1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.01.00 Umumiy masalalar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.04.00.00 Mehnat staji / 06.04.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi joriy qilinishini va uning ishlashini taʼminlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 31-oktabrdagi PQ-4502-son qarori ijrosini taʼminlash hamda mehnat munosabatlari va kadrlar bilan ish yuritishda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda “UZINFOCOM” davlat axborot xizmatlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator” MCHJ bilan birgalikda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini (keyingi oʻrinlarda “YAMMT” IDAK deb ataladi), joylashtirish va uning ishlashi uchun mavjud resurslar server va kommutatsion qurilmalari bilan toʻldirilishini nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi bilan birgalikda “YAMMT” IDAKning server va kommutatsion qurilmalar va dasturiy taʼminotini axborot xavfsizligi standartlariga muvofiqlik va ruxsatsiz foydalanishdan himoyalanganlik boʻyicha ekspertizadan oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” “YAMMT” IDAK belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini hamda Davlat axborot resurslari va davlat organlarining axborot tizimlari reyestriga kiritilishini taʼminlasin, Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi esa fuqarolarning shaxsga doir maʼlumotlaridan ruxsatsiz foydalanishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida muntazam ravishda axborot xavfsizligi boʻyicha audit oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Davlat statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi, AT Xalq banki “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablarini inobatga olgan holda “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi vositasida “YAMMT” IDAK bilan idoralararo maʼlumot almashish boʻyicha texnologik yoʻriqnomalarni ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi “YAMMT” IDAKni boshqarish direksiyasi (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiyani saqlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YAMMT” IDAKni tumanlarda (shaxarlarda) ishlatish boʻyicha maslahatchi mutaxassislarning funksiyalari tumanlar (shaharlar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlaridagi hududiy bandlik dasturlarini shakllantirish va monitoring olib borish boʻyicha sektor mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bir oy muddatda Direksiya negizida vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning masʼul xodimlari uchun “YAMMT” IDAKdan foydalanish koʻnikmalarini oʻrgatish boʻyicha seminar-treninglar tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Direksiya Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Ya. Gʻulomov koʻchasi, 38-uy manzilida joylashgan Mirzo Ulugʻbek tumani Bandlikka koʻmaklashish markazi binosiga joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 5-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
971-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 971-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom xodimlar bilan ish beruvchilar oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomalarini roʻyxatga olish, “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (keyingi oʻrinlarda “YAMMT” IDAK deb ataladi) — axborot resurslari, texnologiyalar va aloqa vositalarining tashkiliy tartibga solingan majmui boʻlib, u orqali roʻyxatga olingan mehnat shartnomalari va xodimlarning mehnat stajiga oid maʼlumotlarni yigʻish, saqlash va qayta ishlash amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YAMMT” IDAK operatori (keyingi oʻrinlarda operator deb ataladi) — axborot tizimining ishlashini, undan foydalanishni, shuningdek, “YAMMT” IDAK ishlashining tashkiliy va texnik jihatlari bilan bogʻliq muntazam tartibga solish vakolatlari amalga oshirilishini taʼminlaydigan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini boshqarish direksiyasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish beruvchi — tashkilot, shu jumladan, uning alohida tarkibiy boʻlinmalari nomidan ularning rahbarlari, mulkdori ayni vaqtda uning rahbari hisoblanadigan xususiy korxonalar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda oʻn sakkiz yoshga toʻlgan alohida shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazish — mehnat haqidagi qonunlar talablariga muvofiq ish beruvchi bilan xodim oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “YAMMT” IDAKga kiritish jarayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimning elektron mehnat daftarchasi — jismoniy shaxsning mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan elektron hujjat, u mehnat shartnomasi ish beruvchi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilganligi, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtganlik, oʻzini oʻzi band qilganning vaqtinchalik mehnat guvohnomasi olinganligi, vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga ketayotgan fuqarolar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan sugʻurta badallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida “YAMMT” IDAKda shakllantiriladi, shuningdek, unda xodim toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, maʼlumoti, kasbi, mutaxassisligi), ishga joylashish davrlari (ishga qabul qilish, boshqa ishga oʻtkazish), hisoblangan ish haqi, shuningdek, jismoniy shaxsning mehnatiga haq toʻlash tarzidagi daromadlardan toʻlangan soliqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoralararo oʻzaro axborot hamkorligi ishtirokchilari — “YAMMT” IDAK bilan maʼlumotlar ayirboshlanishiga jalb etilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish beruvchining shaxsiy kabineti — roʻyxatdan oʻtgan ish beruvchilarga xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzish, ularni bekor qilish, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek, ish oʻrinlari, boʻsh ish oʻrinlari va xodimlar haqidagi maʼlumotlarni kiritish imkonini beruvchi “YAMMT” IDAKning yopiq boʻlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxsning shaxsiy kabineti — roʻyxatdan oʻtgan jismoniy shaxslarga oʻzlarining elektron mehnat daftarchalariga kirish imkonini beruvchi “YAMMT” IDAKning yopiq boʻlimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mehnat munosabatlarini roʻyxatdan oʻtkazishda “YAMMT” IDAKdan foydalanish tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, barcha ish beruvchilar uchun majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini boshqarish direksiyasi “YAMMT” IDAK operatori hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “YAMMT” IDAKni ishlab chiqish, yuritish, saqlab turish va takomillashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xususiy tashkilotlarga “YAMMT” IDAKga maʼlumotlarni kiritish boʻyicha shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Ish beruvchining shaxsiy kabinetiga kirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ish beruvchi yozma shaklda tegishli qarorni rasmiylashtirish yoʻli bilan “YAMMT” IDAKga kirish huquqiga ega boʻlgan masʼul shaxs va yoki bir nechta masʼul shaxslarni belgilashi shart, yakka tartibdagi tadbirkor bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “YAMMT” IDAKda mehnat shartnomalarini roʻyxatga olish funksiyasi rahbar yoki u tomonidan belgilangan boshqa shaxsga yuklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Xodim va ish beruvchi oʻrtasida mehnat shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilishni roʻyxatga olish tartibi ijrosini, shuningdek, “YAMMT” IDAKda elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritishni taʼminlash maqsadida ish beruvchi masʼul shaxs (shaxslar)ni belgilab, unga (ularga) yuridik shaxsning elektron raqamli imzosi kalitini taqdim etish orqali “YAMMT” IDAKga kirish imkonini berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “YAMMT” IDAKda roʻyxatdan oʻtish uchun ish beruvchi my.mehnat.uz elektron manziliga oʻtishi va “Elektron hukumat” tizimining foydalanuvchilarni identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi orqali identifikatsiyadan oʻtishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Identifikatsiyadan oʻtgandan soʻng “YAMMT” IDAK avtomatik ravishda taqdim etilgan maʼlumotlarni “Elektron hukumat” tizimining yuridik shaxslar maʼlumotlar bazasida mavjud maʼlumotlar bilan taqqoslaydi va xatolar aniqlanmagan taqdirda, idoralararo elektron hamkorlik tizimi yordamida ish beruvchi “YAMMT” IDAKda roʻyxatga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Roʻyxatga olingandan soʻng avtomatik ravishda ish beruvchining shaxsiy kabineti shakllantiriladi. Ish beruvchining shaxsiy kabinetiga kirish yuridik shaxsning vakolatli vakilining elektron raqamli imzosi (keyingi oʻrinlarda ERI deb ataladi) kaliti yordamida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Yuridik shaxsga tegishli soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda STIR deb ataladi) “YAMMT” IDAKda ish beruvchining identifikatori hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ish beruvchida dasturiy yoki apparat vositalari boʻlmasa yoxud “YAMMT” IDAKda mustaqil ravishda roʻyxatdan oʻtishga toʻsqinlik qiladigan boshqa sabablar mavjud boʻlsa, roʻyxatdan oʻtish mehnat organlarida