25.10.2019 yildagi 20-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ma’muriy ishlar bo‘yicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 38-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ma’muriy ishlar bo‘yicha sud xarajatlarini undirish amaliyotida mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish, sudlar tomonidan mazkur masalaga doir qonun hujjatlari to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, ma’muriy ishlar bo‘yicha sud xarajatlari davlat boji va ishni ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlardan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni (bundan buyon matnda “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonun deb yuritiladi) 3-moddasining birinchi qismiga muvofiq davlat boji deganda, yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun undiriladigan majburiy to‘lov tushuniladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 21-fevraldagi 05-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boji boshqa majburiy to‘lovlar qatorida O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini shakllantirishning tarkibiy qismini tashkil etishi tufayli, sudlar ma’muriy ishlar bo‘yicha davlat boji undirishga doir qonun talablariga so‘zsiz rioya etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tushuntirilsinki, ma’muriy ishlar bo‘yicha davlat boji quyidagilardan undiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) birinchi instansiya sudiga beriladigan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat hokimiyati organlarining, davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov komissiyalarining harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishni ro‘yxatga olish rad etilganligi yoki notariusning yoxud fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etganlik yoxud belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan bo‘yin tovlaganlik ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MSIYUtKning 271-moddasida ko‘rsatilgan investitsiya nizolari bo‘yicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MSIYUtKning 272-moddasida ko‘rsatilgan raqobat to‘g‘risidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha undirish so‘zsiz tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjati yoki boshqa hujjat ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MSIYUtKning 27-moddasida ko‘rsatilgan ariza (shikoyat) bilan bir qatorda ushbu talablarga sababiy bog‘lanishda bo‘lgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi ariza (shikoyat)lardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) beriladigan apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlaridan:
(3-band 2-kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 38-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’muriy sudlarning hal qiluv qarorlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish yuritishni tugatish, arizani ko‘rmasdan qoldirish, sud jarimalarini solish to‘g‘risidagi ajrimlar ustidan;
(3-band 2-kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 38-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) sud hujjatlarining dublikatlari va ko‘chirma nusxalarini berganlik uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish hujjatlaridan fotonusxa ko‘chirish uchun davlat boji undirilmaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ma’muriy ishlar bo‘yicha davlat bojini to‘lash bilan bog‘liq munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining (bundan buyon matnda MSIYUtK deb yuritiladi) 12-bobi, “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat boji ariza, shikoyat (bundan buyon matnda ariza deb yuritiladi) sudga berilgunga qadar to‘lanadi, agar qonunda boshqacha belgilanmagan bo‘lsa (masalan, to‘lovchi davlat bojini to‘lashdan ozod qilingan yoki sud davlat boji to‘lashni kechiktirgan yoxud bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat bergan bo‘lsa).
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boji naqd pulsiz shaklda to‘langanligi fakti bankning to‘lov qabul qilinganligi to‘g‘risidagi belgisi bo‘lgan to‘lov topshiriqnomasi yoki elektron to‘lov tizimidan olingan ma’lumotlar bilan tasdiqlanishi shart.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 38-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boji naqd pul shaklida to‘langanligi fakti bank tomonidan to‘lovchiga beriladigan belgilangan shakldagi kvitansiya bilan tasdiqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar muayyan sudda ko‘rilishi kerak bo‘lgan bir nechta arizalar bo‘yicha davlat boji bir to‘lov topshiriqnomasi bilan to‘langan bo‘lsa, to‘lov topshiriqnomasi ishlardan biriga ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qolgan ishlarga sudya tomonidan to‘lov topshiriqnomasi sanasi va raqami ko‘rsatilgan hamda to‘lov topshiriqnomasi qo‘shib qo‘yilgan ishga havola qilingan holda davlat boji to‘langanligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi (ma’lumotnoma tuziladi).
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. MSIYUtK 131-moddasining uchinchi qismi mazmuniga binoan, sudga taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha suddan yoki iqtisodiy suddan ariza (shikoyat) yoki ish materiallari kelib tushganda davlat boji kam to‘langanligi aniqlansa, sudya ariza (shikoyat) sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi to‘g‘risida arizachini ajrim orqali xabardor qiladi va unga buning uchun o‘n kundan oshmaydigan muddat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur ko‘rsatma belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda, sudya ariza (shikoyat) va unga ilova qilingan hujjatlarni MSIYUtK 134-moddasi birinchi qismining 11-bandiga asosan qaytaradi.
