12.11.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3196
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining qarori, 12.11.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3196
Kuchga kirish sanasi
12.11.2019
Hujjat 12.11.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatini yoki ijro hujjati boʻlgan sud hujjatini uzrsiz sabablarga koʻra ijro etmagan qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni taʼminlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 12-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3196]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatini yoki ijro hujjati boʻlgan sud hujjatini uzrsiz sabablarga koʻra ijro etmagan qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni taʼminlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuror N. YOʻLDOSHEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 23-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 23-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xavfsizlik xizmati raisi A. AZIZOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 23-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining 2019-yil 23-oktabrdagi 52, 82, 27-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatini yoki ijro hujjati boʻlgan sud hujjatini uzrsiz sabablarga koʻra ijro etmagan qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni taʼminlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining hamkorligi tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 421-moddasiga muvofiq sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatini yoki ijro hujjati boʻlgan sud hujjatini (bundan buyon matnda ijro hujjati deb yuritiladi) uzrsiz sabablarga koʻra ijro etmagan qarzdor jismoniy shaxsning (bundan buyon matnda qarzdor deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni taʼminlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (bundan buyon matnda Majburiy ijro byurosi deb yuritiladi), Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari (bundan buyon matnda Chegara qoʻshinlari deb yuritiladi) bilan hamkorligini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) muvofiq qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash (bundan buyon matnda qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash deb yuritiladi) mazkur Nizomda belgilangan tartibda qoʻllaniladigan majburiy ijro etish choralaridan biri hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom talablari eksklav hududlarda doimiy yashovchi fuqarolarning doimiy yashash joyidan Oʻzbekiston Respublikasining boshqa hududiga oʻtishlarida va qaytishlarida qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash ijro hujjati talablari qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra belgilangan muddatda ijro etilmagan hollarda qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ijro hujjati sud hujjati boʻlmasa va sud hujjati asosida berilmagan boʻlsa, undiruvchi qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorida qarzdor tomonidan ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmagan taqdirda unga nisbatan majburiy ijro harakatlari qoʻllanilishi, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklanishini koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash quyidagi hollarda qoʻllanilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kunda bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oshmaydigan miqdorda summa undirishni nazarda tutuvchi ijro ishi boʻyicha (aliment yoki boshqa davriy toʻlovlarni undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bundan mustasno), shuningdek sud qarorini ijro etish uchun yetarli mol-mulk olib qoʻyilgan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdor sifatida yuridik shaxs ishtirok etgan ijro hujjati boʻyicha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat ijrochisi qarorining ijrosi ichki ishlar organlari va Chegara qoʻshinlari tomonidan muhokama qilinishiga, toʻxtatilishiga yoki boshqacha tarzda toʻsqinlik qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi, sud tartibida yoxud shikoyat yoki protest keltirish bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro ishi yuritilishi Qonunda belgilangan hollarda sud yoki davlat ijrochisi tomonidan toʻxtatib turilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklashni joriy etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi yoki ijro hujjati boʻlgan sud hujjatidagi talablar ixtiyoriy ravishda bajarish uchun belgilangan muddatda qarzdor jismoniy shaxs tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmaganda, davlat ijrochisi undiruvchining arizasi boʻyicha yoki oʻz tashabbusi bilan qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ijro hujjatidagi talablarni qarzdor tomonidan ijro etish muddati ijro ishi yuritish qoʻzgʻatilgan kundan oʻn besh kundan oshib ketmaydigan ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorda davlat ijrochisi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi ariza undiruvchi yoki uning vakili tomonidan davlat ijrochisiga taqdim qilinadi. Ushbu ariza qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklashning asoslantirilgan sababini oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ijrochisi qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklashni qoʻllash toʻgʻrisidagi undiruvchining arizasini koʻrib chiqib maxsus elektron tizim orqali qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi yoki arizani qanoatlantirishni rad qiladi va undiruvchiga yoxud uning vakiliga yozma yoki elektron shaklda asoslantirilgan javob yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat ijrochisining qarzdor chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi qarori katta davlat ijrochisi tomonidan maxsus elektron tizim orqali elektron shaklda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi qaror tasdiqlangandan soʻng cheklov qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot Yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimi (bundan keyin matnda Yagona elektron hamkorlik tizimi deb yuritiladi) orqali avtomatik tarzda Oʻzbekiston Respublikasidan Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga (bundan buyon matnda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi deb yuritiladi) hamda Chegara qoʻshinlariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarzdorga nisbatan cheklov qoʻyilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotda koʻrsatiladigan axborot tomonlar oʻrtasidagi kelishuv va texnik yoʻriqnomaga asosan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ijro hujjatlarida qarzdor yoki undiruvchining (agar qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash undiruvchining arizasiga binoan qoʻllanilgan boʻlsa) elektron pochtasi yoki telefon (mobil) raqami haqidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda, qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi xabarnoma uning joʻnatilganligi va qabul qilinib olinganligi faktini qayd etish imkonini beruvchi maxsus avtomatlashtirilgan tizimdan foydalangan holda elektron pochtaga yoki mobil aloqa vositalari orqali qisqa xabar (SMS) koʻrinishida yoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarzdor yoki undiruvchi elektron pochtasi yoki telefon (mobil) raqamiga qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi xabarnomani elektron shaklda yoki qisqa xabar (SMS) koʻrinishida yuborish imkoni boʻlmagan taqdirda, davlat ijrochisi tomonidan qaror chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmasdan qarorning koʻchirma nusxalari yashash manzili boʻyicha pochta orqali qarzdorga va undiruvchiga (agar qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash undiruvchining arizasiga binoan qoʻllanilgan boʻlsa) yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Agar qarzdor chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlsa, cheklov qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot, keyinchalik tegishli organga maʼlumot berish uchun Yagona elektron hamkorlik tizimi orqali avtomatik tarzda davlat ijrochisi tomonidan faqat Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Cheklov qoʻyilgani toʻgʻrisidagi maʼlumot qabul qilinganligi haqidagi elektron xabarnoma Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi va Chegara qoʻshinlari tomonidan Majburiy ijro byurosiga Yagona elektron hamkorlik tizimi orqali yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul qilingan cheklov Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi va Chegara qoʻshinlari tomonidan shu vaqtning oʻzida oʻzining idoraviy elektron bazasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Texnik nosozliklar, shuningdek vaqtincha elektron hujjat almashinuvi imkoni boʻlmagan holatlarda ushbu Nizomning 9 va 11-bandlarida nazarda tutilgan maʼlumotlar faks yoki hujjatli maʼlumotni tezkor joʻnatish imkonini beradigan boshqa aloqa vositalari orqali yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari (boshqarmalari) hamda Chegara qoʻshinlari boʻlinmalari sud yoki davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga nisbatan qoʻllanilgan vaqtincha cheklash olib tashlanmagunga qadar qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishiga yoʻl qoʻymaslikka majburdirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari (boshqarmalari) hamda Chegara qoʻshinlari boʻlinmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishi cheklangan qarzdor aniqlangan taqdirda, unga Majburiy ijro byurosining qaysi tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishi cheklangani toʻgʻrisida maʼlumot beriladi va toʻliq axborotni Majburiy ijro byurosining rasmiy veb-saytidan (www.mib.uz) olishi mumkinligi tushuntiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklashni olib tashlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklashga asos boʻlgan ijro hujjati talablari ijro etilganda yoxud Qonunda belgilangan asoslarga koʻra ijro hujjati tugatilganda, tamomlanganda yoki alimentlarni oldindan toʻlash hamda alimentlarni toʻlash majburiyatini garov bilan taʼminlanganda, shuningdek qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi davlat ijrochisining qarori bekor qilinganda davlat ijrochisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus elektron tizim orqali qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishiga qoʻyilgan vaqtincha cheklovni olib tashlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdorni va undiruvchini ushbu Nizomning 10-bandida belgilangan tartibda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Maxsus elektron tizimdan qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishiga qoʻyilgan vaqtincha cheklov olib tashlanganda cheklov olib tashlangani toʻgʻrisidagi maʼlumot Yagona elektron hamkorlik tizimi orqali avtomatik tarzda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga hamda Chegara qoʻshinlariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik nosozliklar, shuningdek vaqtincha elektron hujjat almashish imkoni boʻlmagan boshqa holatlarda cheklov olib tashlangani toʻgʻrisidagi maʼlumot shu vaqtning oʻzida faks yoki hujjatli maʼlumotni tezkor joʻnatish imkonini beradigan boshqa aloqa vositalari orqali yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklashga asos boʻlgan ijro hujjati talablari elektron toʻlov tizimlari orqali ijro etilganda Majburiy ijro byurosi tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishiga qoʻyilgan vaqtincha cheklov Ijro hujjatlarining yagona elektron bazasidan avtomatik tarzda olib tashlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
cheklov olib tashlangani toʻgʻrisidagi maʼlumot Yagona elektron hamkorlik tizimi orqali avtomatik tarzda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga hamda Chegara qoʻshinlariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Yagona elektron hamkorlik tizimi orqali Majburiy ijro byurosidan cheklov olib tashlangani toʻgʻrisidagi maʼlumot kelib tushgan taqdirda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi va Chegara qoʻshinlari tomonidan shu vaqtning oʻzida qarzdorning chiqishiga vaqtincha cheklov olib tashlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Davlat ijrochisi quyidagi hollarda qarzdorning iltimosnomasiga asosan qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklashni harakatdan toʻxtatib turishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida kasalxonaga yotqizishni talab qiladigan qarzdorning sogʻligʻini tiklash zaruriyatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarzdorni Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketuvchi rasmiy delegatsiya tarkibiga kiritish haqidagi qarori mavjud boʻlganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, qarzdorning chiqishiga vaqtincha cheklovni toʻxtatib turish toʻgʻrisida davlat ijrochisi qaror qabul qiladi va katta davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlanadi va ushbu Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan tartibda cheklov olib tashlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Qarzdorning chiqishiga vaqtincha cheklovni olib tashlashga quyidagilar asos boʻlmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijrochisi va sud tomonidan ijro ishi yuritish toʻxtatib turilganligi, davlat ijrochisining qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi qarori sud tomonidan toʻxtatib turilgan hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aliment qarzini joriy kun holatiga toʻlaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro ishi yuritish Qonunning 25-moddasiga asosan boshqa davlat ijrochisiga yuborilganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Majburiy ijro byurosi, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi hamda Chegara qoʻshinlari tomonidan qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklashlar hisobi boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasi yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Chiqishi vaqtincha cheklangan qarzdor tomonidan ijro hujjati talablari besh yil davomida bajarilmasa (aliment boʻyicha qarzdorlik bundan mustasno), Majburiy ijro byurosi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga va Chegara qoʻshinlariga cheklov mavjudligi toʻgʻrisidagi yangilangan maʼlumotni yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi, qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklashni toʻxtatish toʻgʻrisidagi, shuningdek qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklashni rad qilish toʻgʻrisidagi davlat ijrochisining qarori ustidan Majburiy ijro byurosining yuqori turuvchi organiga yoki sudga shikoyat qilinishi yoxud protest keltirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining 2019-yil 23-oktabrdagi 52, 82, 27-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining 2009-yil 20-avgustdagi 9, 11, 76-son “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan boʻyin tovlayotgan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash hamda Sud departamenti, ichki ishlar idoralari va Davlat chegarasini qoʻriqlash organlarining hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1997, 2009-yil 25-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami, 2009-y., 35-son, 389-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining 2015-yil 11-avgustdagi 1, 25, 81-son “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan boʻyin tovlayotgan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash hamda Sud departamenti, ichki ishlar idoralari va Davlat chegarasini qoʻriqlash organlarining hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1997-1, 2015-yil 11-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami, 2015-y., 32-son, 434-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2019-y., 10/19/3196/4015-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 24.08.2022-y., 10/22/3196-1/0769-son; 26.11.2025-y., № 10/25/3196-2/1093-son)