04.10.2019 yildagi 845-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdoni moliyalashtirish xalqaro islom korporatsiyasi mablagʻlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligida tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilishni ragʻbatlantirish, paxta xomashyosi yetishtirishning samarali usullarini joriy qilish, uni qayta ishlash va tayyorlash, shu jumladan chuqur qayta ishlash asosida ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdoni moliyalashtirish xalqaro islom korporatsiyasi bilan paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlarini va yakuniy hisob-kitoblarni moliyalashtirish uchun 14 oygacha boʻlgan muddatga yillik LIBOR+1,4 foizgacha foiz stavkasida 100 million AQSh dollarigacha miqdordagi kreditni 2 ta transh orqali ajratish boʻyicha kelishuvga erishilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligida bozor mexanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-fevraldagi 149-son qaroriga muvofiq paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish milliy valyutada yillik 5 foiz stavkada, shu jumladan bankning 1,5 foiz miqdoridagi marjasi bilan ajratilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Savdoni moliyalashtirish xalqaro islom korporatsiyasi oʻrtasida tuziladigan shartnoma shartlariga muvofiq bir martalik toʻlovlarni belgilangan muddatlarda toʻlab berilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xomashyosini yetishirish xarajatlarini va yakuniy hisob-kitoblarni moliyalashtirish uchun jalb qilinayotgan 100 million AQSh dollarigacha miqdordagi kredit boʻyicha barcha xarajatlarni, shu jumladan valyuta kurslari oʻrtasidagi va foiz toʻlovlarida yuzaga keladigan zararlarni jamgʻarma xarajatlariga olib borilishini hamda jalb qilingan kreditning belgilangan muddatlarda qaytarilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jalb qilinayotgan 100 million AQSh dollarigacha boʻlgan miqdordagi kreditni milliy valyutaga konvertatsiya qilgan holda, paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlarini va yakuniy hisob-kitoblar milliy valyutada moliyalashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari O. Isakovga Oʻzbekiston Respublikasi va Savdoni moliyalashtirish xalqaro islom korporatsiyasi oʻrtasida tuziladigan “Paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlarini va yakuniy hisob-kitoblarni moliyalashtirish” loyihasi boʻyicha “Murabaha” moliyaviy bitimini Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolash vakolati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur loyiha doirasida Savdoni moliyalashtirish xalqaro islom korporatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi oʻrtasida tuziladigan agentlik bitimini imzolash vakolati jamgʻarma direktoriga berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va Savdoni moliyalashtirish xalqaro islom korporatsiyasi oʻrtasida tuziladigan “Paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlarini va yakuniy hisob-kitoblarni moliyalashtirish” loyihasi doirasida “Murabaha” moliyaviy bitimi va agentlik bitimiga belgilangan tartibda yuridik xulosa berishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 4-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
845-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2019-y., 09/19/845/3860-son)