(51-band O‘zbekicton Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 38-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Shuni nazarda tutish lozimki, to‘lanishi lozim bo‘lgan davlat boji miqdori arizachi sudga murojaat qilayotgan talabining turiga qarab qonun hujjatlarida belgilangan stavkalar bo‘yicha aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir nechta mustaqil talablardan iborat bo‘lgan arizalardan davlat boji har bir talab bo‘yicha, ushbu talab uchun belgilangan tegishli stavkalar bo‘yicha alohida undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda sudlar, arizada javobgar zimmasiga muayyan majburiyat yuklashning so‘ralishi alohida talab emas, balki huquqni tiklash chorasi hisoblanishiga e’tibor qaratishlari lozim.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 38-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasiga ko‘ra uchinchi shaxslar ishga mustaqil talablar bilan kirishganida davlat boji umumiy asoslarda undiriladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 21-fevraldagi 05-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishga kirishgan arizachining huquqiy vorisidan davlat boji, agar u muqaddam to‘lanmagan bo‘lsa, umumiy asoslarda undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ariza bir necha shaxs tomonidan birgalikda taqdim etilganda, davlat boji mazkur turdagi talab uchun belgilangan miqdordan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashtirilgan bir yoki bir necha talablar sud tomonidan alohida ish yuritishga ajratilganda, qonun hujjatlari talablariga muvofiq to‘langan davlat boji qayta hisoblab chiqilmaydi va qaytarilmaydi. U alohida ajratilgan ish yuritish bo‘yicha hisobga olinadi, bu haqda sudya tomonidan tegishli ma’lumotnoma tuziladi va ish materiallariga qo‘shib qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sud tomonidan ko‘rmasdan qoldirilgan ariza takroran berilganda davlat boji qaytadan umumiy asoslarda to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, agar ariza ko‘rmasdan qoldirilganligi yoki qaytarilishi munosabati bilan davlat boji qaytarilishi lozim bo‘lgan, lekin qaytarilmagan bo‘lsa, ariza ko‘rmasdan qoldirilgan yoki qaytarishga asos bo‘lgan kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng takroran berilgan holda arizaga, agar davlat boji budjetga o‘tkazilgan kundan e’tiboran fuqarolik to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq da’vo muddati tugamagan bo‘lsa, davlat boji to‘langanligi haqidagi dastlabki hujjat ilova qilinishiga yo‘l qo‘yiladi (“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonun 19-moddasining to‘rtinchi va yigirma birinchi qismlari).
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 38-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boji masalasi hal qilinmasdan sudning ish yurituviga qabul qilingan ariza (shikoyat)lar MSIYUtKning 105-moddasiga asosan ko‘rmasdan qoldirilganda, davlat bojini undirish (sud xarajatlarini taqsimlash) umumiy asoslarda hal qilinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda sudlar “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunning 18-moddasi talabidan kelib chiqib, ariza (shikoyat)lar MSIYUtKning 105-moddasi 1, 5-bandlariga asosan ko‘rmasdan qoldirilganda, davlat boji undirilmasligini e’tiborga olishlari lozim.
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 38-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sudga davlat boji to‘lanmagan ariza kelib tushganda, sudya qonun bo‘yicha davlat bojini to‘lashdan ozod qilingan shaxslar ro‘yxatiga arizachi kirishi yoki kirmasligini tekshirishi shart (“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasi). Agar arizachi qonunga ko‘ra, davlat bojini to‘lashdan ozod qilinmagan bo‘lsa va arizada uni to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash haqida iltimosnoma mavjud bo‘lmasa, shuningdek pochta xarajatlari to‘lanmaganda, sudya to‘lanishi lozim bo‘lgan davlat boji, pochta xarajatlari summasini hamda ushbu kamchilik bartaraf qilingandan so‘ng arizachining umumiy tartibda takroran murojaat qilish huquqini ko‘rsatgan holda arizani qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqaradi (MSIYUtK 134-moddasi).
