10.10.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2189-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 10.10.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2189-2
Kuchga kirish sanasi
10.10.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 10-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2189-2]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019-yil 7-oktabrdagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan, buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Vasiylik va homiylik organlari tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar turar joylarining saqlanib qolishini nazorat qilish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorni (roʻyxat raqami 2189, 2011-yil 28-yanvar) shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchani (roʻyxat raqami 2189-1, 2015-yil 11-mart) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2019-yil 2-oktabrdagi 03-01/7-1164-son, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 30-sentabrdagi 01/00-04/17-7569-son va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2019-yil 25-sentabrdagi 11-3-07/4427-son xatlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining 2010-yil 31-dekabrdagi 46, 206-QQ va 29-son “Vasiylik va homiylik organlari tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar turar joylarining saqlanib qolishini nazorat qilish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2189, 2011-yil 28-yanvar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2015-yil 4-martdagi 5-mh, 5-q/q, 23-son “Vasiylik va homiylik organlari tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar turar joylarining saqlanib qolishini nazorat qilish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2189-1, 2015-yil 11-mart).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir R. DAVLETOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 10-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
462-mh-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 10/19/2189-2/3896-son)