14.08.1996 yildagi 284-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 06.07.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

OLIMPIYA SHON-SHUHRATI MUZEYINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonda Olimpiya harakatini keng targʻib qilish, ommaviy jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga koʻmaklashish, oʻsib kelayotgan jismonan sogʻlom va garmonik rivojlangan avlodni tarbiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sport qoʻmitasi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Madaniyat ishlari vazirligi, shuningdek respublika sport jamoatchiligining Toshkent shahrida Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi huzurida Olimpiya shon-shuhrati muzeyi tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Olimpiya shon-shuhrati muzeyi toʻgʻrisidagi Nizom (ilova qilinadi) tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sport qoʻmitasi Madaniyat ishlari vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Rassomlar uyushmasi bilan birgalikda Olimpiya shon-shuhrati muzeyini tashkil etishni taʼminlovchi tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin. Muzey ekspozitsiyalarini shakllantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat ishlari vazirligi, Rassomlar uyushmasi sport mavzuyidagi eksponatlarni Olimpiya shon-shuhrati muzeyida vaqtincha saqlash va namoyish etish uchun ajratsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi Olimpiya shon-shuhrati muzeyida namoyish etish uchun Oʻzbekiston sportchilarining xalqaro musobaqalardagi ishtiroki toʻgʻrisida videofilmlar yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sport mavzuyidagi eksponatlarga ega boʻlgan vazirliklar, idoralar va jamoat tashkilotlari ularning amaldagi tartibga binoan Olimpiya shon-shuhrati muzeyiga berilishida koʻmaklashsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Madaniyat va sport ishlari vazirligi talabnomalariga binoan muzey faoliyatini taʼminlash (shtatdagi xodimlarni mablagʻ bilan taʼminlash ham shunga kiradi) uchun respublika budjetidan har yili zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 191-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 6-iyundagi 239-f-son farmoyishi bilan Toshkent shahar hokimligiga Olimpiya shon-shuhrati muzeyi binosini rekonstruksiya qilishni tugallash hamda uni 1996-yil 20-avgustgacha foydalanishga topshirish vazifasi qoʻyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Binoni rekonstruksiya qilish va mukammal tuzatish, muzey atrofidagi hududni obodonlashtirish ishlarini bajarish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sport qoʻmitasi buyurtmachi, “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi pudratchi etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq nazarda tutilgan maqsadlarga zarur mablagʻlar ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Olimpiya shon-shuhrati muzeyini butlash uchun joʻnatilgan yuklarni bojxona poshlinalari toʻlashdan ozod etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 14-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
284-son

Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
14-avgustdagi 284-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olimpiya shon-shuhrati muzeyi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Olimpiya shon-shuhrati muzeyi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi 284-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Olimpiya shon-shuhrati muzeyi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hayʼati qarorlari va qoʻmita buyruqlari, mazkur Nizom va boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olimpiya shon-shuhrati muzeyi madaniy-maʼrifiy faoliyatining asosiy yoʻnalishlari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan belgilanadi va Olimpiya shon-shuhrati muzeyi ilmiy kengashida tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olimpiya shon-shuhrati muzeyining madaniy-maʼrifiy va moddiy-texnik negizi mavjud tarixiy jismoniy tarbiya va sport materiallari, yodgorliklar, binolar va sport inshootlarini oʻz ichiga oladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 191-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Olimpiya shon-shuhrati muzeyi oʻz faoliyatini ishlab chiqilgan yillik istiqbol ish rejalari asosida amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Olimpiya shon-shuhrati muzeyining moliyaviy mablagʻlari:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika budjetidan ajratmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy Olimpiya qoʻmitasi tomonidan ajratilgan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlar, muassasalar, firmalar, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari, jamoat birlashmalari, shuningdek alohida jismoniy shaxslarning begʻaraz xayriya mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz moliya-xoʻjalik faoliyatidan olingan daromadlar hisobiga shakllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. MADANIY-MAʼRIFIY VA TASHKILOTCHILIK FAOLIYATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar Olimpiya shon-shuhrati muzeyining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya va sport, Olimpiya oʻyinlari tarixini, Oʻzbekiston sportchilarining zamonaviy Olimpiya harakatini rivojlantirishdagi hissasini oʻrganish, shuningdek tarixiy materiallar, medallar, olimpiya timsoli tushirilgan znachoklar, pochta markalari kolleksiyalari, mashhur sportchilarning sport kiyimlari va shaxsiy anjomlarini va shu kabilarni toʻplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sportning milliy turlari va xalq oʻyinlariga oid tarixiy yodgorliklarni yigʻish va oʻrganish, muzeyda oʻzbek xalqining jismoniy tarbiya va sporti tarixini yorituvchi doimiy va vaqtincha ekspozitsiyalar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
