1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boʻlinmalar hamda kengash va maslahat organlar;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.12.00 Boshqa birlashmalar, harakatlar, uyushmalar va oʻzga nodavlat notijorat tashkilotlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari . Ombudsman. Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuchli va adolatli fuqarolik jamiyatini qurish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni kompleks oʻrganish, tahlil qilish va baholashning yaxlit va mustaqil tizimini shakllantirish, ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazorati mexanizmlari samaradorligini oshirish, ularni yanada rivojlantirishga oid takliflarni ishlab chiqish uchun ilmiy-amaliy maydon yaratish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashining samarali faoliyatini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Taʼsischilar kengashining institutni Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) etib qayta tashkil etish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalq bilan muloqot holati va rivojlanishini oʻrganish, davlat organlari faoliyati ochiqligini tizimli tahlil qilish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.01 Jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida ilmiy va ekspert doiralar ishtirokida fundamental va amaliy tadqiqotlar tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashish, ularning natijalarini umumlashtirish asosida oʻrta va uzoq istiqbolda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning milliy modelini yanada takomillashtirish va strategik yoʻnalishlarini belgilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik jamiyati rivojlanishining normativ-huquqiy tartibga solinishi holatini va ushbu sohada huquqni qoʻllash amaliyotini tizimli oʻrganish va tahlil qilishni tashkil etish, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, jamoatchilik boshqaruvida ularning ishtirokini kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha takliflar tayyorlash;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishni oʻrganish va tahlil qilishni tashkil etish, davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorligi, ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish choralarining zamonaviy mexanizmlarini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik jamiyati rivojlanishini, uning institutlarining davlat organlari bilan hamkorlik darajasini, shuningdek, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qoʻshgan hissasini baholash indikatorlarini ishlab chiqish va joriy etishni tashkillashtirish, ular asosida Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyati holati va rivojlanish tendensiyalari haqida davriy va maxsus ilmiy-tahliliy maʼruzalar hamda boshqa materiallar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
demokratik islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlarini, aholining ijtimoiy kayfiyatiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va boshqa vazifalarni hal etishda fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokini, ular tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini oʻrganish va tizimli tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobatdosh koʻp partiyali tizimning rivojlanish darajasini tizimli tahlil qilish, siyosiy partiyalar tomonidan oʻz elektorati manfaatlari yoʻlida oʻtkaziladigan tadbirlarning samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, fuqarolar faolligini oshirish, shuningdek, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokining muammolarini tizimli oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik jamiyatini tashvishga solayotgan dolzarb masalalar boʻyicha ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va jamoatchilik eshituvlarini oʻtkazishni tashkil etish, ularning yakunlarini tahlil qilish va umumlashtirish, shu asosida sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy vazifalarni hal etishda fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokini kengaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasidagi davlat siyosati va uning amaliy natijalari haqida jamoatchilik fikrini tizimli oʻrganishni tashkil etish, umumlashtirish va tahlil qilish, tegishli ijtimoiy tadqiqotlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik jamiyati institutlari vakillariga tegishli professional koʻnikmalarini shakllantirishda va ishbilarmonlik malaka darajasini oshirishda koʻmaklashish;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.01.00.00 Davlatlararo aloqalarda umumiy masalalar / 19.01.07.00 Xalqaro hamkorlik boʻyicha jamoat va boshqa tashkilotlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va jamiyat oʻrtasida ochiq muloqotni tashkil etish, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, aholi bilan qayta aloqa mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish, fuqarolarning dolzarb muammolarini hal etishning optimal yondashuvlarini ishlab chiqish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda fuqarolik jamiyati institutlariga koʻmaklashish borasida rivojlangan demokratik davlatlar tajribasini oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashi