Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hayʼati aʼzolari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 15-maydagi 402-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hayʼati aʼzolarining soni 7 (yetti) nafardan iborat boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hayʼati quyidagi tarkibda tasdiqlansin:
|
1. |
Sharipov Najmiddinxodja Shuxratovich |
— |
rais |
|
2. |
Karimov Bobir Xasanovich |
— |
raisning birinchi oʻrinbosari |
|
3. |
Karabayev Farrux Esanaliyevich |
— |
rais oʻrinbosari |
|
4. |
Ummatov Bekzod Xamzayevich |
— |
rais oʻrinbosari |
|
5. |
Abdukadirov Sandjar Xoshimovich |
— |
Qonun hujjatlari va davlat organlari qarorlarining raqobat muhitiga taʼsirini baholash boshqarmasi boshligʻi |
|
6. |
Nurmatov Alisher Furqatovich |
— |
Ustun mavqeni suiisteʼmol qilish, til biriktirishlar va kartel kelishuvlarga qarshi kurashish boshqarmasi boshligʻi |
|
7. |
Xaitmetov Elmurat Sidikmatovich |
— |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligining direktori. |
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-noyabr,
954-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2019-y., 09/19/954/4082-son)