istiqbolli tematik-ekspozitsiya rejalarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sportchilar, trenerlar, hakamlar, sport sohasidagi fan namoyondalari, Oʻzbekiston sport jamoatchiligi vakillarining xalqaro sport harakatidagi hissasini namoyish etuvchi eksponatlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzey ekspozitsiyalari boʻylab ekskursiyalar, tashrif buyuruvchilarning mashhur sportchilar, trenerlar, olimlar, sport jamoatchiligi vakillari bilan uchrashuvlarini tashkil etishga oid ishlarni bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy texnikaviy vositalarni Olimpiya shon-shuhrati muzeyi ekspozitsiyasi va ish amaliyotiga joriy etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el tashkilotlari, muassasalari va jismoniy shaxslaridan tarixiy materiallar sotib olishga oid ishlarni tashkil etish, ularning hamkorlikdagi faoliyati toʻgʻrisida shartnomalar va kontraktlar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet mamlakatlarning muzeylari bilan aloqalar oʻrnatish, belgilangan tartibda xalqaro muzey birlashmalari va tashkilotlariga kirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon sporti yutuqlari, chet mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sportni tashkil etishdagi ilgʻor tajribalarni umumlashtirish, bu yutuqlarni Oʻzbekiston sport amaliyotiga tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya va sportni ommaviy axborot vositalari orqali targʻib qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalariga oid axborot byulletenlari va ilmiy-uslubiy adabiyotlar nashr etish, sportga oid adabiyotlar nashr etishning yillik va istiqbol rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Olimpiya shon-shuhrati muzeyi belgilangan tartibda:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy mablagʻlariga mustaqil ravishda egalik qiladi, muzey moddiy-texnika bazasi holatining iqtisodiy tahlilini amalga oshiradi, uning moddiy boyliklari saqlanishini, tejamkorlik tartibiga, hisob va hisobotning toʻgʻri yuritilishiga va ishonchliligiga rioya etishni, shartnomalar asosida amalga oshiriladigan ishlarning holatini tekshirishni nazorat qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomga va mazkur Nizomga asoslanib, amaldagi qonunchilikka muvofiq Olimpiya shon-shuhrati muzeyi xodimlarining boʻsh lavozimlarini toʻldirishga konkurslar oʻtkazadi, ular bilan shartnomalar (mehnat bitimlari) tuzish asosida mehnat munosabatlarini belgilaydi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 191-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat qonunchiligiga mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normativlariga, texnika xavfsizligiga, yongʻin xavfsizligiga, davlat sugʻurtasiga, mehnat intizomiga, shuningdek oʻz mulkining saqlanishiga rioya etishni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. OLIMPIYA SHON-SHUHRATI MUZEYI TARKIBI VA BOSHQARUVI
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Olimpiya shon-shuhrati muzeyi tarkibida Ilmiy kengash va quyidagi boʻlimlar tashkil etiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-ekspozitsiya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkiliy-uslubiy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy-maʼrifiy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy-xoʻjalik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy kengash tarkibiga, odatda, muzey direktori (kengash raisi), uning oʻrinbosari, boʻlim mudirlari, shuningdek yetakchi olimlar, trenerlar, jismoniy tarbiya instituti hamda respublika universitetlari va pedagogika oliy oʻquv yurtlarining sportga oid fakultetlari xodimlari kiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ilmiy kengash tarkibi Olimpiya shon-shuhrati muzeyi direktorining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hayʼati tomonidan tasdiqlanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 191-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Muzey direktori Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tavsiyasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olimpiya shon-shuhrati muzeyi direktori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi qonunchilik Madaniyat va sport ishlari vazirligi toʻgʻrisidagi Nizom va mazkur Nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hayʼati oldida muzey faoliyati uchun shaxsan javob beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida tuzilmaga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritadi, shtatlar jadvalini, xarajatlar smetasini, shuningdek uning tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olimpiya shon-shuhrati muzeyi direktori oʻrinbosarining va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining muzey faoliyatining alohida yoʻnalishlariga rahbarligi darajasini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va muassasalari, xoʻjalik, sud, hakamlik va jamoat tashkilotlarida Olimpiya shon-shuhrati muzeyi nomidan ish koʻradi.
