05.10.2019 yildagi 951-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.10.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Siyosiy partiyalar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Siyosiy partiyalar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais M. ABDUSALOMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 5-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
951-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 5-oktabrdagi 951-sonli qaroriga
1-ILOVA

Siyosiy partiyalar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksining 33-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”, “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatligiga nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalar, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari kuzatuvchilarining (bundan buyon matnda kuzatuvchi deb yuritiladi) huquqiy maqomini, huquq va majburiyatlarini hamda ularning hujjatlarini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek har bir saylov uchastkasida saylov kuni ovoz berish va ovozlarni sanab chiqish jarayonlarida kuzatuvchi qatnashish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kuzatuvning maqsadi saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarda, shu jumladan saylov kuni ovoz berish va ovozlarni sanab chiqish jarayonlarida saylov qonunchiligiga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Saylov komissiyalari kuzatuvchini mandati va shaxsini tasdiqlovchi hujjatiga asosan roʻyxatga olgandan keyin unga oʻz vakolatlarini toʻlaqonli hamda toʻsqinliksiz amalga oshirishi uchun sharoit yaratib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Siyosiy partiya aʼzosi yoki tarafdori yoxud siyosiy partiyaga xayrixoh boʻlgan har qanday Oʻzbekiston Respublikasining 18 yoshga toʻlgan fuqarosi siyosiy partiyadan kuzatuvchi boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli), uning oʻrinbosari, maslahatchisi, shuningdek fuqarolar yigʻini organlarining boshqa mansabdor shaxslari kuzatuvchi boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Kuzatuvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Siyosiy partiyaning tuman (shahar) tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatligiga ushbu siyosiy partiyadan koʻrsatilgan nomzod roʻyxatga olingan kundan boshlab okrug saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari okrug saylov komissiyasi tuzilganidan keyin ularga ariza bilan murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizaga kuzatuvchilarning roʻyxati (ismi-familiyasi, lavozimi, yashash manzili va telefon raqami koʻrsatilgan holda), ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxalari, 3x4 sm. oʻlchamdagi ikki dona fotosurat ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Siyosiy partiyalar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻz kuzatuvchilari toʻgʻrisida okrug saylov komissiyalariga saylovga kamida oʻn besh kun qolgunga qadar murojaat qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Okrug saylov komissiyasi siyosiy partiya tashkilotining va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining arizasini olgandan keyin besh kun ichida qaror qabul qiladi va kuzatuvchi uchun mandat beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mandat namunasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 29-iyuldagi 924-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mandatda siyosiy partiyani boshqa siyosiy partiyadan va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan farqlash uchun alohida belgilar (mandat rangi yoki boshqa) aks ettirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Siyosiy partiya tashkiloti va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari okrug saylov komissiyasidan mandatlarni olgandan soʻng ularni kuzatuvchilarga yetkazilishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Quyidagi hollarda kuzatuvchiga mandat berish rad etilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuzatuvchiga nomzod 18 yoshga toʻlmagan boʻlsa yoki Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylovga oʻn besh kundan kam muddat qolganda murojaat etilsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli saylov okrugi boʻyicha siyosiy partiyadan nomzod roʻyxatga olinmagan boʻlsa (siyosiy partiyaning kuzatuvchilari uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining mansabdor shaxsi boʻlmasa (fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining kuzatuvchilari uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Kuzatuvchi saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek ovoz berish kuni mandatni taqib yurishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Kuzatuvchining vakolat muddati unga mandat berilgan kundan boshlanadi va saylov yakunlari rasman eʼlon qilingan kuni tugaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli saylov komissiyasi tomonidan takroriy ovoz berish yoki takroriy saylov oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, kuzatuvchilar mandatining amal qilishi tegishli muddatga uzaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Kuzatuvchining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Kuzatuvchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov komissiyalarining majlislarida hozir boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodlar koʻrsatishga bagʻishlangan yigʻilishlarda, nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarida ishtirok etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov uchastkasida hozir boʻlish, tayyorgarlik ishlarining borishini, yashirin ovoz berish kabinalarining yoki xonalarining joylashtirilishini va saylov qutilarining muhrlanishini, fuqarolarning roʻyxatga olinishini, saylov byulletenlarining ularga berilishini kuzatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov kuni ovoz berish jarayonini kuzatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muddatidan oldin ovoz berishni oʻtkazish vaqti va joyi haqida xabardor boʻlish hamda ushbu jarayonni kuzatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylovchining turgan joyida uning ruxsati bilan ovoz berish jarayonini kuzatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovozlar sanab chiqilayotganda va saylov komissiyasining bayonnomasi tuzilayotganda hozir boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov natijalari toʻgʻrisidagi hujjatlarning tegishli saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov jarayoni va ovoz berishning yashirinligini buzmasdan foto, video, audio yozuvlarni amalga oshirish (qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylari, harbiy qismlar, davolash muassasalari bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuzatuv natijalari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari vakillariga murojaat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
okrug saylov komissiyasi tomonidan uchastka saylov komissiyalaridan ovozlarni sanab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalarni qabul qilib olish hamda okrug boʻyicha saylov natijalarini aniqlash jarayonida hozir boʻlish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan saylov uchastkalaridagi saylov jarayonini kuzatish xohishi toʻgʻrisida okrug saylov komissiyasiga saylovga kamida uch kun qolganda xabar berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar saylov uchastkasida saylov qonunchiligi talablari buzilishiga yoʻl qoʻyilgan deb hisoblash uchun asoslar boʻlsa, oʻz kuzatuvlari toʻgʻrisida ushbu uchastka saylov komissiyasi aʼzolariga ularning ishiga aralashmagan holda maʼlum qilish, shuningdek yuqori turuvchi saylov komissiyalariga xabar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari haqida, shuningdek saylovga tayyorgarlik koʻrish va uning oʻtkazilishi boʻyicha oʻz fikrini bayon qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuzatuvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlardan ham foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Kuzatuvchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Saylov kodeksiga, Markaziy saylov komissiyasining qarorlariga amal qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha darajadagi saylov komissiyalariga, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari va boshqa tashkilotlarga tashrif buyurganida unga berilgan mandatni hamda oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni yonida olib yurishi hamda mansabdor shaxslar talabiga muvofiq ularni koʻrsatishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz xulosalarini shaxsan oʻtkazilgan kuzatuv va haqiqiy materiallar bilan asoslashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Kuzatuvchiga quyidagilar man etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylovchi saylov byulleteniga oʻz belgisini qoʻyayotgan paytda ovoz berish kabinasida yoki xonasida boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylovchilarga taʼsir oʻtkazish, biron bir tashviqot materiali yoki adabiyotini tarqatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylovchilardan ular kimni yoqlab ovoz berganliklarini surishtirish yoki saylovchilarga byulletenga belgi qoʻyishda biron-bir tarzda yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchastka saylov komissiyasining faoliyatiga, shu jumladan saylov qutilari muhrlanayotgan, ochilayotgan, ovozlar sanab chiqilayotganda aralashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov kuni va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin jamoatchilik fikri soʻrovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini, oʻtkazilayotgan saylov bilan bogʻliq boshqa tadqiqotlarni eʼlon qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Kuzatuvchi Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi talablariga va ushbu Nizom qoidalariga rioya etmagan taqdirda, okrug saylov komissiyasi uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Kuzatuvchi saylov komissiyalarining qarorlari ustidan ushbu qarorlar qabul qilinganidan keyin oʻn kun ichida yuqori turuvchi saylov komissiyasiga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuzatuvchi shikoyatni koʻrib chiqishda bevosita ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 5-oktabrdagi 951-sonli qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan ayrim qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi saylovini oʻtkazish bilan bogʻliq Markaziy saylov komissiyasining nizom va yoʻriqnomalari toʻgʻrisida” 2004-yil 18-sentabrdagi 198-son qarori 8-bandi va 8-ilovasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov oʻtkazish bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2014-yil 11-sentabrdagi 618-son qarori 1-bandining toʻqqizinchi xatboshisi va 8-ilovasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashuvchi siyosiy partiyalarning kuzatuvchilari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2016-yil 7-oktabrdagi 752-son qarori.