faoliyatini tashkiliy-uslubiy va axborot jihatdan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Markaz va uning hududiy boʻlinmalarining boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni 115 nafardan iborat boʻlgan tuzilmalari 1 va 2-ilovalarga muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktori, zarur hollarda, Markaz va uning hududiy boʻlinmalari tuzilmalariga belgilangan umumiy shtat soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqiga egaligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz nodavlat notijorat tashkiloti shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz qayta tashkil etilayotgan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining huquq, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktori lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashi rahbari oʻrinbosari hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik jamiyati institutlari huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlgan barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda Markaz bilan ham kelishiladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz oʻz vazifalarini bajarishi uchun shartnoma asosida yetakchi ilmiy, taʼlim va tahliliy, shu jumladan xorijiy muassasalar ekspertlarini jalb etish huquqiga ega;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari rahbarlari Markazga har tomonlama koʻmaklashadi, jumladan Markaz oʻz vazifalarini bajarishi uchun unga zarur shart-sharoitlar yaratadi, shuningdek, soʻralgan maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etadi, Markaz tomonidan oʻtkazilgan tahlillar yakunlari boʻyicha kiritilgan materiallar va tavsiyalarni koʻrib chiqadi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 1-noyabrdan Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga koʻra Markaz xodimlarining lavozim maoshlarini belgilashda tarif koeffitsiyentlari ikki baravar oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etilsinki, ushbu bandning sakkizinchi xatboshisida nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi tomonidan subsidiya shaklida ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Markazni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari hisobidan taʼminlash tartibi saqlab qolinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirishning qoʻshimcha manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya va boshqa institutlar, chet el tashkilotlari grantlari;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat koʻrsatish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida koʻrsatilgan xizmatlardan tushgan tushumlar, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasiga, shuningdek, Markazning taʼsischi — tashkilotlariga har yili uning buyurtmanomalariga binoan Markaz faoliyatining asosiy vazifa va yoʻnalishlari bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Markazga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari boʻyicha seminarlar, ilmiy va ekspert muhokamalarini muntazam oʻtkazish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchilarini hamda ekspert-tahlil yoʻnalishida kadrlar tayyorlaydigan oliy va boshqa taʼlim muassasalari talabalari (tinglovchilari)ni ish oʻrganuvchi-tadqiqotchi sifatida jalb etgan holda ilmiy-oʻquv laboratoriyalarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirgan holda 2020 — 2022-yillarda Markaz xodimlarini fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga ixtisoslashgan yetakchi xorijiy tadqiqot va tahliliy institutlariga ish oʻrganish uchun yuborish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) fuqarolik jamiyati rivojlanishi boʻyicha Markaz tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar va tahlillarning natijalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati yigʻilishlarida muntazam muhokama qilinadi, yakunlari boʻyicha tegishli choralar koʻriladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalarida, markaziy davlat telekanallarida, matbuot nashrlarida va ushbu Markazning veb-saytida doimiy yoritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga fuqarolik jamiyati rivojlanishi boʻyicha Markaz tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar va tahlillarning natijalarini parlament va uning qoʻmitalari (komissiyalar) majlislarida koʻrib chiqish amaliyotini joriy qilish tavsiya etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Markaz har yili Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatining holati va uni rivojlantirish tendensiyalari toʻgʻrisidagi maʼruzani Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashiga koʻrib chiqish uchun kiritadi, u esa, oʻz navbatida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Markazga uch oy muddatda fuqarolik jamiyati rivojlanishini, uning institutlarining davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik darajasini, shuningdek, ularning mamlakatni sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy jihatdan rivojlantirishga, shu jumladan 2030-yilgacha boʻlgan davrda BMTning Barqaror taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirish doirasida qoʻshgan hissasini baholash indikatorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Markaz