bepul amalga oshirilishi mumkin. Bunda maʼlumotlarni tasdiqlash ish beruvchi (yuridik shaxs)ning ERIdan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Istisno tariqasida, xodimlarning soni koʻpligi yoki boshqa sabablarga koʻra ish beruvchi tomonidan mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish vakolati uning tarkibiy boʻlimlariga oʻtkazilgan hollarda ish beruvchining “YAMMT” IDAK operatoriga yoʻllagan soʻroviga koʻra, mehnat shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilishni roʻyxatdan oʻtkazish, ish oʻrinlari, boʻsh ish oʻrinlari va tarkibiy boʻlinmalar xodimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish uchun alohida shtat tuzilmasi (jadvali) bazasi shakllantirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ish beruvchi tugatilganda uning shaxsiy kabinetiga kiritilgan maʼlumotlar “YAMMT” IDAK maʼlumotlar arxiviga yuboriladi va u yerda cheklanmagan muddat davomida saqlanadi. Ish beruvchi tugatilgandan soʻng operator manfaatdor shaxslarning davlat pensiyasini tayinlash bilan bogʻliq boʻlgan asoslangan buyurtmanomalari boʻyicha ish beruvchining shaxsiy kabinetiga kirish huquqiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tashkilot mulkdori oʻzgarganda, qayta tashkil etilganda (birlashtirish, qoʻshib yuborish, boʻlinish, ajratish, oʻzgartirish) shaxsiy kabinet uning huquqiy vorisida saqlanib qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Tashkilotning tuzilmasini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. “YAMMT” IDAKda tashkilot tuzilmasini shakllantirish tashkilot shtat jadvaliga muvofiq (agar mavjud boʻlsa) boʻlinmalar va ish oʻrinlari haqidagi maʼlumotlarni kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bunda har bir lavozim alohida yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tashkilotning tuzilmasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotning barcha boʻlinmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, yuridik shaxsning alohida STIRiga ega boʻlgan va alohida yuridik shaxs boʻlganlaridan tashqari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy, ishlab chiqarish va texnik xodimlar bilan birgalikda tashkilotdagi barcha ish oʻrinlari, shu jumladan, boʻsh ish oʻrinlari haqidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Boʻlinmalar haqidagi maʼlumotlarni kiritish boʻlinma nomi yozilgan maxsus shaklni toʻldirish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ish joyi haqidagi maʼlumotlarni kiritish Xizmatchilar asosiy lavozimlari va ishchi kasblari klassifikatoriga muvofiq lavozim nomi yozilgan maxsus shaklni toʻldirish yoʻli bilan va xodimlarning maoshi, stavka hajmi va ish oʻrniga qoʻyilgan talablar, shu jumladan, mehnat sharoitlari va lavozim vazifalarini koʻrsatgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Mehnat shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ish beruvchi va xodim oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha “YAMMT” IDAKga mehnat shartnomasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ish beruvchi mehnat shartnomasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadi va kiritilgan maʼlumotlarni yuridik shaxsning ERI yordamida tasdiqlaydi. Mehnat shartnomasi toʻgʻrisidagi kiritilgan maʼlumotlar yuridik shaxsning ERI bilan tasdiqlanmagan taqdirda, mehnat shartnomasi roʻyxatdan oʻtkazilmagan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Mehnat shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazish paytida notoʻgʻri maʼlumotlar kiritilgan taqdirda ish beruvchi besh ish kuni mobaynida mehnat shartnomasining notoʻgʻri kiritilgan maʼlumotlarini tahrir qilishi mumkin. Koʻrsatib oʻtilgan muddat oʻtib ketgan taqdirda ish beruvchi oʻrnatilgan “YAMMT” IDAK aloqa kanallari orqali ERI identifikatsiyasi bilan operatorga murojaat qiladi. Barcha murojaatlar operator tomonidan besh ish kuni davomida ketma-ketlik tartibida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Tuzilgan mehnat shartnomasiga qoʻshimcha bitimni roʻyxatdan oʻtkazish “YAMMT” IDAKga mehnat shartnomasidagi qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar haqidagi maʼlumotlarni kiritish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Mehnat shartnomasiga qoʻshimcha bitim boʻyicha kiritilgan maʼlumotlar ish beruvchi tomonidan yuridik shaxsning ERI yordamida tasdiqlanadi. Qoʻshimcha bitim yuridik shaxsning ERI bilan tasdiqlanmasdan roʻyxatdan oʻtkazilgan taqdirda, qoʻshimcha kelishuv roʻyxatdan oʻtkazilmagan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Qoʻshimcha kelishuv maʼlumotlari notoʻgʻri kiritilgan hollarda ish beruvchi notoʻgʻri kiritilgan maʼlumotlarni