19.09.2019 yildagi 938-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.09.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais M. ABDUSALOMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 19-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
938-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 19-sentabrdagi 938-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 8-moddasi, shuningdek saylovlarni tashkil etish va oʻtkazish borasidagi xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan qoidalariga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar faoliyati tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarning (bundan buyon matnda xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar deb yuritiladi) faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda MSK deb yuritiladi) qarorlari hamda ushbu Nizom bilan, shuningdek umum eʼtirof etilgan xalqaro standartlar va xalqaro tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi qoʻshilgan hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga muvofiq saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarda xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar qatnashish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarni taklif etish va ularni akkreditatsiya qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Saylov kampaniyasi boshlanganligi eʼlon qilinganidan soʻng MSK xorijiy davlatlar saylov organlari va xalqaro tashkilotlarga Tashqi ishlar vazirligi orqali taklifnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi ishlar vazirligi oʻz tashabbusiga koʻra yoki davlat hokimiyati organlari, vazirliklar, idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlari, boshqa tashkilot va muassasalar takliflariga koʻra saylovlarga xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarni taklif etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar ham saylovlarda xorijiy (xalqaro) kuzatuvchi sifatida ishtirok etish istagini izhor etib, Tashqi ishlar vazirligiga murojaat etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Saylovda xorijiy (xalqaro) kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun taklif etilgan, shuningdek bunday istakni izhor etgan xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar oʻz kuzatuvchilarining roʻyxati, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari nusxalari, elektron foto suratlari (jpeg formatda, kamida 100 KV, 600x600rx) hamda ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq anketalarni Tashqi ishlar vazirligiga taqdim qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar tegishli hujjatlarni ovoz berish kunidan kamida oʻn besh kun oldin taqdim etishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tashqi ishlar vazirligi tegishli xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilarining hujjatlarini ilova qilgan holda MSKga taqdimnoma kiritadi. MSK besh kunlik muddatda xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya qilingan xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarning roʻyxati MSK ning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagi hollarda xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish rad etilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya uchun taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizom talablariga javob bermasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatlar ushbu Nizomda belgilangan muddatdan kech taqdim qilinsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy (xalqaro) kuzatuvchining yoki uning nomzodini koʻrsatgan tashkilotning faoliyati milliy qonunchilikka zid boʻlsa yoki Oʻzbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va milliy manfaatlariga xavf solsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. MSK akkreditatsiya qilingan xorijiy (xalqaro) kuzatuvchiga ushbu Nizomning 2-ilovasidagi namunaga muvofiq mandat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mandat xorijiy (xalqaro) kuzatuvchi saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida oʻz faoliyatini amalga oshirishi uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarning vakolatlari va faoliyat koʻrsatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov komissiyalarining majlislarida hozir boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodlar koʻrsatishga bagʻishlangan yigʻilishlarda, nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarida ishtirok etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov uchastkasida hozir boʻlish, tayyorgarlik ishlarining borishini, yashirin ovoz berish kabinalarining yoki xonalarining joylashtirilishini va saylov qutilarining muhrlanishini, fuqarolarning roʻyxatga olinishini, saylov byulletenlarining ularga berilishini kuzatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov kuni ovoz berish jarayonini kuzatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muddatidan oldin ovoz berishni oʻtkazish vaqti va joyi haqida xabardor boʻlish hamda ushbu jarayonni kuzatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylovchining turgan joyida uning ruxsati bilan ovoz berishi jarayonini kuzatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovozlar sanab chiqilayotganda va saylov komissiyasining bayonnomasi tuzilayotganda hozir boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov natijalari toʻgʻrisidagi hujjatlarning tegishli saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuzatuv olib borish davomida oʻzi yollagan tarjimon hamrohligida boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov jarayoni va ovoz berishning yashirinligini buzmasdan foto, video, audio yozuvlarni amalga oshirish (qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylari, harbiy qismlar, davolash muassasalari bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuzatuv natijalari boʻyicha ommaviy axborot vositalari vakillariga murojaat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylovoldi tashviqoti belgilari boʻlmagan, familiyasi, ismi va otasining ismi, oʻzi vakillik qilayotgan tashkilotning nomi koʻrsatilgan koʻkrak nishonlari taqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