hududiy boʻlinmalarining egallab turgan binolaridan begʻaraz foydalanish huquqi saqlanib qolishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari mablagʻlari hisobidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz hududiy boʻlinmalari oʻz vazifa va funksiyalarini samarali bajarishi uchun zarur moddiy-texnik sharoitlar yaratib bersin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz hududiy boʻlinmalari buyurtmanomalari asosida bino va xonalarni joriy taʼmirlash, ularni zamonaviy orgtexnika, mebel va zarur aloqa turlari bilan jihozlash boʻyicha ishlarni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Markazga xorijiy tadqiqot muassasalari bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda, tajriba almashish hamda zamonaviy uslub va yondashuvlar asosida fuqarolik jamiyati rivojlanishini oʻrganishni tashkil etish va tahlil qilish koʻnikmalarini takomillashtirish uchun ularning malakali mutaxassislarini jalb etishda koʻmaklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Markaz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatiga kiritilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagi majburiy joʻnatmalar reyestriga kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, moliya, iqtisodiyot va sanoat, bandlik va mehnat munosabatlari, ichki ishlar vazirliklari, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, boshqa vazirliklar va idoralarning statistik maʼlumotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markazi byulletenlari va kunlik maʼlumotlari toʻplami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi xorijiy matbuot sharhlari va ilmiy-tadqiqot institutlarining, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlari institutining tahliliy maʼruza maʼlumotnomalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b. A.J. Xadjayev va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Koʻchimovga fuqarolik jamiyati rivojlanishini oʻrganish va tahlil qilish natijalari ommaviy axborot vositalarida, markaziy davlat telekanallarida, matbuot nashrlarida doimiy yoritilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar, boshqa davlat organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlariga Markaz oʻz vazifalarini samarali amalga oshirishi uchun unga har tomonlama va toʻliq koʻmaklashish yuzasidan shaxsan javobgarligi koʻrsatib oʻtilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-martdagi “Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2851-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markazni mazkur qarorga muvofiq belgilangan tartibda qayta roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 30-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4501-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktabrdagi PQ-4501-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼsischilar kengashi
Direktor
Yordamchi
Direktor oʻrinbosari
Direktor oʻrinbosari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahatkengashi kotibiyati
3
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni monitoring qilish va istiqbolli innovatsiyalarga koʻmaklashish boʻlimi
4
Davlat va fuqarolik jamiyati institutlari muloqoti, ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini rivojlantirish boʻlimi
4
Yigʻma axborot-tahlil boʻlimi
3
Fuqarolik jamiyati rivojlanishining strategik yoʻnalishlarini shakllantirish va amalga oshirilishini monitoring qilish boʻlimi
3
Siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan fuqarolarning manfaatlari vakilligi va huquqlarini himoya qilish funksiyalari amalga oshirilishining samaradorligini oshirish boʻlimi
4
Kadrlar boʻlimi
2
Xalqaro hamkorlik boʻlimi
3
Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish boʻlimi
3
Bosh yuriskonsult
1
Taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, fuqarolik jamiyati institutlari xodimlari va faollarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga koʻmaklashish boʻlimi
2
Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boʻlimi
2
Fuqarolik jamiyati sohasida jamoatchilik fikrini oʻrganish boʻlimi
3
14 ta hududiy boʻlinmalar
70
Devonxona
1
Moliya-xoʻjalik boʻlimi
3
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 115 nafar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shundan markaziy apparat — 45 nafar, hududiy boʻlinmalar — 70 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktabrdagi PQ-4501-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi hududiy boʻlinmalarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rahbar
Fuqarolik jamiyati rivojlanishining strategik yoʻnalishlari amalga oshirilishini tahlil etish va ilmiy-amaliy tadbirlarni monitoring qilish boʻyicha mutaxassislar
2
Davlat va fuqarolik jamiyati institutlari muloqoti, ijtimoiy sheriklik va taʼlim dasturlarini amalga oshirish, jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini rivojlantirish masalalari boʻyicha mutaxassislar
2
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv xodimlarning umumiy soni — 5 nafar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy boʻlinmalarning cheklangan soni — 70 nafar
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2019-y., 07/19/4501/3974-son)