Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 29-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1036-2]
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019-yil 28-noyabrdagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan, buyuraman:
1. “Investitsiya loyihasi uchun dastlabki ruxsat beruvchi hujjatlar tarkibi, ularni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni (roʻyxat raqami 1036, 2001-yil 26-may) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019-yil 19-noyabrdagi 9135/10-04-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining 2001-yil 15-maydagi 1-son “Investitsiya loyihasi uchun dastlabki ruxsat beruvchi hujjatlar tarkibi, ularni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1036, 2001-yil 26-may);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining 2011-yil 27-iyuldagi 3-son “Investitsiya loyihasi uchun dastlabki ruxsat beruvchi hujjatlar tarkibi, ularni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1036-1, 2011-yil 8-sentabr).
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 29-noyabr,
519-mh-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 10/19/1036-2/4086-son)