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 21-fevraldagi 05-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun bo‘yicha sudya ma’muriy sudga murojaat qilishda to‘lanishi lozim bo‘lgan davlat bojini to‘lashdan to‘liq yoki qisman ozod etish huquqiga ega emasligini nazarda tutish lozim. Biroq, arizachining mulkiy ahvolidan kelib chiqib, (masalan, ish haqi (daromadi), uning mulkida bo‘lgan mol-mulklari, bankdagi mablag‘lari, voyaga yetmagan farzandlari, boshqa qaramog‘idagilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va h.k.) sudya davlat bojini to‘lashni kechiktirishni yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash masalasini arizani ish yurituvga qabul qilish va ishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi ajrimda yoki arizachining iltimosnomasini qanoatlantirish haqidagi alohida ajrimda hal qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ham jismoniy, ham yuridik shaxsdan davlat foydasiga undiriladigan davlat bojini kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash masalasini hal qilishda, sud ularning bu xarajatlarni qisman yoki bir yo‘la to‘lashga qurbi yetmasligini tasdiqlovchi holatlar mavjudligi haqidagi dalillarni tekshirishi lozim. Pul mablag‘larining mavjud emasligi to‘g‘risidagi bankning tasdig‘i sudga murojaat qilingan sanadan ko‘pi bilan uch kun oldingi sana bilan qayd etilgan bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Sudlarga tushuntirilsinki, davlat bojini qaytarish asoslari “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunning 18-moddasida nazarda tutilgan bo‘lib, uning ma’nosiga ko‘ra, davlat boji qonunda talab qilinganidan ortiqcha miqdorda to‘langan bo‘lsa, shu ortiqcha to‘langan qismi, boshqa hollarda esa to‘liq hajmda qaytariladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 38-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sudlar nazarda tutishi lozimki, ma’muriy ishni ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dalillarni joyida ko‘zdan kechirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud xabarnomalarini va sud hujjatlarini yuborish bilan bog‘liq pochta xarajatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning e’tibori sud chiqimlarini to‘lashdan ozod etish qonunda nazarda tutilmaganligiga qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MSIYUtK 113-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar summasi sud tomonidan belgilanishi va ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ishni ko‘rish natijalariga ko‘ra undirilishi lozimligiga sudlarning alohida e’tibori qaratilsin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 38-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Sud chiqimlarining taraf (taraflar) tomonidan oldindan kiritilmaganligi guvohni, ekspertni, mutaxassisni chaqirish, joyiga borib ko‘zdan kechirish haqida qilingan iltimosnomani, agar bu taraflarning huquq va majburiyatlarini, ishning haqiqiy holatlarini har tomonlama, to‘la va xolisona aniqlash uchun zarur bo‘lsa, qanoatlantirishni rad etish uchun asos bo‘lmaydi. Bunday holda ishni ko‘rish bilan bog‘liq sarf qilingan chiqimlar, MSIYUtK 115-moddasida belgilangan qoidalar bo‘yicha sud hujjati qabul qilinayotganda undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tushuntirilsinki, guvohlar, ekspertlar mutaxassislar, tarjimonlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar va ularni to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-oktabrdagi 570-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomi bilan belgilangan.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 38-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Umumiy qoidaga ko‘ra, ish bo‘yicha sud xarajatlarini nizoda nohaq bo‘lib chiqqan taraf to‘laydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud xarajatlarini taraflar o‘rtasida taqsimlash va ularni davlat foydasiga undirish MSIYUtK 115-moddasi bilan tartibga solinadi. Shu sababli sud muhokamasi jarayonida sud (sudya) sud xarajatlari bilan bog‘liq holatlarni tekshirishi, bu holatlar bo‘yicha sud hujjatining asoslantiruvchi qismida tegishli xulosalar qilishi va, nafaqat undiruvga bo‘lgan huquqni, balki ish bo‘yicha tarafdan (taraflardan) undirilishi lozim bo‘lgan aniq summani belgilashi hamda shu summani sud hujjatining xulosa qismida ko‘rsatishi lozim.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlari o‘zlarining huquq va qonuniy manfaatlari himoyasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinganligi, ishning natijasi bo‘yicha talablarini qanoatlantirish to‘liq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji ulardan talablarining qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undirilishi sudlarga tushuntirilsin (“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonun 10-moddasi birinchi qismining 1-bandi va ikkinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslarning talablari qanoatlantirilganda davlat boji javobgardan (davlat boji to‘lashdan ozod qilinmagan bo‘lsa) qonunda arizachi uchun belgilangan stavkada undiriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 38-sonli qaroriga asosan uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Arizachi to‘lashdan belgilangan tartibda ozod qilingan davlat boji, agar javobgar boj to‘lashdan ozod qilinmagan bo‘lsa, qanoatlantirilgan talablar miqdoriga mutanosib ravishda javobgardan davlat daromadiga undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat bojini to‘lashdan ozod etilgan bir yoki bir nechta arizachi tomonidan bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilgan ariza to‘liq yoki qisman qanoatlantirilganda, u davlat foydasiga alohida har bir javobgardan qanoatlantirilgan talablarga mutanosib ravishda undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza qanoatlantirilgan holda arizachining tegishli iltimosnomasi mavjud bo‘lgandagina, sud xarajatlari uning zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslar notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvini ro‘yxatga olish rad etilganligi yoxud notariusning yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakat (harakatsizlik)lari yuzasidan, shuningdek davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilganligi yoxud belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan bo‘yin tovlaganlik ustidan nizolashish to‘g‘risidagi ariza (shikoyat) bilan sudga murojaat qilishda davlat boji to‘lashdan ozod etilmaganligi bois Davlat boji stavkalariga asosan BHMning 1 baravari miqdorida davlat boji to‘lashlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari manfaatlarini ko‘zlab sudga davlat boji to‘lamasdan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslari xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan taqdim etilgan ariza (shikoyat) qanoatlantirishdan rad etilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3318-sonli Qarorining 3-bandiga asosan manfaati ko‘zlab ariza (shikoyat) kiritilgan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalaridan davlat boji undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur qoida ariza ko‘rmasdan qoldirilgan yoki ish yuritish tugatilganda ham qo‘llanilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi moliya organlari tarkibiga kirishi sababli “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonun 10-moddasi birinchi qismining 6-bandiga asosan barcha ishlar hamda hujjatlar bo‘yicha davlat bojidan ozod etilganligiga e’tibor qaratilsin.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 38-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tushuntirilsinki, arizachi arz qilgan talablaridan voz kechganda u qilgan xarajatlarning o‘rni javobgar tomonidan qoplanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat bojini to‘lashdan ozod qilingan arizachi o‘z talablaridan ular javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘liq yoki qisman qanoatlantirilganligi oqibatida voz kechganligi sababli ish yuritish tugatilgan holda, davlat boji javobgardan davlat daromadiga undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ishda ishtirok etuvchi shaxslar kelishuv bitimi tuzgan bo‘lib, unda sud xarajatlarini taqsimlash haqidagi shart mavjud bo‘lsa, sudlar davlat bojini ushbu kelishuvga muvofiq taqsimlashi, kelishuv bitimida sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risida shart mavjud bo‘lmasa, bu masala kelishuv bitimini tasdiqlash chog‘ida, MSIYUtKda belgilangan umumiy tartibda hal etilishiga sudlarning e’tibori qaratilishi lozim.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 38-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. MSIYUtK 162-moddasiga ko‘ra, sud xarajatlari masalasiga doir qo‘shimcha hal qiluv qarori faqat, bu masala hal qiluv qarori chiqarish vaqtida yechilmagan holdagina chiqarilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Sudlarga tushuntirilsinki, davlat boji bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha qabul qilingan sud hujjatlari ustidan umumiy asoslarda shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Sudlar nazarda tutishi lozimki, “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonun 10-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar sud hujjatlari ustidan apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyati bilan murojaat qilganda davlat bojidan ozod etilgan.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 38-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati, taftish tartibidagi shikoyatni qanoatlantirish rad etilgan taqdirda, sud “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonun 10-moddasining ikkinchi qismi talablaridan kelib chiqib, davlat boji masalasini hal qilishi lozim.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
211. Shuni nazarda tutish lozimki, Oliy sudning sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni o‘rganish davomida yuridik ahamiyatga molik bo‘lgan bir qator harakatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shunga ko‘ra, agar, davlat boji oldindan to‘lanmagan bo‘lsa-da, biroq buning uchun taftish shikoyati qaytarilmagan bo‘lsa, shikoyatni Oliy sudning Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazish rad etilganda davlat boji umumiy asoslarda undirilishi lozim.
(211-band O‘zbekicton Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 38-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
212. MSIYUtK 206-moddasining birinchi qismi, 230-moddasining birinchi qismi hamda 255-moddasining birinchi qismida apellyatsiya, kassatsiya va taftish protestlariga pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi nazarda tutilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning e’tibori protest asosida ko‘rilgan ish bo‘yicha sud xarajati ishni ko‘rish natijasiga ko‘ra, tegishli tarafdan undirilishiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish shikoyatidan voz kechilgan va shikoyatdan voz kechish sud tomonidan qabul qilinib, shikoyat bo‘yicha ish yuritish tugatilgan taqdirda to‘langan davlat boji qaytarilmaydi, to‘lanmagan davlat boji esa shikoyat bergan shaxsdan undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu qoida apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish shikoyati ko‘rmasdan qoldirilganida ham tatbiq etiladi.
(212-band O‘zbekicton Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 38-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Yuqori instansiya sudlari ma’muriy ishlarni apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida ko‘rish vaqtida quyi instansiya sudlari tomonidan sud xarajatlarini undirishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tuzatish choralarini ko‘rishi lozim.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 38-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari davlat soliq xizmati organlari bilan birgalikda davlat boji tushumlari hisobga olinishini vaqti-vaqti bilan taqqoslash o‘tkazishi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini amalga oshirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 25-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-son