(9-bandning birinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 191-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. MUZEYNING SHTATLAR JADVALI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Olimpiya shon-shuhrati muzeyi xodimlarining shtatlar jadvali muzey faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va vazifalari hamda ajratilgan mehnatga haq toʻlash fondi bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Boʻsh lavozimlarga xodimlarni ishga olish va ularni ishdan boʻshatish Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, boshqa normativ hujjatlar va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. OLIMPIYA SHON-SHUHRATI MUZEYINING HUQUQLARI
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Olimpiya shon-shuhrati muzeyiga oʻz oldida turgan vazifalarni hal etishi hamda unga yuklangan funksiyalarni bajarishi uchun quyidagi huquqlar beriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar va jamoat tashkilotlaridan Olimpiya shon-shuhrati muzeyi vakolatiga kiruvchi masalalarga oid maʼlumotlarni olish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspozitsiya rejalari, jismoniy tarbiya va sportga oid koʻrgazmalar tayyorlash, tarixiy materiallar boʻyicha maslahatlashuvlar oʻtkazish uchun ularning rahbarlari bilan kelishgan holda vazirliklar, idoralar, muassasalar, tashkilotlar va oʻquv yurtlarining olimlari va mutaxassislarini jalb etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzokaralarda qatnashish va Respublika Madaniyat va sport ishlari vazirligi topshiriqlariga binoan Olimpiya shon-shuhrati muzeyi uchun eksponatlar sotib olish, ilmiy-uslubiy hamkorlik masalalari boʻyicha shartnomalar va bitimlarni imzolash, tashkilotlar, sport federatsiyalari va MOQning chet el muzey tashkilotlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar oʻrnatishiga koʻmaklashish, muzeyning ilmiy va boshqa toifa mutaxassislarini chet elga oʻqish va malaka oshirish uchun joʻnatish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 191-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy-maʼrifiy ishlar rejalarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya va sportni targʻib qilish boʻyicha maʼrifiy ishlar yuritish, jismoniy tarbiya va sport tarixi yodgorliklarini oʻrganish, bezash ishlariga olimlar, rassomlar, boshqa mutaxassislarni jalb etgan holda tematik ekspozitsiyalar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va chet mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot muassasalari, muzeylari bilan hamkorlikda tijorat asosida tadqiqotlar va koʻrgazmalar tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Olimpiya shon-shuhrati muzeyi unda aholidan noyob tarixiy materiallar va ashyolarni sotib olish, ularni taʼmirlash, shuningdek muzey xodimlarini mukofotlash uchun mablagʻlarni jamlagan holda maxsus fond ochishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Olimpiya shon-shuhrati muzeyi yuridik shaxs hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi oʻzbek hamda ingliz tillarida yozilgan muhriga egadir.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. OLIMPIYA SHON-SHUHRATI MUZEYI FAOLIYATINI TOʻXTATISH
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Olimpiya shon-shuhrati muzeyi faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hayʼatining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan toʻxtatiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 191-modda)
Keyingi tahrirga qarang.