01.05.1998 yildagi 633-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ USTASI” FAXRIY UNVONINI TAʼSIS ETISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni taʼsis etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 64-modda; 1997-yil, № 2, 64-modda) 1-moddasi “Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi” degan soʻzlardan soʻng quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlari toʻgʻrisidagi Nizom “Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvoniga oid matndan keyin quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼatni rivojlantirishda alohida xizmat koʻrsatgan xalq ustalariga ularning milliy madaniyatni yanada rivojlantirish va isteʼdodli yoshlarni tayyorlashga qoʻshgan hissalari uchun beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi faxriy unvonlarining koʻkrak nishonlari tavsifi “Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvonining koʻkrak nishoni tavsifidan keyin quyidagi mazmundagi matn bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida xalq ustalari yasagan buyumlar (qumgʻon, lagan va xontaxta), pastki oʻng chekkasida dafna navdasi tasvirlangan. Nishonning chap qismi yuqorirogʻidan “XALQ USTASI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 1-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
633-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 114-modda)