okrug saylov komissiyasi tomonidan uchastka saylov komissiyalaridan ovozlarni sanab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalarni qabul qilib olish hamda okrug boʻyicha saylov natijalarini aniqlash jarayonida hozir boʻlish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida, harbiy qismlarda tuzilgan saylov uchastkalaridagi saylov jarayonini kuzatish xohishi toʻgʻrisida okrug saylov komissiyasiga saylovga kamida uch kun qolganda xabar berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar saylov uchastkasida saylovga oid qonunchilik va xalqaro normalar talablari buzilishiga yoʻl qoʻyilgan deb hisoblash uchun asoslar boʻlsa, oʻz kuzatuvlari toʻgʻrisida ushbu uchastka saylov komissiyasi aʼzolariga ularning ishiga aralashmagan holda maʼlum qilish, shuningdek yuqori turuvchi saylov komissiyalariga xabar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari haqida hamda saylovga tayyorgarlik koʻrish va uning oʻtkazilishi boʻyicha oʻz fikrini bayon qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlardan ham foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarning majburiyatlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, jumladan Oʻzbekistonda boʻlish qoidalariga, saylovni tashkil etish va oʻtkazish borasidagi xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan normalariga amal qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov ustidan xalqaro kuzatuvni amalga oshirish borasidagi oʻz vazifalarini xolislik, siyosiy betaraflik prinsiplariga amal qilgan holda bajarish, saylov komissiyalari, davlat organlari, mansabdor shaxslar, saylov jarayoni ishtirokchilariga nisbatan qanday boʻlmasin biron-bir tarzda afzallik bildirishdan voz kechish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha darajadagi saylov komissiyalariga, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga hamda boshqa tashkilotlarga kirganida MSK tomonidan berilgan mandatni shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan birgalikda koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz xulosalarini oʻtkazilgan kuzatuv va haqiqiy materiallar bilan asoslantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarga quyidagilar man etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylovchi saylov byulleteniga oʻz belgisini qoʻyayotgan paytda yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarga taʼsir oʻtkazish, biron bir tashviqot materialini yoki adabiyotini tarqatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylovchilardan ular qanday ovoz berganligini surishtirish yoki saylovchilarga saylov byulleteniga belgi qoʻyishda biron bir tarzda yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov komissiyasining faoliyatiga, shu jumladan saylov qutilarini muhrlash, ularni ochish, ovozlarni sanab chiqish jarayoniga aralashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biron bir partiya yoki nomzodga tegishli ramziy tusdagi belgilarni taqib yoki olib yurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov kuni va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin jamoatchilik fikri soʻrovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini, oʻtkazilayotgan saylov bilan bogʻliq boshqa tadqiqotlarni eʼlon qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarning saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlmagan tadbirlarda ishtirok etishi MSK tomonidan oldindan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarning vakolat muddati ularga mandat berilgan kundan boshlanadi va saylov yakunlari rasman eʼlon qilingan kuni tugaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MSK tomonidan takroriy ovoz berish yoki takroriy saylov oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar mandati tegishli muddatga uzaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar faoliyatining kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishi vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi himoyasi ostida boʻladilar va ularning qonun hujjatlarida belgilangan huquq va erkinliklari taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, MSK, okrug saylov komissiyalari, uchastka saylov komissiyalari oʻz vakolatlari doirasida xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar faoliyatiga koʻmaklashadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Saylov komissiyalari xorijiy (xalqaro) kuzatuvchini mandati va shaxsini tasdiqlovchi hujjatiga asosan roʻyxatga olgandan keyin unga oʻz vakolatlarini toʻlaqonli hamda toʻsqinliksiz amalga oshirishi uchun sharoit yaratib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar oʻz faoliyatlarini mustaqil ravishda amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Saylov qonunchiligini va xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarning huquqlarini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar mazkur Nizomda belgilangan oʻz vakolatlari doirasidan chetga chiquvchi faoliyatni amalga oshirishga, shuningdek saylovga tayyorgarlik koʻrish, uni oʻtkazish va saylov kampaniyasining borishini kuzatish bilan bogʻliq boʻlmagan faoliyat bilan shugʻullanishda oʻz maqomidan foydalanishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Agar xorijiy (xalqaro) kuzatuvchi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining talablarini, xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan qoidalari va normalarini buzsa, MSK xorijiy (xalqaro) kuzatuvchi vakolatlarini muddatidan ilgari tugatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarning huquqlarini buzgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar toʻgʻrisidagi Nizomga

Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchi sifatida akkreditatsiya qilish uchun
ANKETA
APPLICATION FORM
for registration as a foreign (international) observer
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Familiyasi

Family name

Ismi

First name

Otasining ismi

Patronymic

2.

Tugʻilgan sanasi (kun, oy, yil)

Date of birth (day, month, year)

Tugʻilgan joyi

Place of birth

3.

Fuqaroligi

Present nationality

4.

Shaxsini tasdiqlovchi hujjat

Identification document

Raqami

Number

Berilgan vakti

Date of issue

Qachongacha haqiqiy (kun, oy, yil)

Date of expiry (day, month, year)

5.

Siz qaysi tillarda soʻzlashadi

Knowledge of languages

6.

Ish joyi (toʻliq nomlanishi, manzili, telefon, faks)

Place of work (full name, address, phone, fax of the organization)

7.

Lavozimi

Position/Designation

8.

Siz xalkaro (xorijiy) kuzatuvchi sifatida vakili boʻlgan tashkilot nomi

Name of organization/state You represent as foreign (international) observer

Telefon (faks)

Phone (fax)

9.

Uy manzili

Present home address

Telefon

Phone

Faks

Fax

E-mail

10.

Xorijiy xalqaro kuzatish tajribasi, shu jumladan Oʻzbekistonda (mamlakat, yil, qaysi missiya tarkibida)

Experience from election observation, including in Uzbekistan (country, year, mission)

11.

Oʻzbekiston Respublikasiga kelish sanasi

Date of arrival to the Republic of Uzbekistan

12.

Oʻzbekiston Respublikasidan ketish sanasi

Date of departure from the Republic of Uzbekistan

13.

Sana

Date

Imzo

Signature

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchi mandatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNASI VA TAVSIFI

Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchining mandati uning maqomini tasdiqlovchi hujjatdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mandat namunada rekvizitlari keltirilgan 140 x 100 mm. oʻlchamdagi ikki tarafli (oʻzbek va rus, oʻzbek va ingliz tillarida) namunaviy blankda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mandatda uning tartib raqami, xorijiy (xalqaro) kuzatuvchining familiyasi, ismi, uni vakil sifatida yuborgan mamlakat va (yoki) tashkilot nomi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining gerbli dumaloq muhri gologrammasi bilan mustahkamlangan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining imzosi qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 19-sentabrdagi 938-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilari haqida Nizom” toʻgʻrisida” 1999-yil 9-oktabrdagi 35-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlarida xorijiy kuzatuvchilarning guvohnomasi toʻgʻrisida” 1999-yil 9-noyabrdagi 57/1-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi saylovini oʻtkazish bilan bogʻliq Markaziy saylov komissiyasining nizom va yoʻriqnomalari toʻgʻrisida” 2004-yil 18-sentabrdagi 198-son qarori 1-bandi va 1-ilovasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Markaziy saylov komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi saylovini oʻtkazish bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlari toʻgʻrisida” 2009-yil 17-sentabrdagi 417-son qarori 1-bandi va 1-ilovasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov oʻtkazish bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2014-yil 11-sentabrdagi 618-son qarori 1-bandining oltinchi xatboshisi va 5-ilovasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashadigan xalqaro va xorijiy kuzatuvchilar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2016-yil 15-sentabrdagi 734-son qarori.