besh ish kuni mobaynida tahrir qilishi mumkin. Belgilangan muddat oʻtib ketgan taqdirda, ish beruvchi operatorga murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Har bir roʻyxatdan oʻtkazilgan mehnat shartnomasiga qoʻshimcha bitimga keyinchalik xizmatda foydalanish uchun noyob raqam beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Xodimning ijtimoiy taʼtilga chiqishini roʻyxatdan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Xodimning ijtimoiy taʼtilga chiqishini roʻyxatdan oʻtkazish “YAMMT” IDAKga ijtimoiy taʼtil davri toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Xodimning ijtimoiy taʼtilini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi kiritilgan maʼlumotlar ish beruvchi tomonidan yuridik shaxsning ERIsi yordamida tasdiqlanadi. Xodimning ijtimoiy taʼtilga chiqishi yuridik shaxsning ERIsi bilan tasdiqlanmasdan roʻyxatga olingan taqdirda kiritilgan maʼlumotlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Xodimning ijtimoiy taʼtilga chiqishi boʻyicha notoʻgʻri maʼlumotlar kiritilgan taqdirda ish beruvchi besh ish kuni mobaynida notoʻgʻri kiritilgan maʼlumotlarni tahrir qilishi mumkin. Belgilangan muddatdan oshgan taqdirda ish beruvchi operatorga murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Mehnat shartnomasining bekor qilinishini roʻyxatdan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Mehnat shartnomasining bekor qilinishini roʻyxatdan oʻtkazish “YAMMT” IDAKga ish beruvchi va xodim oʻrtasidagi mehnat shartnomasining bekor qilinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Mehnat shartnomasining bekor qilinishini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi kiritilgan maʼlumotlar ish beruvchi tomonidan yuridik shaxsning ERIsi yordamida tasdiqlanadi. Mehnat shartnomasining bekor qilinishi yuridik shaxsning ERIsi bilan tasdiqlanmasdan roʻyxatga olingan taqdirda kiritilgan maʼlumotlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Mehnat shartnomasining bekor qilinishi boʻyicha notoʻgʻri maʼlumotlar kiritilgan taqdirda ish beruvchi besh ish kuni mobaynida notoʻgʻri kiritilgan maʼlumotlarni tahrir qilishi mumkin. Belgilangan muddat oʻtib ketgan taqdirda, ish beruvchi operatorga murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Mehnat shartnomasining bekor qilinishi roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng mehnat shartnomasi toʻgʻrisidagi barcha yozuvlar avtomatik ravishda tashkilotning elektron arxiviga tushadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Tashkilotning elektron arxivi tashkilotning butun faoliyati davrida xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzilishi, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi, bekor qilinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi va ish beruvchining shaxsiy kabineti orqali ular bilan tanishish mumkin boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Boʻsh ish oʻrinlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Tashkilot tarkibida yaratilgan ish oʻrni agar ushbu ish oʻrniga mehnat shartnomasi roʻyxatdan oʻtkazilmagan boʻlsa, boʻsh hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Boʻsh ish oʻrinlari haqidagi maʼlumotlar tashkilotning umumiy tuzilmasida, shuningdek, ish beruvchi shaxsiy kabinetining alohida boʻlimida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Boʻsh ish oʻrni tashkil etilganidan yoki mehnat shartnomasining bekor qilinishi roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab besh kalendar kun mobaynida boʻsh ish oʻrniga mehnat shartnomasi roʻyxatdan oʻtkazilmagan boʻlsa, bu boʻsh ish oʻrni haqidagi maʼlumot avtomatik ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining boʻsh ish oʻrinlari milliy bazasiga uzatiladi va barcha uchun ochiq boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Ish beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining boʻsh ish oʻrinlari milliy maʼlumotlar bazasiga bu haqida maʼlumot berishda boʻsh ish oʻrni haqidagi maʼlumotda lavozim maoshi koʻrsatilishini oʻchirib qoʻyish imkoniga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Ish oʻrni mehnat shartnomasi tuzilganligi roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng boʻsh hisoblanmaydi, bunda boʻsh ish oʻrni haqidagi maʼlumot Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining boʻsh ish oʻrinlari milliy bazasida nofaol boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Jismoniy shaxsning shaxsiy kabinetiga kirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. “YAMMT” IDAKda roʻyxatdan oʻtish uchun jismoniy shaxs my.mehnat.uz elektron manziliga oʻtishi va “Elektron hukumat” tizimining