Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 14.08.1996 yildagi 283-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TIBBIYOT VA FARMATSEVTIKA SANOATINI RIVOJLANTIRISHNI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLASH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vatanimiz tibbiyot va farmatsevtika sanoatini jadal rivojlantirishni ta’minlash, tarmoqda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, dori-darmon vositalari va tibbiy anjomlar ishlab chiqarish sohasini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi “O‘zfarmsanoat” konserni, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xorijiy investorlarni jalb etgan holda “O‘zfarmsanoat” konsernining importning o‘rnini bosuvchi dori-darmon vositalari va tibbiy anjomlar ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqsin hamda uni respublikaning 1997-yilgi investitsiya dasturiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “O‘zkimyosanoat” uyushmasi “O‘zfarmsanoat” konserni bilan birgalikda o‘ziga qarashli korxonalarning mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalangan holda mahalliy o‘simlik xom ashyosi va texnologiyalar asosida dori-darmon vositalari substansiyalarini sanoat yo‘li bilan ishlab chiqarish dasturini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga va “Agrobank” ATBga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa tijorat banklariga tibbiyot va farmatsevtika sanoati korxonalarini texnika bilan qayta jihozlash maqsadlari uchun ustuvor tartibda imtiyozli kreditlar berish tavsiya etilsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vatanimiz tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantirishni iqtisodiy rag‘batlantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zfarmsanoat” konserni korxonalari va tashkilotlariga soliqlarning barcha turlari bo‘yicha budjetga to‘lanishi kerak bo‘lgan summaning 50 foizi miqdorida 3 yil muddatga imtiyozlar berilsin, ushbu summa farmatsevtika industriyasini rivojlantirishga yo‘naltirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 12-martdagi 71-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 11-son, 143-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zfarmsanoat” konserni korxonalari, shu jumladan qo‘shma korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotga qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqishda importdan olinayotgan xom ashyo va butlovchi materiallar qiymati 3 yil muddatga soliq solinadigan bazadan chiqarilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 6-noyabrdagi 490-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asosiy dori vositalari ro‘yxatini ikki yilda kamida bir marta ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy buyumlar ro‘yxatini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asosiy dori vositalari ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalari, shuningdek tibbiy buyumlar ro‘yxatiga kiritilgan tibbiy buyumlarning davlat buyurtmasini shakllantirsin va ularning davlat tibbiyot muassasalarida bir oylik zaxirasi mavjud bo‘lishini ta’minlasin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 228-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markazlashtirilgan kapital mablag‘lar va moddiy resurslar limitlari prognozlarini, qurilishning aniq maqsadli dasturlarini tuzishda tibbiyot va farmatsevtika sanoati obyektlari ularga birinchi navbatda kiritilishini nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi har yili tibbiy bog‘lash materiallarini kooperatsiya asosida qayta ishlash va o‘zimizda ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun “O‘zfarmsanoat” konserniga paxta tolasi limitlarini nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari farmatsevtika sanoatini rivojlantirishga, dori-darmon xom ashyosi, tayyor dori-darmon vositalari, tibbiy anjomlar va tibbiy texnika ishlab chiqarish va qayta ishlash korxonalarini texnika bilan qayta jihozlash, rekonstruksiya qilish va yangilarini qurishga mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar mablag‘larini jalb etish ishlarini tashkil etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Pul-kredit siyosati bo‘yicha respublika komissiyasi ulgurji operatsiyalar bo‘yicha dori vositalari, tibbiy buyumlar xarid qilishga yo‘naltiriladigan pul mablag‘lari ustuvor konvertatsiya qilinishini ta’minlasin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 228-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasining “Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1995-yil 25-iyuldagi 287-son qaroriga 5-ilovaning “Dori-darmon vositalari” 1-bandidan TIF TN 3003 va 3004 tovar kodlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari S. Saidqosimov va B. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 14-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
283-son