31.10.2019 yildagi PQ-4503-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank-moliya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosli institutsional islohotlar doirasida moliya sektorining barqarorligini, uning global moliya tizimiga integratsiyalashuvini taʼminlash, bank xizmatlarining sifatini va ulardan foydalanish imkoniyatlarini, birinchi navbatda xususiy biznes va aholi uchun oshirish choralari koʻrildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ulushiga ega boʻlgan tijorat banklarida zamonaviy korporativ boshqaruv tamoyillari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, faoliyat samaradorligi va investitsiyaviy jozibadorligini oshirish orqali ularning shaklini oʻzgartirish borasidagi ishlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, bank sektorini isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ilgʻor xalqaro amaliyotni inobatga olgan holda bank sohasidagi kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning zamonaviy usullarini joriy etish asosida tijorat banklari xodimlarining bilimi va malakasini oshirishni taqozo etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korporativ boshqaruv, moliyaviy menejment, audit, moliyaviy xatarlarni boshqarish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, qimmatli qogʻozlar bozori sohalarida bank sektorining yuqori malakali kadrlarini oʻqitish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, bank xodimlarini baholash va ragʻbatlantirishning ilgʻor xalqaro tajribasini joriy etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimi kadrlari salohiyatini rivojlantirishning asosiy tamoyillari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar tayyorlashga nisbatan xalqaro standartlarga va ilgʻor xorijiy tajribaga asoslangan tizimli yondashuv;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklarining boshqaruv, oʻrta va quyi boʻgʻin xodimlari mehnatiga ularning malakasi, bilimi va aniq ish natijalaridan (KPI) kelib chiqqan holda haq toʻlashning bonusli tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning uzluksizligi, oʻqitish dasturlarining zamonaviy tijorat banklari tomonidan keng foydalanilayotgan raqamli texnologiyalarga muvofiqligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli lavozim uchun talab etiladigan malaka va tajribaga ega boʻlgan boshqaruv xodimlarini, investitsion banking, loyihaviy moliyalashtirish, xatarlarni boshqarish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻqiyotgan kadrlarga taktik va strategik istiqboldagi samarali ishlash uchun zarur bilimlarni berish va koʻnikmalarni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biznes yuritishning umumiy tamoyillarini va yagona korporativ madaniyatni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank mutaxassislari, oʻqituvchilar tarkibi va talabalarni bank ishining aniq yoʻnalishlari boʻyicha xorijiy banklarda va taʼlim muassasalarida oʻqitish hamda stajirovkadan oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (keyingi oʻrinlarda — Oʻzmilliybank), Markaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi banklarining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank-moliya akademiyasini (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) Oʻzmilliybank tasarrufiga oʻtkazib, uni Akademiyaning taʼsischisi etib belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018 va 2019-yillarda Akademiya magistraturasiga qabul qilingan shaxslar uchun magistratura mutaxassisliklari boʻyicha amaldagi taʼlim dasturlarini, shuningdek, Akademiyaning sarf-xarajatlarini magistraturada davlat granti asosida taʼlim olayotgan shaxslarning oʻqishi tugagunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish tartibini saqlab qolish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzmilliybank:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2020-yilning 1-fevraliga qadar yetakchi xorijiy hamkorlarni jalb etgan holda quyidagilarni nazarda tutuvchi 2020 — 2025-yillarda Akademiyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingidagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga kiritilishini taʼminlagan holda uning xalqaro reytingini bosqichma-bosqich oshirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetakchi xorijiy biznes-maktablar va korporativ universitetlarning aynan bir xil dasturlari asosida bank-moliya sohasi mutaxassislarini oʻqitish dasturlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya faoliyati (Chartered Financial Analyst), xatarlarni boshqarish (Financial Risk Manager), Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari boʻyicha moliya hisobi (Association of Chartered Certified Accountants va Chartered Public Accountant), ichki audit (Certified Internal Auditor), boshqaruv hisobi (Certified Management Accountant) sohalarida moliya xodimlarini xalqaro professional sertifikatsiya imtihonlariga tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududlaridagi tijorat banklarining filiallari uchun qisqa muddatli kurslar, seminarlar, treninglar, davra suhbatlari, stajirovkalar, sayyor oʻquv modullari va boshqa tadbirlarni tashkillashtirish va oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsion taʼlim va ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, ilmiy-pedagog kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash doirasida xorijiy sheriklar bilan hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv jarayoniga yetakchi taʼlim muassasalari va bank-moliya sektoridan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish amaliyotini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2020 — 2025-yillarda Akademiyani rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi hukumat qarori loyihasini 2020-yilning 1-martiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 31-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4503-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2019-y., 07/19/4503/3978-son)