foydalanuvchilarni identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi orqali jismoniy shaxsning ERI yordamida yoki kadrlar boʻyicha ish yurituvchi masʼul xodim yoki mehnat organining masʼul xodimi tomonidan verifikatsiya qilingan telefon raqamiga SMS xabar orqali yuborilgan kirish kodi yordamida identifikatsiyadan oʻtishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Identifikatsiyadan oʻtgach “YAMMT” IDAK avtomatik ravishda taqdim yetilgan maʼlumotlarni “Elektron hukumat” tizimi jismoniy shaxslar maʼlumotlar bazasida mavjud maʼlumotlar bilan solishtiradi va xatolik aniqlanmagan hollarda idoralararo elektron hamkorlik tizimi yordamida jismoniy shaxsni “YAMMT” IDAKda roʻyxatga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Roʻyxatdan oʻtgandan soʻng avtomatik ravishda jismoniy shaxsning shaxsiy kabineti shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. “YAMMT” IDAKda jismoniy shaxsga tegishli jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda JSHSHIR deb ataladi) jismoniy shaxsning identifikatori hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Tashkilotda kadrlar bilan ish yurituvchi masʼul xodim yoki mehnat organining masʼul xodimi jismoniy shaxslarning yozma murojaati asosida ular bilan bogʻlanish maʼlumotlariga oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Jismoniy shaxs Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashash uchun ketgan taqdirda yoki vafot etgan taqdirda shaxsiy kabinetdagi maʼlumotlar “YAMMT” IDAKda saqlanishda davom etadi va ishonchli shaxslarga yoki qonuniy vorislarga taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Elektron mehnat daftarchasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. “YAMMT” IDAKdagi elektron mehnat daftarchasiga kirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mustaqil ravishda, jismoniy shaxsning ERIdan yoki kadrlar bilan ish yurituvchi masʼul xodim yoki mehnat organining masʼul xodimi tomonidan verifikatsiya qilingan telefon raqamiga SMS xabar orqali yuborilgan kirish kodidan foydalanib — xodim tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng — ish beruvchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Elektron mehnat daftarchasidagi maʼlumotlar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Jismoniy shaxslar oʻz tashabbusi bilan oʻzlarining oʻtgan davrlardagi ishga joylashish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “YAMMT” IDAKga mustaqil kiritishlari mumkin. Shu bilan birga kiritilgan maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi organlari tomonidan yozuv kiritilgandan soʻng oʻn besh kun mobaynida verifikatsiya qilinishi (tasdiqlanishi) lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-bob. Oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Jismoniy shaxslarga oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomalarini berishda mehnat organlari guvohnoma berilgan kundan boshlab uch kundan kechiktirmay ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “YAMMT” IDAKga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. “YAMMT” IDAKga oʻzini oʻzi band qilgan holda vaqtinchalik mehnat guvohnomasida koʻrsatilgan mehnat faoliyati olib borilgan davr kiritiladi. Bunda davrning birinchi kuni vaqtinchalik mehnat guvohnomasida koʻrsatilgan faoliyatning boshlanish sanasi va oxirgi kuni faoliyatning yakunlangan sanasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Oʻzini oʻzi band qilgan holda mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi “YAMMT” IDAKda saqlanadigan maʼlumotlar pensiya hisoblashda tegishli ish bilan bandlik davrini mehnat stajiga kiritish uchun asos boʻladi. Bunda vaqtinchalik mehnat guvohnomalarini taqdim etish orqali tasdiqlash talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va unga idoraviy mansub tashkilotlar “YAMMT” IDAKning ishlashi, axborot xavfsizligining taʼminlanishi, axborot tizimi tarkibidagi shaxsga doir maʼlumotlarga ruxsatsiz kirishning oldini olish uchun masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Mehnat shartnomalarini roʻyxatga olish, xodimlarning elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibining ijro etilishi boʻyicha javobgarlik ish beruvchilar va zimmasiga tegishli vazifalar yuklangan boshqa organlarga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish beruvchi bilan xodim oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Harakatlar
Muddatlar
1-bosqich
Ish beruvchi
Oʻzbekiston Respublikasi foydalanuvchilarini identifikatsiya qilish yagona axborot tizimi orqali identifikatsiyadan oʻtish yoʻli bilan my.mehnat.uz manzili boʻyicha “YAMMT” IDAKda roʻyxatdan oʻtish.
