09.12.2019 yildagi O‘RQ-590-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 21-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 30-noyabrda ma’qullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi 522-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 136-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2013-yil, № 4, 95-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 3, 157-modda, № 5, 261, 265-moddalar, № 8, 468-modda) IV bo‘limi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“IV. NAVBATDAGI YIL UChUN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BUDJETI TO‘G‘RISIDAGI QONUNNI QABUL QILISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi (bundan buyon matnda Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi deb yuritiladi) va budjetnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, qoida tariqasida, joriy yilning 15-oktabridan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birga Qonunchilik palatasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan, qoida tariqasida, joriy yilning 15-noyabrigacha ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi Spikeri Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi va budjetnomani dastlabki tarzda ko‘rib chiqish hamda fikrlar va takliflar ishlab chiqish uchun Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasiga, fraksiyalarga hamda Qonunchilik palatasining qo‘mitalariga yo‘llaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini dastlabki tarzda muhokama qilish jarayonida fraksiyalar va Qonunchilik palatasining qo‘mitalari Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi bilan bog‘liq qo‘shimcha axborotni tegishli organlardan talab qilib olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi barcha fraksiyalar hamda Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining fikrlari va takliflarini o‘rganib chiqib, Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasining va budjetnomaning dastlabki tarzda ko‘rib chiqilishini o‘tkazadi hamda Qonunchilik palatasi Kengashiga Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun kiritish mumkinligi to‘g‘risida belgilangan muddatda xulosa taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fraksiyalarning hamda Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha fikrlari va takliflari Qonunchilik palatasining majlisida muhokama qilinishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqish chog‘ida Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxsning ma’ruzasini, Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi vakilining qo‘shimcha ma’ruzasini eshitadi hamda uni birinchi o‘qishda qabul qilish haqida yoxud rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi birinchi o‘qishda rad etilgan taqdirda Qonunchilik palatasi uni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maromiga yetkazish uchun qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rad etilgan Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi olingan kundan e’tiboran o‘n to‘rt kun ichida Qonunchilik palatasining mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda qonun loyihasini maromiga yetkazadi hamda maromiga yetkazilgan qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga birinchi o‘qishda qayta ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasining davlat sirini va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi qismi Qonunchilik palatasining yopiq majlisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonun qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida Senatga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonunga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonunga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan belgilangan tartibda o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonunga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi masala, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasining majlisida birinchi navbatda ko‘rib chiqilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonunga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar belgilangan tartibda kiritiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi 523-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 137-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 2, 47-modda, № 3, 157-modda, № 5, 261, 265-moddalar, № 8, 468-modda) IV bo‘limi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“IV. NAVBATDAGI YIL UChUN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BUDJETI TO‘G‘RISIDAGI QONUNNI QABUL QILISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonunni ko‘rib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonun (bundan buyon matnda Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonun deb yuritiladi) Senatning ko‘rib chiqishi uchun topshiriladi va Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonun va budjetnoma Senat majlisida ko‘rib chiqilgunga qadar oldindan senatorlarga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senatning majlisida Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonunni ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxsning ma’ruzasi bilan boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonun Senat tomonidan, qoida tariqasida, joriy yilning 15-dekabridan kechiktirmay ma’qullanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonunga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonunga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun Senatning eng yaqin majlisida ko‘rib chiqilishi kerak”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 7, 431, 433-moddalar, № 12, 783-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 5, 265-modda, № 8, 470-modda, № 11, 791-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan qonun bilan belgilangan miqdorda ajratiladigan budjet mablag‘larini taqsimlovchi yuridik shaxs”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi — qirq birinchi xatboshilari tegishincha to‘rtinchi — qirq ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘ninchi xatboshisidagi “kelgusi” degan so‘z “o‘rta muddatli” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi yigirma oltinchi va yigirma yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga biriktiriladigan va o‘ziga ajratiladigan budjet mablag‘larini taqsimlovchi yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy fiskal balans — O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjetini hamda davlat dasturlarini amalga oshirish uchun chetdan jalb qilingan va O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan qarz mablag‘lari evaziga amalga oshiriladigan xarajatlarni o‘z ichiga olgan jamlanma balans”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yigirma oltinchi — qirq ikkinchi xatboshilari tegishincha yigirma sakkizinchi — qirq to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi qirq to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchi — o‘z tasarrufida Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetidan, viloyatlar viloyat budjetlaridan, Toshkent shahri shahar budjetidan, tumanlar va shaharlar budjetlaridan mablag‘ oluvchi tashkilotlarga ega bo‘lgan yuridik shaxs, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetidan, viloyatlar viloyat budjetlaridan va Toshkent shahri shahar budjetidan, tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkiloti yoki budjet mablag‘lari oluvchi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qirq to‘rtinchi xatboshisi qirq beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi qirq oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“o‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiya — o‘rta muddatli davr uchun soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilovchi hujjat”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 25-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“25-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining budjet sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini (bundan buyon matnda Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi deb yuritiladi) va budjetnomani ishlab chiqish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi va ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar ro‘yxatini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini va budjetnomani ko‘rib chiqish hamda tegishli xulosa taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetnomani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlarining Davlat budjetini va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarini ijro etish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni har chorakda ko‘rib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘tgan moliya yili uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tashqi audit o‘tkazish hamda baholash uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Kodeksning 145 va 149-moddalarida nazarda tutilgan hollarda moliya yili mobaynida O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘larga va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovlariga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlarini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 26-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi va o‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiya bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosa taqdim etadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 28-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) 29-modda birinchi qismining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi — to‘qqizinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini va budjetnomani ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari loyihalarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari va xarajatlarini ko‘rib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini va budjetnomani ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasiga Davlat budjetining daromadlari prognozini har chorakda yetkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi va ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ular uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘larni taqsimlash, shuningdek navbatdagi yil uchun xarajatlar smetasini tuzish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarni yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi va ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning xarajatlar smetalarini va jamlanma xarajatlar smetalarini, shtat jadvallarini, shuningdek ularga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Kodeksning 145-moddasida nazarda tutilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining xarajatlari yoyilmasiga moliya yili mobaynida o‘zgartirishlar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu Kodeksning 145 va 149-moddalarida nazarda tutilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘larga va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar taqdim etadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘ninchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘n birinchi — o‘ttizinchi xatboshilari tegishincha o‘ninchi — yigirma to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) 83-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“83-modda. Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navbatdagi yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi hamda kelgusi ikki yilga budjet mo‘ljallari o‘rta muddatli davr uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi asosida ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet so‘rovini tuzish tartibini yuborishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet so‘rovlarini hamda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozlarini tayyorlash va taqdim etishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet so‘rovlarini ko‘rib chiqish va jamlashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetnomani ishlab chiqishni nazarda tutadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) 96-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“96-modda. Budjetnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjetnoma — erishilgan natijalar hisobga olingan holda mamlakatni kelgusi davrda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini nazarda tutuvchi hujjat bo‘lib, ushbu yo‘nalishlar asosida Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjetnoma quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o‘tgan yilgi asosiy yakunlarini va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy yilgi yakunlarining prognoz bahosini, shuningdek mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o‘rta muddatli davr uchun asosiy yo‘nalishlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘rta muddatli davr uchun prognozini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari joriy yildagi ijrosining prognoz bahosini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fiskal tavakkalchiliklar tahlili hisobga olingan holda o‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiyasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
prognoz yil uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihasini, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi daromadlari va xarajatlarining hamda kelgusi ikki yilga oid budjet mo‘ljallarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat qarzining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb qilinadigan kreditlarning yillik chegaraviy miqdorini”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) 17-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“17-bob. Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonunni qabul qilish tartibi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) 97, 98 va 99-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“97-modda. Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini va budjetnomani kiritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi va budjetnoma:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga — joriy yilning 15-sentabriga qadar kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga — joriy yilning 20-sentabriga qadar kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga xulosa taqdim etishi uchun — joriy yilning 20-sentabriga qadar kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi va o‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiya bo‘yicha xulosani joriy yilning 5-oktabridan kechiktirmay taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, qoida tariqasida, joriy yilning 15-oktabridan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjetnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga ham, qoida tariqasida, joriy yilning 15-oktabridan kechiktirmay kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi, o‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiya, Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yuborilishidan oldin majburiy ravishda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan “Fuqarolar uchun budjet” axborot nashri jamoatchilik muhokamasi uchun parallel ravishda e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98-modda. Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonunni qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan, qoida tariqasida, joriy yilning 15-noyabriga qadar ko‘rib chiqilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan, qoida tariqasida, joriy yilning 15-dekabridan kechiktirmay ma’qullanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarini tasdiqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining navbatdagi yil uchun loyihalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonun kuchga kirgandan keyin bir hafta muddatda, Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonunga muvofiqlashtirilgan holda tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari to‘g‘risida uch kun muddatda qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navbatdagi yil uchun tuman va shaharlar budjetlarining loyihalari tuman va shaharlar hokimliklari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilingandan keyin uch kun ichida tegishli ravishda xalq deputatlari tuman va shaharlar Kengashlariga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari tuman va shaharlar Kengashlari tomonidan tumanlar va shaharlarning budjetlari to‘g‘risidagi qarorlar uch kun ichida qabul qilinadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“126-modda. Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari va O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi va beshinchi qismlari quyidagi mazmundagi to‘rtinchi — yettinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining qo‘shimcha manbalari va yil boshiga qoldiq mablag‘lari tegishli ravishda ular umumiy xarajatlarining 3 foizidan oshmagan miqdorda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq foydalaniladi hamda foydalanilgan mablag‘lar bo‘yicha Qonunchilik palatasiga har chorakda hisobot taqdim etiladi. Mazkur xarajatlar 3 va undan ortiq foizga oshgan taqdirda Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonunga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qo‘shimcha manbalardan foydalanish to‘g‘risidagi qarorlar tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining takliflariga asosan birinchi navbatda ijtimoiy soha muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tumanlar va shaharlar hokimliklari tumanlar va shaharlar budjetlari qo‘shimcha manbalarining kamida 10 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari favqulodda va shunga o‘xshash kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rilishi talab etiladigan hollarda ishlatilgan mablag‘lar to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga hisobot berish sharti bilan qo‘shimcha manbalarni yo‘naltirish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) 143-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat budjeti daromadlari va xarajatlariga tasdiqlangan budjetlar doirasida uning ijrosi jarayonida qonun hujjatlari asosida o‘zgartirishlar kiritish tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida hisobga olib boriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) 144-modda chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) 145-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘larni boshqa birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchiga o‘tkazish (bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan hollar mustasno):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 va undan ortiq foizi miqdorda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizdan kam miqdorda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taklifi asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar tarkibida nazarda tutilgan maqsadli mablag‘lar birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘larni hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga beriladigan budjetlararo transfertlarni ko‘paytirish orqali O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qayta taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar uchun ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida bir ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi uchun ajratilgan mablag‘larni boshqa ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchiga o‘tkazish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 va undan ortiq foiz miqdorda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizdan kam miqdorda tegishli birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalarni amalga oshirish uchun nazarda tutilgan mablag‘larni joriy xarajatlarga yo‘naltirish taqiqlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) 146-modda chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) 147-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bir hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchi uchun ajratilgan budjet mablag‘larini boshqa hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchiga o‘tkazish ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 va undan ortiq foiz miqdorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizdan kam miqdorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi, bundan ushbu Kodeks 145-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchi tasarrufidagi bir budjet tashkiloti va budjet mablag‘lari oluvchidan boshqa budjet tashkiloti va budjet mablag‘lari oluvchi uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘larni o‘tkazish hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilar so‘roviga ko‘ra tegishli hududiy moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16) 148-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bir hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchi uchun ajratilgan budjet mablag‘larni boshqa hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchiga o‘tkazish ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foiz va undan ortiq miqdorda xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizdan kam miqdorda tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi, bundan ushbu Kodeks 145-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchi tasarrufidagi bir budjet tashkiloti va budjet mablag‘lari oluvchidan boshqa budjet tashkiloti va budjet mablag‘lari oluvchi uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘larni o‘tkazish hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilar so‘roviga ko‘ra tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17) 149-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“149-modda. Davlat maqsadli jamg‘armalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi xarajatlariga o‘zgartirishlar kiritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat maqsadli jamg‘armalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining xarajatlariga ularning tasdiqlangan hajmlariga nisbatan 3 foiz va undan ortiq miqdorga ko‘paytirishni yoki kamaytirishni nazarda tutadigan o‘zgartirishlar kiritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat maqsadli jamg‘armalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining xarajatlariga ularning tasdiqlangan hajmlariga nisbatan 3 foizdan kam miqdorda ko‘paytirish yoki kamaytirishni nazarda tutadigan o‘zgartirishlar kiritish davlat maqsadli jamg‘armalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi taqsimlovchi organlarining taqdimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat maqsadli jamg‘armalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining xarajatlarini ularning tasdiqlangan hajmlariga nisbatan ko‘paytirish ularni qoplash manbalari mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat maqsadli jamg‘armalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining xarajatlariga ularning tasdiqlangan umumiy hajmlarini ko‘paytirmasdan yoki kamaytirmasdan o‘zgartirishlar kiritish davlat maqsadli jamg‘armalarini hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining taqsimlovchi organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishuvga ko‘ra amalga oshiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 11-aprelda qabul qilingan “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘RQ-403-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 4, 123-modda; 2017-yil № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 3, 157-modda, № 5, 261, 265-moddalar) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 5-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat budjeti ijrosining borishini ko‘rib chiqish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 6-modda chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 9-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘RQ-590-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son)