09.12.2019 yildagi PF-5890-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.12.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl xoʻjaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikaning geografik joylashuvini hisobga olgan holda zamonaviy avtomobil yoʻllari tarmogʻini rivojlantirish mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishda, respublika transport salohiyatini rivojlantirishda va eksport imkoniyatlarini kengaytirishda birinchi darajali vazifa hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan yillar davomida xalqaro standartlarga muvofiq yoʻl-transport infratuzilmasini yaxshilash, zamonaviy avtomobil yoʻllarini qurish, yoʻl harakati qulayligi va xavfsizligini oshirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil yoʻllarini qurish va taʼmirlash boʻyicha ishlarni moliyalashtirish sezilarli darajada koʻpaytirildi, bu esa oxirgi yillarda bajariladigan yoʻl-qurilish va taʼmirlash ishlari hajmlarini deyarli uch baravar oshirish imkonini berdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi kabi xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda yoʻl qurilishi sohasida loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Jahon banki mablagʻlarini jalb qilgan holda ilgʻor xalqaro standartlarga muvofiq tezyurar pulli avtomobil yoʻllari qurish boʻyicha loyihalarni tayyorlashga kirishildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, respublika yoʻl xoʻjaligini davlat tomonidan boshqarish tizimida raqobat muhitini shakllantirish va tarmoqqa investitsiyalar jalb etilishiga toʻsqinlik qilayotgan qator muammolar va kamchiliklar mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, yoʻl tarmogʻiga investitsiyalarni, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb qilish boʻyicha uzoq muddatli strategiyaning yoʻqligi xarajatlarning asosiy moliyaviy yukini Davlat budjetiga yuklagan holda ishlarni moliyalashtirishning muqobil manbalaridan foydalanish imkonini bermayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) tomonidan nazorat va xoʻjalik funksiyalarining, shu jumladan buyurtmachi va pudratchi vakolatlarining birga olib borilishi boshqaruvning samarali tizimini yaratish va yoʻl-qurilish ishlari bozorida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish imkonini bermayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl xoʻjaligini boshqarishning zamonaviy tizimini yaratish, nazorat va xoʻjalik funksiyalarini aniq chegaralash, monopoliyadan chiqarish, xususiy sektor korxonalarini jalb qilish va investitsion jozibadorlikni oshirish hisobiga sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, yoʻl qurilishiga innovatsiyalarni keng joriy etish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Transport vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda yetakchi xorijiy ekspertlar va maslahatchilarni jalb qilgan holda 2020-yil 1-sentabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi 2030-yilgacha avtomobil yoʻllarini rivojlantirish strategiyasini kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro ahamiyatga molik zamonaviy avtomobil yoʻllari tarmogʻini va tezyurar avtomagistrallarni rivojlantirish, shuningdek, ularni xalqaro transport yoʻlaklariga integratsiyalash orqali respublikaning tranzit va logistika salohiyatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb qilish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida loyihalarni amalga oshirish orqali budjetga tushadigan yukni bosqichma-bosqich kamaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil yoʻllarini ekspluatatsiya qilish uchun xarajatlarni 2020-yilgacha bosqichma-bosqich kamida ikki baravar koʻpaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl qurilishi sohasidagi eng ustuvor loyihalarni tanlab olish va baholashning, shuningdek, ularni amalga oshirish samaradorligini prognozlashning xalqaro eʼtirof etilgan metodologiyasini qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil yoʻllari holatini monitoring qiluvchi, zarur statistika maʼlumotlarini toʻplovchi va yurituvchi, yoʻl aktivlarini boshqarish boʻyicha yangi texnologiyalar va dasturlarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud yoʻl infratuzilmasidan samarali foydalanish maqsadida transport oqimlarini boshqarishning zamonaviy tizimlarini qoʻllash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, 2020-yil 1-yanvardan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash, shuningdek, yoʻl-qurilish ishlarini texnik nazorat qilish uchun yangidan boshlanadigan obyektlar boʻyicha shartnomalar faqat davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq oʻtkaziladigan tanlov (tender) yakunlari boʻyicha tuziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl-qurilish ishlari boʻyicha konsalting xizmatlari (texnik nazorat) autsorsing shartlari asosida xalqaro amaliyotga, shu jumladan FIDIC qoidalariga muvofiq mustaqil tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri koʻchalarini qurish va taʼmirlash boʻyicha buyurtmachining funksiyalarini sinov tarzida Toshkent shahar hokimligi amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2020-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini, mintaqaviy avtomobil yoʻllarini va koʻpriklarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashni loyihalashtirish boʻyicha tashkilotlar faqat “Yoʻl loyiha byurosi” MChJ, “Boshtransloyiha” AJ va “Avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni loyihalash instituti” DUK hisoblanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital taʼmirlash boʻyicha buyurtmachi faqat “Avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish direksiyasi” UK hisoblanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini, mintaqaviy avtomobil yoʻllarini va koʻpriklarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital taʼmirlash boʻyicha pudrat tashkilotlari faqat Qoʻmitaning tarkibiy boʻlinmalari va “Koʻprikqurilish” Tresti” UK hisoblanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
neft bitumining yoʻllarga moʻljallangan markalarini realizatsiya qilish sohasida faoliyat olib borish huquqi uchun litsenziya olish talab etilishi toʻgʻrisidagi talablar bekor qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning quyidagilar toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl-qurilish korxonalarini masʼuliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil etgan holda Qoʻmita tarkibidan chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoʻlqurilish” AJni tashkil etish va unga Qoʻmita tarkibidan chiqariladigan korxonalar ustav jamgʻarmalaridagi davlat ulushini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ “Koʻprikqurilish” Tresti” UK korxonalari negizida “Koʻprikqurilish” AJni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida joylashgan “Koʻprikqurilish” Tresti” UK ixtiyoridagi koʻpriklarni (yoʻl oʻtkazgichlarni) Qoʻmita ixtiyoriga, shahar va boshqa aholi punktlari koʻchalaridagi, xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllaridagi koʻpriklarni (yoʻl oʻtkazgichlarni) mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyoriga oʻtkazish.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki, Qoʻmita avtomobil yoʻllari sohasidagi maxsus vakolatli organ boʻlib, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va ekspluatatsiya qilish boʻyicha ishlarning yagona buyurtmachisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita zimmasiga “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan vazifalar bilan bir qatorda quyidagilar boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari tarmogʻini tegishli holatda saqlash va rivojlantirish, ularning oʻtkazish qobiliyatini oshirish, avtomobil yoʻllari foydalanuvchilariga koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash, shuningdek, yoʻl va yoʻl boʻyi servisi obyektlarini rivojlantirishni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokida, shuningdek, donorlar mablagʻlarini jalb qilgan holda yoʻl qurilishi sohasida loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoqqa investitsiyalarni, eng avvalo toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va moliyalashtirishning muqobil manbalarini, shu jumladan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish orqali izlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy menejment tizimlarini, ilgʻor xorijiy tajriba hamda xalqaro standartlarga muvofiq ishni tashkil etishning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish orqali tarmoqni boshqarishni takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl qurilishi, yoʻl-qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalar ishlab chiqarish sohasini texnik tartibga solishda normativ hujjatlar va talablarga rioya etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining ajratilgan mintaqalarida yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanishni belgilangan tartibda tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport oqimlarini boshqarishning zamonaviy raqamli avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari Qoʻmita ixtiyorida, shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalari, xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllari — mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida, xoʻjalik avtomobil yoʻllari tegishli tashkilotlar va jismoniy shaxslar ixtiyorida boʻladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) avtomobil yoʻllarida ekspluatatsiya ishlari quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida — Qoʻmita tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalarida, xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarida — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlar va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan xoʻjalik avtomobil yoʻllarida — ularning oʻzi tomonidan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Yoʻl infratuzilmasi sifatini rivojlantirish va yaxshilashda, mintaqaviy avtomobil yoʻllari tarmogʻini va yoʻl infratuzilmasini rivojlantirishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqlari hamda javobgarligini yanada kengaytirish maqsadida shunday tartib joriy etilsinki, unga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari avtomobilga yonilgʻi va gaz quyish stansiyalari tomonidan avtomobil benzini, dizel yoqilgʻisi, suyultirilgan va siqilgan gazni oxirgi isteʼmolchilarga realizatsiya qilishda yoqilgʻi birligi uchun 25 soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda mintaqaviy yoʻllarni rivojlantirishga maxsus yigʻim joriy etishga haqli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tumanlar (shaharlar) xalq deputatlari Kengashlari transport vositasi dvigatelining quvvatidan kelib chiqib, avtotransport vositasiga egalik qilish uchun yillik yigʻim joriy etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, mazkur bandda koʻrsatib oʻtilgan yigʻimlar keng jamoatchilik muhokamalari asosida, muayyan maʼmuriy-hududiy birlik aholisi daromadlari darajasini hisobga olib va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakatini tartibga solish, mavjud yoʻl-transport infratuzilmasidan oqilona foydalanish, shuningdek, yoʻl harakati ishtirokchilari masʼuliyatini oshirish maqsadida avtomobil yoʻllari va koʻchalar boʻylab avtomobil saqlash joylaridan foydalanganlik uchun toʻlov belgilashga haqli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun yigʻimning bazaviy stavkalari miqdorlarini, shuningdek, yigʻimning bazaviy stavkasiga transport vositasi dvigateli quvvatidan kelib chiqqan holda toifalanadigan qoʻshimcha koeffitsiyentlarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalash, yoʻl-qurilish ishlarini, shuningdek, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash hamda ekspluatatsiya ishlarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarni toʻplash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalarida, xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarida (keyingi oʻrinlarda — mintaqaviy yoʻllar) loyihalash, yoʻl-qurilish, taʼmirlash va ekspluatatsiya ishlarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarni toʻplash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bosh moliya boshqarmalari huzurida avtomobil yoʻllarini rivojlantirish hududiy maqsadli jamgʻarmalari tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Quyidagilar jamgʻarmalarni shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasi uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalash va yoʻl-qurilish ishlarini, shuningdek, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha ishlarni moliyalashtirish uchun respublika budjetidan har yili ajratiladigan maqsadli mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 30 yil davomida uzish sharti va 5 yillik imtiyozli davri bilan ajratiladigan foizsiz kreditlar shaklida 2020-yilda 50 mln. AQSh dollari va 2021 — 2024-yillarda har yili 100 mln. AQSh dollari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida joriy taʼmirlash va ekspluatatsiya ishlarini moliyalashtirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti hamda viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlaridan har yili ajratiladigan maqsadli mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bosh moliya boshqarmalari huzuridagi avtomobil yoʻllarini rivojlantirish hududiy maqsadli jamgʻarmalari uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqaviy yoʻllarda yoʻl-qurilish, taʼmirlash va ekspluatatsiya ishlarini moliyalashtirish uchun mahalliy budjetlardan har yili ajratiladigan maqsadli mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqaviy yoʻllarni rivojlantirish uchun mahalliy vakillik hokimiyati organlari tomonidan joriy etiladigan yigʻimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil yoʻllari va koʻchalari boʻylab avtomobil saqlash joylaridan foydalanganlik uchun toʻlovlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun yigʻimning bazaviy stavkasiga qoʻshimcha koeffitsiyentlarni qoʻllashdan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasidan transfertlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, avtomobilga egalik uchun yillik yigʻim tuman (shaharlar)ning tegishli budjetlariga yoʻnaltiriladi hamda ushbu tuman (shaharlar)ning mintaqaviy