Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 22.07.1996 yildagi 260-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON GOʻShT VA SUT SANOATI DAVLAT-AKSIONERLIK UYuShMASI TIZIMIDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI ChUQURLAShTIRIShGA OID KEChIKTIRIB BOʻLMAYDIGAN ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki qoʻmitasi va huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasi korxonalaridagi ishlarning ahvolini oʻrganish jiddiy kamchiliklarni hamda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlariga rasmiyatchilik bilan munosabatda boʻlish hollarini aniqladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushma va uning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari amaldagi qonun hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 18-yanvardagi 30-son qarorining tarmoqda bozor islohotlarini chuqurlashtirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga kengroq iqtisodiy mustaqillik berish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda ularning hissalarini koʻpaytirish va goʻsht-sut sanoati korxonalarida moliyaviy barqarorlikni taʼminlash zarurligi toʻgʻrisidagi talablari bajarilishini taʼminlamadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarmoqda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning birinchi bosqichi rasmiyatchilik bilan oʻtkazildi, u mulkchilik shakllarini bundan keyin oʻzgartirish va uyushma korxonalari ishini tubdan yaxshilash uchun zarur shart-sharoitlar yaratishning mustahkam negiziga aylanmadi. Aksiyalarning egalari amalda ovoz berish huquqiga ega emaslar, ular ishlab chiqarishni boshqarishda qatnashmayaptilar, goʻsht kombinatlari va sut zavodlarining direktorlari oʻz faoliyatini boshlagan aksionerlik jamiyatlarining asosiy masalalarini hamon yakkaboshchilik bilan hal etmoqdalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻplab korxonalarda rahbarlarning maʼmuriy-buyruqbozlik boshqaruv usuli saqlanib qolmoqda, ularning koʻplariga boqimandachilik, tashabbusning yoʻqligi va ishlarni bozor qayta oʻzgartirishlariga mos amaliy tarzda tashkil etish xos emas. Ular tarmoqqa xorijiy sarmoyalarni jalb etishda, qoʻshma korxonalar tashkil etishda, ilgʻor texnologiyalarni joriy etishda va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishda izchillik koʻrsatmayaptilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bularning barchasi amalda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy prinsiplarini badnom qilmoqda, mulkdorlar sinfi shakllanishiga toʻsqinlik qilmoqda, mehnat jamoalarining amalga oshirilayotgan islohotlarning zarurligiga ishonchini muayyan darajada yoʻqqa chiqarmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatib oʻtilgan va boshqa kamchiliklar hozir ishlab turgan yangi tarkibiy boʻlinmalar — aksionerlik jamiyatlari va jamoa xoʻjaliklari, shuningdek umuman uyushmaning iqtisodiy va moliyaviy ahvoli yomonlashishining asosiy sabablaridan biri boʻldi. Tarmoqda goʻsht, qaymogʻi olinmagan sut va boshqa mahsulotlarni qayta ishlash qisqardi, ularning turlari kengaymayapti, ular raqobatga bardoshli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasining raisi A. Hidoyatovga tarmoqda davlat tasarrufidan chiqarishning birinchi bosqichini amalga oshirishga doir respublika Hukumati qarorlarining bajarilishi ustidan zarur nazorat oʻrnatmaganligi koʻrsatib oʻtilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston goʻsht va sut sanoati davlat-aksionerlik uyushmasi tizimida mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning birinchi bosqichi yakunlarini qayta koʻrib chiqish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-martdagi 101-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Komissiya (V.A. Chjen, M.Z. Usmonov)ga 20 kun muddatda tarmoqda Xususiylashtirish va aksiyalashtirish dasturi loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilsin, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uyushmaning chorvachilik xoʻjaliklari, qayta ishlovchi va boshqa korxonalariga imtiyozli soliq solish, imtiyozli kreditlar ajratish, ozuqalar, yonilgʻi-moylash va boshqa materiallar bilan taʼminlash boʻyicha davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash choralari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
goʻsht-sut sanoati tarkibiy boʻlinmalarini chuqur xususiylashtirish, aksiyalarning ikkilamchi emissiyasini oʻtkazish, aksiyalarni sotish hamda kichik quvvatli korxonalarni xususiy mulk qilib ham Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlariga, ham norezidentlariga sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish hamda goʻsht va sutni chuqur qayta ishlashning ilgʻor texnologiyalarini joriy etish, bu maqsadlarda chet el sarmoyalarini faol jalb etish, goʻsht kombinatlari va sut zavodlari negizida chet el firmalari bilan ularning ustav fondidagi ulushini cheklanmagan holda qoʻshma korxonalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasining asosiy tarkibiy va ishlab chiqarish boʻgʻinlarini, shuningdek uning markaziy apparatini kadrlar bilan mustahkamlash masalalarini hal etishga alohida eʼtibor berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari V.A. Chjen, M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 22-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
260-son