aktiv va mayning sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi elektr energiyasi iste’molchilarini aniqlash va ularga belgilangan tarifga nisbatan 3 barobar o‘suvchi koeffitsiyentni qo‘llash tartibini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlasin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.