yoʻllaridagi taʼmirlash va ekspluatatsiya ishlari uchun maqsadli sarflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy foydalanishdagi yoʻllarda joriy taʼmirlash va ekspluatatsiya ishlarini moliyalashtirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti hamda viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlarida nazarda tutilgan mablagʻlarni boshqa maqsadlar uchun qayta taqsimlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda respublika avtomobil yoʻllarining yagona elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, ularning mansubligini belgilash hamda tegishli organlar va tashkilotlarga biriktirish maqsadida 2020-yil 1-martga qadar barcha avtomobil yoʻllari, shu jumladan koʻpriklar toʻliq xatlovdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Transport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2022-yil 1-dekabrga qadar avtomobil yoʻllari, shu jumladan koʻpriklar davlat kadastri geoaxborot tizimi yaratilishini, xususan quyidagilarni taʼminlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geoaxborot tizimi mobil ilovasini qoʻllagan holda avtomobil yoʻllari obyektlari joylashuvini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erni masofadan turib zondlash asosida avtomobil yoʻllarining elektron kartografiya asosini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika avtomobil yoʻllarining yagona elektron maʼlumotlar bazasidan foydalangan holda avtomobil yoʻllari obyektlarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish maqsadida avtomobil yoʻllari davlat kadastrining veb geoaxborot tizimini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil yoʻllari davlat kadastrining veb geoaxborot tizimini Davlat kadastrlari yagona tizimiga integratsiya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlar quyidagi mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari boʻyicha — Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqaviy yoʻllar boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bosh moliya boshqarmalari huzurida avtomobil yoʻllarini rivojlantirish hududiy maqsadli jamgʻarmalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 1-fevralga qadar pulli avtomobil saqlash joylari qurish boʻyicha loyihalarni amalga oshiruvchi investorlarga imtiyozlar taqdim etishni nazarda tutgan holda avtomobil yoʻllari va koʻchalar boʻylab pulli avtomobil saqlash joylarini tashkil etish, shu jumladan pulli avtomobil saqlash joylari tashkil etiladigan avtomobil yoʻllari va koʻchalarni tanlash, shuningdek, avtomobil saqlash joylaridan foydalanish uchun toʻlov undirish tartibi toʻgʻrisidagi hukumat qarori loyihasini kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 1-iyulga qadar, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida shaharlarda, viloyatlar va tumanlar markazlarida avtomobil yoʻllari va koʻchalar boʻylab pulli avtomobil saqlash joylari tarmogʻi tashkil etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2020-yil 1-martga qadar transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun yigʻimning bazaviy stavkalari miqdorlarini, shuningdek, yigʻimning bazaviy stavkasiga transport vositasi dvigateli quvvatidan kelib chiqqan holda toifalanadigan qoʻshimcha koeffitsiyentlarni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bir oy muddatda ushbu Farmon talablariga muvofiq yoʻl tarmogʻini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2019-yil 31-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bosh moliya boshqarmalari huzuridagi avtomobil yoʻllarini rivojlantirish hududiy maqsadli jamgʻarmalari faoliyatini tashkil etish hamda ularning mablagʻlarini shakllantirish va sarflash tartibini belgilash toʻgʻrisidagi hukumat qarorini qabul qilsin va bunda, shuningdek, quyidagilarni nazarda tutsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan yoʻl qurilishi sohasidagi loyihalarni keng jamoatchilik orasida muhokama qilish, shuningdek, mazkur loyihalarni amalga oshirish jarayoni, shu jumladan loyiha va pudrat tashkilotlari, bajariladigan ishlar qiymati toʻgʻrisidagi axborotni eʼlon qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maqsadli jamgʻarmalar tushumlari va xarajatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni muntazam eʼlon qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) uch oy muddatda yoʻl qurilishi sohasidagi eng ustuvor loyihalarni tanlab olish va baholash, shuningdek, zamonaviy standartlarni hisobga olgan holda avtomobil yoʻllari holatini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 9-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5890-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 06/19/5890/4126-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son, 22.04.2024-y., 06/24/64/0291-son)