Qonunda belgilangan muddatda
2-bosqich
Ish beruvchi
Ish beruvchining shaxsiy kabinetini shakllantirish.
Roʻyxatdan oʻtgandan soʻng avtomatik tarzda
3-bosqich
Ish beruvchi
Shtat jadvaliga muvofiq (agar mavjud boʻlsa) boʻlinmalar va ish oʻrinlari haqidagi maʼlumotlarni kiritish yoʻli bilan tashkilot tuzilmasini shakllantirish.
Ish beruvchining shaxsiy kabineti shakllantirilganidan soʻng
4-bosqich
Ish beruvchi
Mehnat shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazish.
1. Xodim haqidagi maʼlumotlarni kiritish: pasport seriyasi va raqami, JSHSHIR.
2. Mehnat shartnomasi rekvizitlarini kiritish: mehnat shartnomasi raqami; mehnat shartnomasi tuzilgan sana.
3. Mehnat shartnomasi shartlarini kiritish: ishni boshlash sanasi; mehnat shartnomasining tugashi sanasi*; ish joyi; sinov muddati; faoliyat turi; ish vaqti va dam olish vaqti; yillik haq toʻlanadigan taʼtil; qoʻshimcha haq toʻlanadigan taʼtil; mehnatga haq toʻlash.
Ish beruvchining shaxsiy kabinetidagi tashkilotning shakllantirilgan tuzilmasida ish oʻrni yaratilganidan soʻng
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga yoki muayyan ishni bajarish vaqtiga tuzilgan taqdirda tegishli belgi qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron mehnat daftarchalarida maʼlumotlarni shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Harakatlar
Muddatlar
1-bosqich
Jismoniy shaxs (xodim),
ish beruvchi
my.mehnat.uz elektron manzili boʻyicha “Elektron hukumat” tizimining foydalanuvchilarni identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi orqali jismoniy shaxsning ERI yordamida yoki kadrlar boʻyicha ish yurituvchi masʼul xodim yoki mehnat organining masʼul xodimi tomonidan verifikatsiya qilingan telefon raqamiga SMS xabar orqali yuborilgan kirish kodi yordamida roʻyxatdan oʻtish.
Mehnat shartnomasi tuzilganda
2-bosqich
Jismoniy shaxs (xodim)
Jismoniy shaxsning shaxsiy kabineti shakllantirilishi.
Roʻyxatdan oʻtgandan soʻng avtomatik tarzda
3-bosqich
Ish beruvchi
Elektron mehnat daftarchasida mehnat shartnomasini tuzish, oʻzgartirish va tugatishni roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi maʼlumotlarni avtomatik tarzda shakllantirish.
Mehnat shartnomasi roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Jismoniy shaxslar oʻz tashabbusi bilan oʻzlarining mehnat faoliyati davrlari toʻgʻrisida “YAMMT” IDAKga maʼlumotlarni mustaqil kiritishlari mumkin. Shu bilan birga elektron mehnat daftarchasidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi organlari tomonidan belgilangan muddatda verifikatsiya qilinganidan (tasdiqlanganidan) soʻng shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 971-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini boshqarish direksiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish