25.11.2019 yildagi 950-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farg‘ona viloyatida intensiv texnologiyalarga asoslangan bog‘ va tokzorlar barpo etish loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga zamonaviy bozor munosabatlarining tatbiq etilishini ta’minlash, 2019-2020-yillarda Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston, Oltiariq va Quva tumanlarida, shuningdek, Quvasoy shahrida intensiv texnologiyalarga asoslangan, eksportbop navli bog‘ va tokzorlar barpo etish loyihasini samarali amalga oshirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Farg‘ona viloyati hokimligi hamda loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan mahalliy operator — “Green control” mas’uliyati cheklangan jamiyatining:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-2020-yillarda Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston, Oltiariq, Quva, Qo‘shtepa tumanlarida, shuningdek, Quvasoy shahrida 2000 gektar yer maydonida dastlabki qiymati 38,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan intensiv texnologiyalarga asoslangan, eksportbop navli bog‘ va tokzorlarni tajriba tariqasida aksiyadorlik jamiyati orqali barpo etish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-apreldagi 180-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.04.2021-y., 09/21/180/0281-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish uchun Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida aksiyadorlik jamiyati shaklidagi tadbirkorlik subyektini ta’sis etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalini Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligiga — 13 foiz, Farg‘ona viloyati hokimligiga — 2 foiz, mahalliy va xorijiy investorlarga — 85 foiz miqdorida taqsimlash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-apreldagi 180-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.04.2021-y., 09/21/180/0281-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Farg‘ona viloyati hokimligi loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yer maydonini bir oy muddatda belgilangan tartibda ajratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi hamda Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligining aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitalidagi ulushlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hamda Farg‘ona viloyati hokimligiga istisno tariqasida, aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitalidagi davlat paketlari bo‘yicha aksiyador huquqlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining yirik shaharlarida loyiha taqdimotlarini o‘tkazish, aholi va tadbirkorlik subyektlarining bo‘sh turgan mablag‘larini loyihani amalga oshirishga jalb etish, mablag‘lardan maqsadli va samarali ishlatilishi ta’minlash maqsadida auditorlik va konsalting xizmatlari ko‘rsatuvchi dunyoning “katta to‘rtligi”ga kirgan kompaniyalardan birini jalb etish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda intensiv texnologiyalarga asoslangan bog‘ va tokzorlarni aksiyadorlik jamiyati orqali barpo etish natijalariga ko‘ra, 2020-yil 1-dekabrga qadar mazkur loyihani respublikaning boshqa hududlariga tatbiq etish to‘g‘risida asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov va O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 25-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
950-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2019-y., 09/19/950/4072-son; 03.04.2021-y., 09/21/180/0281-son)