Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 10-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 480-4]
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019-yil 8-oktabrdagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi korxonalar tomonidan chiqarilayotgan alkogolli mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan markalash tartibini (roʻyxat raqami 480, 1998-yil 24-avgust) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2019-yil 6-oktabrdagi 06/4282-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin:
“Oʻzdavstandart” bosh direktori tomonidan 1998-yil 10-iyunda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi korxonalar tomonidan chiqarilayotgan alkogolli mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan markalash tartibi (roʻyxat raqami 480, 1998-yil 24-avgust);
“Oʻzdavstandart” bosh direktori tomonidan 1999-yil 18-martda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi korxonalar tomonidan chiqarilayotgan alkogolli mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan markalash tartibiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar (roʻyxat raqami 480-1, 1999-yil 12-may);
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2008-yil 28-apreldagi 156-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan alkogolli mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalash tartibiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 480-2, 2008-yil 16-may);
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2016-yil 1-iyundagi 315-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan alkogolli mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalash tartibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 480-3, 2016-yil 27-iyun).
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 10-oktabr,
460-mh-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 10/19/480-4/3893-son)